Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə104/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
- talabalarning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanchbilimi);
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan –semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqil ishlash ko’nikma –sini asta – sekin shakllantirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib boorish kerak bo‘ladi.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

    • fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;

    • amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;

    • ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;

    • amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;

    • ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;

    • uy vazifalarini bajarish va boshqalar;

Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalar gaqaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.

Mustaqil ish tayyorlashning mazmuni va shakllari


Mustaqil ish tayyorlashni shakli bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha yozish, tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.
Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; talabalar fanni mukammal o‘zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.

Mustaqil ish bajarilishi va jihozlash


Talabalarning mustaqil ish bajarilish jarayonida turli manbalardan axborotlar yig‘ish va ularni jamlash, yozma ravishda o‘zining fikrini bayon etish, auditoriya oldida o‘zining ravon nutqi bilan chiqishi orqali malakasi shakllanadi va oshadi. Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlash bilan cheklanmasdan, balki davlat tashkilotlari, statistika boshqarmasi, jurnal, ro‘znoma va internet saytlari ma’lumotlaridan foydalanishni ham bilishi lozim.
Mustaqil ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir.Talabalar taqdimotni seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o‘rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o‘z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o‘rganadi.
Mustaqil ta’lim taqdimot ko‘rinishida bo‘lsa, u Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog‘i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo‘lishi kerak.
Mustaqil ish bajarishda talaba o‘rganayotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo‘yicha amaliy ma’lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko‘rinishida tarqatma materiallar tayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo‘yilgan. Chunki, har qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to‘ldirilganda dars samarasi yanada yuqori bo‘ladi
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar foydala-nish bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o‘z ustida ishlashlari, izlanish-lariga yakun yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga rag‘batlantiradi, dunyoqarashini rivojlanishi, o‘z faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o‘z ustida ishlashga, iqtisodiy fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham og‘zaki, ham yozma ravishda bayon qilishga o‘rgatadi.
Mustaqil ish bajarishda talabao‘rganayotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo‘yicha amaliy ma’lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko‘rinishida tarqatma materiallar tayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo‘yilgan. Chunki, har qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to‘ldirilganda dars samarasi yanada yuqori bo‘ladi
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar foydala-nish bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o‘z ustida ishlashlari, izlanish-lariga yakun yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga rag‘batlantiradi, dunyoqarashini rivojlanishi, o‘z faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o‘z ustida ishlashga, iqtisodiy fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham og‘zaki, ham yozma ravishda bayon qilishga o‘rgatadi.
Mustaqil ishni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog‘i lozim. Talabalarni fanni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:

  • bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki ham ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda foydalanishi lozim;

  • Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo‘lib, har bir reja bo‘yicha talaba o‘z fikr mulohazalarini bayon etishi shart;

  • mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma’lumotlar aniq va to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun manbasi ko‘rsatilishi shart;

  • Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo‘lsa (A4 format qog‘oz, chap-3 sm, yuqori-2sm, past-2,5 sm, o‘ng-1 sm va 14 shriftda, 1 interntervalda yozilishi kerak) 14-15 betdan va taqdimot ko‘rinishida 10-15 slayddan iborat bo‘lishi kerak, tarqatma materiallar esa 8-10tadan kam bo‘lmasligi lozim.




Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin