Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliq siyosatining asosiy yònalishlari va uni òziga xos xususiyatlari



Yüklə 69 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü69 Kb.
#129150
IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA SOLIQ SIYOSATINING ASOSIY YÒNALISHLARI VA UNI ÒZIGA XOS XUSUSIYATLARI


IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA SOLIQ SIYOSATINING ASOSIY YÒNALISHLARI VA UNI ÒZIGA XOS XUSUSIYATLARI
11. Soliq siyosatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi eng avvalo iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohatlarni chuqurlashtirishni huquqiy qonunlar nafaqat iqtisodiy balki ham ijtimoiy hamda siyosiy vazifalarni hal qilish asosiy rol o’ynaydi. Respublikamizni soliq siyosatining huquqiy asoslari mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirganligi bevosita mustaqil soliq siyosatini shakllantirish va davlat vazifalarini bajarishga xizmat qilishi fikrimiz dalilidir. Mustaqil soliq siyosatini yuritish davlatning soliq munosabatlari doirasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga asoslangan, har tomonlama mustaqil munosabatlarni va barqarorlashtirish yo’lida shakllanadi va rivojlanadi.
Soliq siyosati moliya siyosatining tarkibi sifatida bozor iqtisodiyotining zaruriy qismi bo’lib hisoblanadi. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi shartdir. Soliq munosabatlarini chuqur o’rganish, undan ilmiy xulosalar chiqarish orqaligina soliq siyosatida katta muvaffaqiyatga erishish mumkin bo’ladi. Soliq siyosatini soliq va soliq tizimini rivojlantirish maqsadida soliq to’lovlari davlat oldida turgan vazifa va chora-tadbirlarni to’liq moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilmas ekan, byudjet taqchilligiga duch kelishga to’g’ri keladi. Bunday nuqsonlarni kelib chiqishning oldini olish va mutaxassislardan tashkil topgan koordinatsion kengashni tashkil etish va ularga soliq munosabatlarini dinamik o’zgarishini kuzatish orqali fikrlar va tavsiyalar ishlab chiqish mas’uliyatini yuklash maqsadga muvofiqdir. Bu esa quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasidagi faolligini oshirishni taqozo etadi, ya’ni
-soliqlarni zamonaviy ijtimoiy muhitni yaratishga qaratilishi;
-soliqlarni iste’molchilarga tushadigan og’irligini tinimsiz oqilona soliq munosabatlarini qo’llash orqali engillashtirib borishni;
- zamonaviy soliq munosabatlarini yuzaga keltirish orqali faoliyat
ko’rsatuvchi xo’jalik sub’ektlarining sonini oshira borishi;
-soliq munosabatlari har tomonlama boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar va ularni o’sishiga monand olib borishiga zaruriy shart-sharoitlar yaratishni;
- xo’jalik sub’ektlari va aholini keng qatlamini soliq qonuniyatlariga amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishni.
Shunday qilib soliqlarni oqilona tartibga solishda, xalq manfaatlari yo’lidagi ta’sirchanligini oshirishda byudjet taqchilligini oldini olishda soliq siyosati muhim o’rin egalomogi lozim. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, ya’ni kichik biznes korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, korxonalarni modernizatsiyalash orqali ularni turli faoliyat yurg’izishga qaratish, moliyaviy bozorni barqarorlashtirish, aholining keng qatlamini moddiy qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazani kuchaytirish va xizmatlarni soliqdan kompleks foydalanish orqali amalga oshirish soliq siyosatini barqarorlashtirishga qaratilishi bilan hal etilishi mumkin.
Soliqlar davlat byudjetining asosiy qismini tashkil etishda manba vazifasini bajarishi bois davlat soliq siyosati orqali soliq munosabatlarini tartibga keltirib turadi shu tariqa davlat soliq siyosatini ishlab chiqishning asosiy tashkilotchisi sifatida maydonga chiqadi. Davlat o’z moliyaviy idoralar faoliyatini soliq siyosatini ishlab chiqishga va amaliyotda qo’llanishiga jalb etadi. Soliq siyosatini shlab chiqayotganda soliq munosabatlari doirasidagi yutuqlar va kamchiliklarni e’tiborga olish, ularni o’rganib chiqish orqali soliq hisobi, to’lovi va amal qiluvchi soliq elementlarini o’zgarishini e’tiborga olishi zarur.
12. Jahon soliq kodeksini qabul qilish zarurati va ahamiyati.

12.Jahon soliq kodeksini qabul qilish zarurati va ahamiyati


Birlashgan millatlar tashkiloti u yoki bu xalqaro dasturlar asosida bozor isloxotlarini amalga oshirayotgan davlatlarga ma’lum bir loyixalarni ishlab chikish va joriy etishda yordam berish xamda xamkorlik qilishni amalga oshiradi. Bunday xamkorlik yunalishlaridan biri — zamonaviy xalkaro iktisodiy talablarga javob beradigan milliy soliq tizimining yuzaga kelishiga, shakllanishi va rivojlanishiga yordam berishdir. Aynan shunday chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, ya’ni xalqaro soliq dasturi doirasida Jaxon soliq kodeksini tayyorlash fikri yuzaga keldi.
Ushbu Kodeksning asosiy maksadi — isloxotlarni amalga oshirayotgan davlatlarga ilmiy asosda soliq munosabatlarini boshkarish, yagona terminologiya va yagona mazmundagi izohni yaratish imkoniyatlarini takdim etishdir.
«Jaxon soliq kodeksi asoslari» shaklidagi ushbu xujjat 1993 yilda tayyorlanib,nashrdan chikarildi. Uning mualliflari Garvard universiteti (AKSh) mutaxassislari Uord M. Xassi va Donald S. Lyubik. Ushbu Kodeks asoslari 300 betdan iborat bulib, 591 ta modda va izoxni o'z ichiga olgan Soliq kodeksi matnidan iboratdir. Kodeksning kirish qismida mualliflar ko'pgina davlatlar tajribasidan o'tgan soliq tizimining zamonaviy ma’nosini ochib berishga xarakat kilganliklarini yozishgan.
Jaxon soliq kodeksi namuna sifatida bulishiga qaramasdan, unda soliq to'lovlarining anik stavkalari, uning minimumlari va imtiyozlar berilgandir. Kodeks matni va unda berilgan stavkalar kodeksdan foydalanishni xoxlovchi davlatlar uchun majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga egadir. Milliy soliq konunchiligi tayyorlanayotganda ushbu davlat mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi anik iktisodiy va xukukiy shart-sharoitlar inobatga olinishikerak.
Kodeksda berilgan nizom aloxida axamiyatga egadir. Bu nizomga kura, soliq tizimi orqali iktisodiy subsidiyalar berish tugri subsidiya tulovlariga nisbatan kam samaralidir. Imtiyoz turlari va engilliklarning kupligi, soliq imtiyozlarini nazorat qilishning kiyinligi sababli, soliq tizimini murakkablashtiradi va samaradorligini tushiradi, uning zarur bulgan egiluvchanlik xususiyatlarini yukotadi. Bundan kelib chiqadiki, kodeksda soliqlardan vaqtinchalik yoki doimiy ozod etish kabi imtiyozlar kuzda tutilmaydi. Rivojlanayotgan davlatlar iktisodiyoti xususiyatlarini xisobga olgan holda, Kodeks mualliflari fikricha, ushbu davlatlar daromadlari asosiy kismi bojxona bojlari, kushilgan kiymat soligi, aktsizlar xamda korxona va tashkilotlar foydasiga soliq xisobiga shakllanadi. Bunday soliq tizimi ular fikricha, soliqlarni undirish bilan boglik bulgan ma’muriy xarajatlar jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqka nisbatan kam buladi.
Tavsiya etilayotgan Kodeksdagi soliqlar tizimiga fakatgina yuqori daromadlarga ega bo' lgan axoli qismiga kullaniladigan jismoniy shaxslardan olinadigan individual daromad soligi xam kiritilgandir. Bu, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davlatlarda asosan rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik davlatlarda individual daromad soligini rivojlangan davlatlardagi kabi keng mikyosda qo'llash uchun etarli darajadagi ma’muriy va xuquqiy mexanizmlar mavjud emasligi bilan izoxlanadi. Individual daromad soligi soliq tushumlari maksadida emas, balki tenglik hissini qaror toptirish maqsadida joriy etiladi. 136 Jaxon soliq kodeksini ishlab chiqqanlar, soliq qonunlarini tayyorlash va qabul qilish soliq isloxotiga dastlabki qadamdir deb hisoblaydilar. Asosiysi, soliq apparatining samaradorligini yaratishda deb biladilar. Adolatli va yuqori saloxiyatli soliq xizmatining mavjudligi soliq isloxotidagi muvaffakiyatlarning zaruriy shartidir.
13. Laffer egri chizigi va uning elastlikligi.
13. Jahon iqtisodiy taraqqiyotida o`zining muayyan o`rniga ega bo`lgan taklif iqtisodiyoti nazariyasi bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Taklif iqtisodiyoti nazariyasi soliqlarni kamaytirish va korporatsiyalarga soliq imtiyozlarini berishni nazarda tutadi. Ushbu nazariyaga ko`ra yuqori soliq stavkalari tadbirkorlik qiziqishini kamaytiradi va investitsiya siyosati, ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirishni cheklab qo`yadi. Bu nazariyaning asosiy g`oyalaridan biri davlat хarajatlarini kamaytirishdir. Ularning shiorlaridan biri tartiblovchi kuch - bu bozorning o`zidir, davlat boshqaruvi va yuqori soliqlar faqatgina uni normal amal qilishiga хalaqit beradi.
Soliq stavkalari shkalalarini shakllanish darajasi bo`yicha umumiy qonun bor. Keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan kamroq soliqqa tortish stavkasini qo`llash, etarli darajada kam bo`lgan soliq bazasiga nisbatan esa, buning teskarisi, alohida soliq turlarini yuqori stavkada qo`llash kerak. Ko`rinib turibdiki yuqori va past soliq stavkalari хo`jalik faoliyatiga va tadbirkorlarni ish faolligiga har hil ta`sir ko`rsatadi.
А.Smitning fikricha soliq yukini kamaytirilishi natijasida davlat ko`proq yutadi, ya`ni soliqdan ozod bo`lgan summadan ortiqcha daromad olish mumkin va natijada olingan daromad soliqqa tortish uchun qo`shimcha soliqqa tortish ob`ekti bo`ladi. Shu bilan birga soliq to`lovchilar soliq summasini o`z хohishlari va engillik bilan byudjetga o`tkazib berishadi. Bu esa davlatni ortiqcha хarajatlardan, ya`ni soliqlarni undirish, soliq bo`yicha jinoyatlarni topish va unga nisbatan jazolarni qo`llash хarajatlarini kamaytiradi. А.Smitning bu g`oyalari uning davomchilariga emas, balki keyingi iqtisodchi olimlar uchun aksioma bo`lib qoldi.
1980 yillarda АQShda iqtisodiy taklif nazariyasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan olimlar M.Bernson, G.Stayn va А.Laffyerlardir. Bu olimlar soliq stavkalarini pasaytirish orqali soliqni progressivligini kamaytirishga erishish, bu esa korхonalarni kelajakda investitsiya qilishlari uchun jamg`arma manbalarini ko`payishiga olib keladi deb hisoblashgan.
Neoklassik nazariyaning zamonaviy vakillari ingliz iqtisodchisi А.Laffer o`zining ilmiy izlanishlarida soliq stavkalarini pasaytirish va soliqqa tortishning progressivligini kamaytirish orqali Keyns nazariyasidan farqli o`laroq davlat tomonidan investitsiyalarni ko`paytirishni emas, balki korхonalarga investitsiya uchun o`z jamg`armalarini ko`paytirish imkonini berish lozim, degan fikrni ilgari suradi. Uning ilmiy tahlillari tasdiqlaydiki, soliqqa tortishning shunday optimal chegarasi mavjud bo`lib, soliq stavkasi undan yuqoriga qancha ko`tarilmasin, soliq tushumlarini ko`paytirishga erishib bo`lmaydi. Soliq yukining ortib borishi soliq bazasining kamayishiga olib keladi. Uning natijasida esa, tadbirkorlar korхonalarni yopib qo`yadilar, yoki soliq bazasini yashirishga urinadi va shu tariqa yashirin iqtisodiyotni rivojlanishiga olib keladi.
14. Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bolishi, o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi.
14. Mamlakatimiz tarixida miloddan oldingi va miloddan keyingi davrlardahukmronlik qilgan davlatlarda, davlat boshliqlarining oliy maqsadlari o’z xazinasini tinmay to’ldirib borish, keyingi avlodlariga 2-3 barobar ortiq boylik qoldirish bo’lgan. Yig’ilgan xazinalarning eng ko’p qismi unumsiz tadbirlarga tartibsiz sarflanib, hatto isrof bo’lganligi ayon. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududlarida ko’chmanchilik sharoitida, o’zlari uchun qulay joy izlab yurgan ko’plab urug’ va qabilalar, er maydonlari, suv, o’tloqlarni egallash maqsadida kurashib kelganlar, ayrim hollarda esa o’zlaridan kuchliroq, yirik qabilalarga er solig’i, ya’ni o’lpon to’lab turganlar.
Tarixiy manbalar podshoh xazinasining dastlabki asosiy manbai sovg’a-salom bo’lganligidan dalolat beradi. Lekin Doro hukmronligi davriga kelganda soliqlar joriy qilinadi. «Doroni Forslar savdogar deyishlariga sabab, u birinchi bo’lib soliqlarni joriy etganligidadir» deb yozgan edi Gerodot. Doro soliq tizimini faqat o’z mamlakatida emas, balki zo’rlik bilan qaram qilib olgan mamlakatlarga ham joriy etdi. Soliq miqdori satin pul birligi talant hisobida aniqlangan. Ahamoniylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda yashovchi qabilalardan soliqlar salkam ikki asr mobaynida yillik xiroj va harbiy otryadlar etkazib berish shaklida undirilgan. Bu davrda soliq turlari ham har xil bo’lgan. Masalan, sak va kasbiylar kabi qabilalar 250 talant (1 talant 25 kg. 248 gr. Sof oltinga teng bo’lgan), ya’ni 6312 kg. miqdorida parfiyaliklar, xorazmiylar, so’g’dlar va oriylar 300 talant, ya’ni 7575,4 kg. miqdorida xiroj to’lashgan. Qat’iy belgilangan xirojlardan tashqari har xil sabablarni ro’kach qilib qo’shimcha soliqlar ham joriy etiladi va ular suv yo’lini to’sib qo’yish yoki boshqa xil zo’ravonlik kabi tahdidlar orqali undirib olinar edi. Erondagi qadimgi Persapol shahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz - baqtriyaliklar, xorazmliklar, so’g’dlar va saklar tasvirlagan rasmlarda, saklar kiyim-kechak, baqtriyaliklar tuya va idishlar, xorazmliklar dudama xanjar, jangavor bolta, bilakuzuk va otni shohga olib borayotgan manzara chizilgan. So’g’d bitiklariga ko’ra O’rta Osiyoga mashhur otlar, oltin, firuza va qimmatbaho toshlar olib kelingan.Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni bosib olib, uni o’z saltanati tarkibiga kiritgach, bu erda istiqomat qiluvchilar soliqlarni yunonlar tamoyili bo’yicha to’lay boshlaganlar. Yunonistonda soliqqa tortish Markaziy Osiyodagidan farq qilib, soliqlar daromad solig’i va ehsonlardan iborat bo’lgan. Daromad solig’i daromadning o’ndan yoki yigirmadan biri miqdorida undirilgan va jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadlari yo’lida ishlatilgan. Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoda asosan Ahamoniylar barpo etgan davlat apparati tuzilmasini saqlab, mahalliy zadagonlar tarkibidan satraplar hokimiyatini tuzgan. Maxsus soliq xizmati joriy qilmagan, soliq undirish vazifasi muayyan kishi zimmasiga yuklatilgan. Ular esa soliq to’lovchilardan xazina bilan tuzilgan shartnomada belgilangandan ko’ra ko’proq soliqlar yig’ib, o’z manfaatlari uchun ham qo’shimcha mablag’lar to’plab olishgan.
Eramizdan oldingi 140 yilda Yunon-Makedon mamlakati barham topdi. I asrning oxiridan boshlab to hozirgi eramizning IV asr o’rtalarigacha Markazi Osiyoda Kushon podsholigi hukmronlik qildi. Bu davrda soliqlarni hisoblash va undirish tartibi haqida etarli ma’lumot bo’lmasa ham, lekin ayrim arxeologik topilmalar, soliqlar oltin bilan hisoblanishini, undagi hujjatlar soliqlarni qabul qiluvchi xazinabon lavozimi bo’lganligidan darak beradi. Surxondaryoning Denovshahriga yaqin Dalverzintepa qishlog’idan topilgan Kushon davlati davrida bunyod etilgan saroy qoldiqlari orasidan 40 kg dan ortiq oltin joylashtirilgan xum topilgan. Ashxobod yaqinidan topilgan bitiklar, yozuvlar esa soliq to’lash bo’yicha katta devon bo’lganligidan darak beradi. Bu hujjatlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, soliq yig’ish va mahsulotlarni asrashga ko’pdan-ko’p amaldorlar jalb qilingan.
IV-VI asrlardagi turkiy qavmlar tarixiga oid qadimgi manbalarda qabilalar, urug’lar o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvlarda mag’lubiyatga uchragan tomon aholisi yangi hukmdorlariga mavjud er yoki chorvalari uchun soliqlar to’lab turganligi, dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shug’ullanish imkoni bo’lmagan joylarda esa soliq o’rniga belgilangan miqdorda konlardan ma’danlar qazib berganliklari kabilar haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Arablar istilosigacha Markaziy Osiyoda shakllangan soliqlar tizimining xususiyati shundan iboratki, bu davrda quldorlik va feodal davlat boshqaruvining o’ziga xos belgilari birlashib ketgan, hatto ayrim hollarda zadagonlar lashkar boshilarga maosh to’lamasdan, uning o’rniga ikkitoy tizimi joriy qilingan. Soliqlarni undirishda mahalliy oqsoqollar bilan birga soliq undirishni ijara usuli ham qo’llanilgan. Soliqlar ko’pchilik hollarda tumanlar bo’yicha belgilanib, to’lovchilarning xususiyatlari e’tiborga olinmagan.651 yildan boshlab mamlakatimiz hududida arablar hukmronligi o’rnatildi.Soliqqa tortish tizimi bir muncha murakablashdi va soliqlarning turli xillari paydo bo’ldi. Masalan, xayr-ehson ehtiyojlari uchun soliq - zakot (mol-mulkdan 2,5 foiz miqdorida) ijtimoiy keskinlikni yumshatish uchun mo’ljallangan, kambag’allar, etimlar va yo’lovchilarga xayr-ehson berishda foydalanilgan. Bundan tashqari, quyidagi soliqlar mavjud edi, vazifa - o’lpon, juzya - jonsolig’i, xiroj - er solig’i. Xiroj quyidagi shakllarda undirilgan
Misaha - ishlov beriladigan maydon birligidan qat’iy stavkalarda;
Muqota - qat’iy belgilangan summada;
Muqosama - hosilning muayyan ulushida (13 qismi).
Xiroj Navro’z bayrami arafasida yig’ib olingan. Juzyani musulmon bo’lmagan fuqarolar (ozod erkaklar) to’laganlar. Xotin-qizlar, keksalar, kambag’allar va qullar bu soliqni to’lashdan ozod qilingan. Juzyani hisoblashda o’ziga to’qlik darajasi hisobga olingan va soliq pul yoki natura shaklida undirilgan. Yuqoridagi soliqlardan tashqari chorvadorlardan, hunarmandlardan va savdogarlardan soliqlar olingan. Arablar hukmronlik qilgan davr soliq siyosatida ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan bo’lsada, ammo ba’zi kamchiliklar ham mavjud bo’lgan. Xususan, Noib Ashras olib borgan soliq siyosatida, qisqa vaqt ichida ikki qarama-qarshi yo’l tutilgan. Oldiniga musulmonlar juzya va xirojdan ozod etilgan. Ammo ko’p vaqt o’tmay xazinaga tushumlarning keskin qisqarib ketishi bu farmonni bekor qilishga majbur etgan. Oqibatda So’g’d va Buxoroda norozichilik kuchayib, u qo’zg’olonga aylangan. Ashrasning muvaffaqiyatsiz soliq siyosati tufayli arablarga qarshi qudratli harakat avj olib, Movaraunnaxrning tez orada arablar ixtiyoridan chiqishi bilanyakunlandi.
Ikki asrdan ko’proq hukmronlik qilgan arablar saltanati tugab, Somoniylar.
(869-1005 yillar) hukmronligi o’rnatilgach, ular davlatida o’nta devon tashkil etildi. Devonlardan uchtasi Devoni mustavfiy (kirim-chiqim ishlarini boshqargan) va Devoni muhtasib (bozorda toshu-tarozi, narx-navo va musulmonlar tomonidan shariat qoidalari bajarilishi ustidan nazorat qilgan), Devoni mushrif (davlat ishlari, xususan kirim-chiqim ishlarini yuritgan hamda) soliqlarni ham nazorat qilgan.
Movaraunnaxrda IX-X asrlarda erlarni soliqqa tortish ular kimga tegishli ekanligiga bog’liq edi. Erlar uch toifaga bo’lingan Birinchi toifa erlar - sultonga tegishli bo’lib (mulki sultoniy), bunday er ustidan nazorat keyinchalik «Mulki devoniy» deb nomlangan devon (mahkama) amaldorlari tomonidan amalga oshirilib, ushbu toifadagi erlar haddan tashqari ko’p edi. Bunday erlarga asosan dehqonlar erlari kirgan.
Ikkinchi toifa - erlar shaxsan hukmron sulolaning ayrim a’zolari, qadimiy dehqon zadagonlar, shunchaki boy dehqonlarga, sayyidlar (Muhammad payg’ambar xonadoni avlodlari), ayrim ruhoniylar, turk gvardiyasining ayrim rahbarlari, savdogarlarga tegishli bo’lgan xususiy mulk yerlar.
Uchinchi toifa erlar - musulmon diniy muassasalariga, ya’ni masjid, madrasa, xonaqoh maqbaralarga vaqtincha yoki umrbod foydalanish uchun berilgan vaqf erlar. Xiroj uchala toifa erlaridan ham olingan bo’lib, ular «mulki xiroj» deb atalgan, lekin bunda oliy musulmon ruhoniylarga, avvalo sayyidlarga tegishli erlar soliqqa tortishdan to’liq yoki qisman ozod qilingan. X asr boshlarida Movaraunnaxrni Qaraxoniylar egalladi, ya’ni dariyzabon sulolasi o’rnini turkiyzabon sulolasi egallagach, markazlashtirilgan davlat o’rniga mamlakatni boshqarishning ulus tizimi o’rnatilib, barcha er xon mulki hisoblangan, dehqonchilik er egaligi instituti sifatida tarix sahnasidan tushishiga sabab bo’ldi. Bu davrda «iqta’» soliq yig’ishning asosiy manbaiga aylangan. «Iqtadorlar» o’z navbatida dehqonlarning oddiy jamoatchiga aylanishiga zamin yaratdi. Yerlar muayyan muddatga «Iqtadorlar» foydasiga muayyan daromadni to’liq yoki qisman olish huquqi bailan sovg’a qilingan. «Iqta’» sohiblari dehqonlardan maxsus qaror bilan belgilangan soliqlarnigina olishi mumkin edi. «Iqta’»ga nafaqat erdan, balki soliqqa tortishning boshqa ob’ektlaridan (tegirmon, hammom, bozordagi do’konlar) olinadigan soliqlar va daromadlar ham berilishi lozim edi.
15 .Mogullar davridagi soliqlar, ularni oziga xos xususiyatlari.
15. 1221 yilda O’rta Osiyoda mo’g’ullar hokimiyati o’rnatildi. Bu hududlarda soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan qurultoyda taklif etilgan tadbirlar hayotga tatbiq etila boshlandi va Mahmud Yalavoch boshchiligida o’lkadagi xalqlardan turli xildagi soliqlarni undirar edilar. «Kalon» solig’i dehqonlardan yig’iladigan asosiy soliq bo’lib, u hosilning o’ndan bir qismini tashkil etgan. Chorvadorlardan «ko’pchur» solig’i olingan bo’lib, uning miqdori har yuz bosh qoramoldan birga teng edi. Bundan tashqari «Yaso» qonuni bo’yicha aholidan davlat foydasiga «shulsi» deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu soliq turining miqdori har bir otardan ikki yashar qo’y va har ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan. Shuningdek, mamlakatdagi savdo yo’llarida joylashgan bekat - «yom» (jom)larninglarning xarajatlari ham aholi zimmasiga yuklatilib, ularningm miqdori shu darajada payibpayib ketar ediki, ba’zi hollarda har bir «yom» uchun 20 ot-ulov, so’yish uchun qo’ylar, sog’ish uchun sog’uvchisi bilan biyalar, aravalar va boshqa sarf-xarajatlar ajratilgan. Mo’g’ullar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli yil sayin yomonlashib bordi, chunki er solig’ini to’lashdan tashqari dehqonlar turli xil majburiyatlar va xizmatlarni bajarishardi. Hunarmandlar ayniqsa qurol tayyorlab berish kabi majburiyatlarni olgan edi. Feodal va zadogonlarga xonzoda va xon xotinlari yorliq hamda payzalar tarqatgan, bu unvonlar dehqon va hunarmandlardan turli xizmat hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Payza ko’rsatilganda mahalliy aholi, masalan sayohat qiluvchini ovqatlantirishi va unga xona, otiga em berishi va boshqa qulayliklar yaratishi shart edi. Yil sayin aholining yashash sharoiti og’irlashib borishi mamlakatning ko’p joylarida qo’zg’olonlar ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu qo’zg’olonlar zudlik bilan bostirilgan bo’lsada, lekin mo’g’ul hukmdori Munnexon Movaraunnaxrda soliq to’lovchilar amalga oshirayotgan tartibsizliklar va suistemolliklarga tegishli farmon chiqardi. Unga ko’ra boy kishi 10 dinor, kambag’allar esa 1 dinor to’laydigan bo’ldi. Chorva solig’i 100 tuyoqdan bir bosh olinishi belgilandi. Musulmon, xristian va butparastlar ro’honiylari, shuningdek, keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq to’lamaydigan bo’ldilar. Soliq yig’ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo’zg’olondan so’ng o’z lavozimidan bo’shatildi va Movaraunnaxrdan haydab yuborildi. Soliq yig’uvchi va noib etib uning o’g’li Mas’udbek tayinlanib, u bu lavozimda 51 yil xizmat qildi. U mo’g’ullarga o’lpon va soliqlarni o’z vaqtida to’lab turdi. Natijada mo’g’ullar Movaraunnaxrni boshqarish ishiga aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur hokimiyati o’rnatilguncha davom etdi.
Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin