Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


Davlat tasarrufidan chiqarish



Yüklə 180,99 Kb.
səhifə3/7
tarix19.04.2023
ölçüsü180,99 Kb.
#100598
1   2   3   4   5   6   7
О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obhektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir24.
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be’ul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
1-jadval
Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki ‘allasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda ehtirof etildi va davlat mulki mono’olizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy mehyorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.


O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.
2-jadval.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari

Yengil, mahalliy sanoatga, trans’ort va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rolg’ o’ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan tahminlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi. qtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi3. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’’lab o’rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari bar’o etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini ‘asaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni tahkidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil koo’erativlar, shirkatlar, mashuliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obhektlar ro’yxatiga kirmagan barcha obhekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2003 yillar)ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. Mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirishning 1995-2003 yillardagi asosiy natijalarini kuzatish mumkin.
O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obhektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta ‘asaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va ‘ast likvidli obhektlarni nolg’ darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Mahlumotlardan mahlum bo’lishicha, 2004-2017 yillar davomida 6682 ta davlat obhekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag’larning jami hajmi 1229,6 mlrd. so’mni tashkil etgan.
3-jadval
O’zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati


Yüklə 180,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin