R
RAQOBAT - 1) basma-baslikka bellashuv 2) biror-bir sohada eng
yuqori natijaga erishish borasida olib borilgan kurash., 3) yuqori foyda
olish maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun ishlab
chiqaruvchilar o'rtasidagi kurash; xo'jalik yurituvchi shaxslarning bozorda
o'z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar sotish shartlariga ta'sir qilish
maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki ko'rinishda: a) tarmoqlararo; b)
tarmoq ichida ko'rinishlarda bo'ladi. Tarmoqlararo R.- turli yo'nalishlarda
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning kapitalini eng qulay joylashtirish,
ko'p foyda olish uchun olib borgan kurashi. Tarmoq ichidagi R.- bir xil
ko'rinishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozor uchun, mahsulotni
foydali, qulay sotish uchun olib borgan kurashi. Halol R- bozordagi
kurashda qabul qilingan qonun-qoida,, hammaga ma'qul usullarga
asoslanadi. G'irrom R o'z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni oladi: 1)
raqib haqida noto'g'ri va noaniq ma'lumotlar tarqatish; 2) mahsulotning
sifati, ishlab chiqarilgan joyi xususida iste'molchini aldash, uni
adashtirish; 3) raqibning mahsulot belgisidan, nomidan noto'g'ri
foydalanish; 4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5) raqib
mahsulotining sifati to'g'risida asossiz ma'lumot tarqatish va h.k.
Dostları ilə paylaş: |