RESTRIKSIYA - ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotning
narxlarini oshirish, ko'p foyda olish maqsadida ishlab chiqarishni, oldi-
sotdini, eksportni cheklash.
S
SAVDO AGENTI - bir yoki bir qancha korxonalar tovarlarini
shartnoma asosida sotadigan vakil.
SAVDO UYI - savdo korxonasining maxsus turi, ixtisoslashgan
yoki sertarmoq bo'ladi. Ixtisoslashgan SU ayrim tovarlar bilan, masalan,
ust kiyim, oyoq kiyimi, gazlama va hokazolar bilan universal (sertarmoq)
SU har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
SALDO - (ital.saldo-hisob.qoldiq)- qoldiq, ma'lum bir muddatda
kirim va chiqim orasida vujudga kelgan farq; buxgalteriyada- debet va
kredit, umumiy aktiv va passiv o'rtasidagi tafovut, farq; xalqaro savdoda-
eksport hamda import o'rtasidagi farq.
Dostları ilə paylaş: |