TAKLIF QONUNI - narx bilan sotishga chiqarilayotgan tovarlar
o'rtasidagi bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikdir.
TAKLIF EGILUVCHANLIGI - narx o'zgarishiga nisbatan
taklifning ortib borishi.
TARIF SETKASI - ish toifalari nisbatiga qarab ish haqi to'lash.
TARIF STAVKASI - tegishli ish toifasiga ega bo'lgan ishchining
mehnatiga to'lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
TENDER - biror bir ishni amalga oshirish uchun e'lon qilingan
tanlov. Xaridor yoki buyurtmachi eng avvalo tanlov e'lon qilib, tanlov
shartlari bilan tanishtiradi. Tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan
firmalar, korxona va tashkilotlar o'z takliflarini - tenderlarni
buyurtmachiga ko'rib chiqish uchun yuborishadi.
|