Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 373
w www.oriens.uz June 2021 almashinuvi uchun qulay. Masalan: korrupsiya, kredit , eksport , grant ,auditor,
avizo, valyuta, lizing, menedjer, litsenziya , biznesmen, norezident.
Quyida iqtisodiyot sohasida keng ishlatiladigan bir nechta terminlarni
keltiramiz. Ularning ba’zilari o’zbekcha so’zlar bo’lsa, ba’zilari esa boshqa tillardan
bevosita kirib kelib tilimizda qo’llanilmoqda.
MUHOKAMA AUKSION - (lat.auction) - "kimoshdi" savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo
xizmati mahsulotni eng yuqori narxga ko'targan xaridor sotib oladi.
BANK - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtiga qarab pul mablag'larini bir
davolash yig'uvchi va uzluksiz aylanib turushini ta'minlovchi, korxonalarga va
umuman pulga tekshirishga kredit, suda qilingan, tomonlar ishlash to'lovi va boshqa
hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin vachet el valyutasi bilan bog'liq
operatsiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo'yuvchilarga ma'lumot
foizini to'lash, qarz olganlardan davomiy foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar
bo'yicha farq qiladigan bank foydasi mavjud.
BIZNES- (inglizcha business-ish, faoliyat, mashg'ulot ) boylik, foyda
orttirishga yo'naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo'jalik yuritish ko'lamiga qarab yirik,
o'rta va mayda turlarga bo'linadi. Xodimlarning o'rtacha soni va mahsulot hajmiga
qarab ajratiladi.
BIZNESMEN
-
(inglizcha
business-ish,
man-odam)-
biznes
bilan
shug'ullanuvchi shaxs, korchalon.
BIRJA - (goll.beurs, nem. Borse-hamyon)- 1) mahsulot, valyuta va
qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini amalga
oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun vositachilik
yig'imini oladi; 2) birja savdo-sotig'i bo'ladigan joy.
BOJ- (arab.-o'lpon, soliq) - bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat
chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho qog'ozlardan
undiriladigan pul yig'imlari.
BROKER - (ingl.broker)- mahsulot, qimmatbaho qog'ozlar, valyuta sotuvchilar
va xaridorlar o'rtasidagi rasmiy dallol. O'zi yoki mijozlar nomidan kelishuvlar,
shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.
VALYUTA - ( ital. valuta. lat. valere- qadrlanmoq, qiymat )- mamlakatning
pul birligi va uning tipi (oltin, kumush, qog'oz, pul)ga tenglashtirilgan to'lov
vositalari.
VEKSEL - (nem.Wechsel, aynan-ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xususida
yozma holda berilgan maxsus ko'rinishdagi qimmatbaho qog'oz. qarz bergan tomon
vekselda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.
IMPORT - (lat.importo-kiritaman) - 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki
sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I.- xorijdan