byudjetiga to'lanadigan to'lov, joriy normativlar bo'yicha belgilanadi.
TADBIRKORLIK - amalda qabul qilingan qonunlar doirasida
korxona, firma tashkil qilish, foyda olish maqsadida mahsulot ishlab
chiqarish (yoki xizmat ko'rsatish) bilan shug'ullanuvchi faoliyat.
Tadbirkorlik faoliyati bir yoki bir necha xususiy va huquqiy shaxslar
mulklarini yoki qarzga olgan mulk, to'lov vositalarini ishga solish orqali
amalga oshiriladi. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining sohiblari: 1)
respublika fuqarolari; 2) bir guruh fuqarolar (mehnat jamoalari va
boshqalar); 3) chet ellik fuqarolar yoki xususiy shaxslar; 4) respublika
fuqarosi bo'lmagan shaxslar (o'z vakolatlari doirasida); 5) qo'shma mulk
egalari.