Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda yo’l qo’yilayotgan xatо va kamchiliklar



Yüklə 180,99 Kb.
səhifə6/7
tarix19.04.2023
ölçüsü180,99 Kb.
#100598
1   2   3   4   5   6   7
О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish

1.3 О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda yo’l qo’yilayotgan xatо va kamchiliklar
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog`liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag`lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog`lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;

b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;


v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Bundan ko’rinadiki, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat jihatidan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Eng muhimi, bunday yangilanishlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy tafakkuri, turmush tarzi va “hayot falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va qiyofasining yangilanishi mazkur jarayonlar huquqiy asoslarining yaratilishi bilan birga uzviy holda borishi zarur. Shunga ko’ra, iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidanoq mamlakatimizda Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g`risida”, “Chet el investistiyalari to’g`risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim qadam bo’ldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi islohotlarning bosqichligi va izchilligining muhim qoidasi va e’tiborda tutish lozim bo’lgan jihatlaridan biri – ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi har qanday sifat o’zgarishlarini muntazam kuzatib, ularni yanada rivojlanishini rag`batlantirib, va ayni paytda, buning uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib borish hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g`risida”, “Xususiy korxona to’g`risida”, “Valyutani tartibga solish to’g`risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”, “Fermer xo’jaligi to’g`risida”gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizastiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda.
Agar bozor islohotlarining dastlabki pallalarida odamlarda bu boradagi tasavvurlar etarli emasligi natijasida mazkur jarayonlarga ma’lum darajada hadiksirash, ertangi hayot uchun tashvishlanish, hattoki ayrim hollarda ishonchsizlik xislari mavjud bo’lsa, mamlakatimizdagi islohot va yangilanishlarning o’tgan davri bunday hissiyot va ikkilanishlarni yo’qotib yubordi, aholi orasida ertangi kunga ishonch va yorqin kelajak uchun intilish, bunyodkorlik yo’lida harakat qilish kabi xislatlarni kuchaytirdi. Bugungi kunda jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodiyotining afzalliklari va imkoniyatlarini o’z hayotlari va turmush tarzlarida yaqqol sezmoqdalar. Dastlab odamlar uchun qandaydir mavhum bo’lib tuyulgan bozor iqtisodiyoti bugun ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida yuqoridagi ijobiy jihatlarni ta’kidlash bilan birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantig`i va izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi.
Ma’lumki, erkinlashtirish bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish va h.k.
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida xususiy mulkka alohida e’tibor qaratilib, uning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani alohida qayd etilgan. Shuni tan olishimiz va doimo e’tiborda tutishimiz kerakki, bugungi kunda ham aholi ma’lum bir qismining xususiy mulk, tadbirkorlik, daromadlarning shakllanishi tizimining erkinligiga salbiy munosabatda bo’lishi hollari uchrashi mumkin. Bu holat totalitar tizimning bir necha o’n yillar davomida hukmronligi oqibatida aholida shakllangan boqimandalik kayfiyati, davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib kelinganligi, uning ayrim kishilar tasavvurida salbiy taassurot qoldirganligi kabi sabablar bilan izohlanadi.
Mamlakatimizda xususiy mulkning daxlsizligi va davlat himoyasiga olinganligi to’g`risida to’xtalar ekanmiz, bu taniqli iqtisodchi Ya.Kornaining xususiy sektorni samarali rivojlanishini ta’minlash uchun “Xususiy mulkning mutlaq xavfsizligi to’g`risida qat’iy ravishda e’lon qilinishi zarur… Albatta, bunday kafolatlar qonunlar, partiyalarning dasturlari va etakchi davlat arboblarining bayonotlari orqali belgilanishi lozim… Kelgusidagi investistiyalar haqida qayg`urish “Konfiskastiyalar endi hech qachon bo’lmaydi!” deya qat’iy bayonot berishni taqozo etadi”6 degan so’zlarini keltirish o’rinlidir. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi”da “Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o’z biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim” deya yana bir bor ta’kidlanishi ushbu fikrlarning yaqqol tasdig`idir.
Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi, shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim ahamiyat kasb etishi, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro’yxati va turlarini aniq belgilab qo’yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlash zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog`liq chora-tadbirlarga oldingi yillardan e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, 2009 yilda ham tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog`liq sarf-xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirilib, jumladan:
- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar;
- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirilgan edi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, biznesni tashkil etish turlicha, masalan, yakka, xususiy, kooperativ (hamkorlikdagi) tadbirkorlik, sherikchilik, mas’uliyati cheklangan jamiyat, akstiyadorlik jamiyatlari, yirik xo’jalik birlashmalari, uyushmalari va boshqa shu kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ko’plab omillar, shart-sharoitlar bilan bir qatorda muayyan tashkiliy-huquqiy shaklning biznes tashabbuskorlari iqtisodiy manfaatlarini naqadar to’la va samarali ro’yobga chiqara olishi darajasi inobatga olinadi. Shunga ko’ra, ham nazariy, ham amaliy jihatdan biznesda eng mustahkam tashkiliy-huquqiy shakllardan biri – oilaviy biznes hisoblanadi. Chunki, oila – bu qondoshlik aloqalari orqali mustahkam bog`langan kishilar guruhidir. Oila a’zolari o’rtasida biznes uchun zarur bo’lgan eng muhim belgi va tamoyillar yaqqol mavjud: o’zaro ishonch, bir-birlarining aqliy va jismoniy salohiyat va imkoniyatlarini bilish, o’zaro hurmat, samarali mehnat taqsimotini amalga oshirish imkoniyatlari, qat’iy mas’uliyat va javobgarlik va h.k. Bu esa oilaviy biznesni shaklining iqtisodiy jihatdan samarali va istiqbolli ekanligini namoyon etadi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, odamlarning “hayot falsafasini” o’zgartirdi. Vujudga kelgan erkinlik, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatining berilishi natijasida uzoq yillar davomida boqimandachilik kayfiyatida yurgan aholi orasidan ishbilarmon, tadbirkor, mohir xo’jalik egalari, hunarmandlar, kasanachilar, ish yurituvchilar ajralib chiqdi. Endilikda ular faqat davlatdan ish joyi va ish haqi kutib qolmasdan, balki o’zlari ham xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanib, yangi ish o’rinlarini yaratishga harakat qilmoqdalar. Bu natijalarni mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o’zgarishi orqali ham kuzatish mumkin. 1990 yilda aholi daromadlari tarkibida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar 69,8 foizni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromad 7,6 foizni, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad 3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda bu daromadlarning ulushi tegishli ravishda quyidagicha o’zgardi: 29,7 foiz, 27,0 foiz, 28,1 foiz. Bundan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar darajasi bilan deyarli baravarlashgan.
Demak, mustaqillik yillari davomida oilalar moddiy asoslarining rivojlanishi, ular moliyaviy imkoniyatlarining kengaygani, yashash sharoitlari (elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, oqova suv tizimi bilan ta’minlanganlik darajasi)ning yaxshilanishi kabi omillar endilikda biznesni oila a’zolari doirasida tashkil etish uchun qulay zamin yaratdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini oshirishdagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Haqiqatan ham, tadbirkor o’z mablag`larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda o’z daromadlarini oshirish bilan birga jamiyat boshqa a’zolarining ham ish hamda daromad bilan ta’minlanishiga moddiy negiz yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham kengayib bormoqda: 2000-2008 yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo’lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2010 yilning 1 yanvar holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 8402,3 ming kishini, shu jumladan, yakka tadbirkorlar 6446,2 ming kishini, kichik korxona va mikrofirmadagi bandlar soni 1956,1 ming kishini tashkil etdi. Ushbu soha vakillari tomonidan 2002 yilda 369,3 mingta, 2005 yilda 434,2 mingta, 2006 yilda 290 mingta, 2009 yilda 390 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.
Ma’ruzada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o’zining barqaror va ishonchli ekanini isbotlaganligi, shu bilan birga, bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug`urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog`liqligi, bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatining oshishiga imkon beradi va eng yuksak xalqaro standartlar talabiga mos zamonaviy bozor infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlab o’tildi.



Yüklə 180,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin