Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 374
w www.oriens.uz June 2021 mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 3) chetdan olib kelingan
mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.
INVESTISIYA - (nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)- investor
tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'larni,
sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida (ichki
investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investisiya) amalga oshirilishi mumkin.
Moliya I.si- qimmatbaho qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini jamg'arish va
boshqalarni, real moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o'z ichiga oladi.
IPOTEKA - (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir
muayyan ko'chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga qo'yish.
LISENZIYA
-
(lat.licentia-erkinlik,
huquq)-
ruxsatnoma;
1)
chet
mamlakatlardan mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari
tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 2) biror narsadan yengil shartlar bilan yoki bepul
foydalanish huquqi; 3) chegaradan mol chiqarish yoki mol kiritishda boj to'lovlarini
kamaytirish. Patentlangan L.- ro'yxatga olinib, guvohnoma berilgan kashfiyotdan
foydalanish huquqini boshqalarga berish.
PATENT - (lat. patens-guvohnoma, yorliq)- 1) xususiy tarzda tadbirkorlikning
biror bir turi bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi guvohnoma, tegishli hujjatlar
asosida moliya organlari tomonidan beriladi; 2) ilmiy kashfiyot va ixtiroga
mualliflikni tasdiqlovchi guvohnoma. P. davlat tomonidan patentlashtiriladi.
POLIS - (fr.police, ital, pollissa-tilxat)-shaxsiy yoki mulkiy sug'urta
shartnomasi tuzilgani va uning shartlari haqidagi hujjat.
REKLAMA - (fr.reclame)-tovar yoki ko'rsatiladigan xizmat to'g'risidagi xolis
axborot, ularni ko'proq sotish maqsadida xaridorlarga ularning xossalari, afzalliklari
va sotib olish shartlarini yetkazish. R. maxsus firmalar orqali amalga oshiriladi va
yuqori daromad manbai hisoblanadi.
SERTIFIKAT - (fr.certifikat-tasdiqlayman, guvohlik beraman) - bu guvohlik
beruvchi hujjatdir. Masalan: auditor sertifikati- e'lon qilingan firma balansining
to'g'riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta sertifikati- bu sug'urta shartnomasining
shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik sertifikati- bu o'z egasining jamiyat
(kompaniya) kapitalining bir qismiga egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy
aloqalarda tovar sifati guvohnomasi va h.k.
XULOSA Mamlakatimizda
bozor
iqtisodiyoti
mexanizmlarining
takomillashuvi
natijasida xususiy mulkchilikning barcha shakllari rivojlanib, tadbirkorlik
faoliyatiga keng yo’l ochilmoqda, natjada chet davlatlar bilan oldi-sotdi ya`ni export-
import ishlari amalga oshirilmoqda bu borada esa chet tilini bilish juda muhim,
xususan iqtisodiy neologizmlarni tushunish har birimizga kerak. Bu borada
Respublikamizning birinchi Prezdenti I.A.Karimovning nutqini esga olaylik: