O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“ IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI”
fanidan
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilimsohasi:
|
200 000
|
–
|
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
–
|
Iqtisod
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5230100
|
–
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
|
Guliston-2017
Ushbu o`quv - uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Ilmiy Kengashining 2017 yil 26 avgustdagi 1 -sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi” fani dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi: GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi A.Abduvoxidov
Taqrizchi: GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d. A.Mamatov
“Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi” fanidan o’quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti O’quv-uslubiy Kengashining 2017yil 26 avgustdagi 1-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilib, ta’lim jarayonida ishlatishga tavsiya etilgan.
MUNDARIJA
|
KIRISH
|
|
|
O’QUVMATERIALLARI
|
|
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
|
|
|
GLOSSARIY
|
|
|
ILOVALAR
|
|
Kirish
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy echimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda1.Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkkab vazifalarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab topish, ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish maqsadida qabul qilingan strategik dasturlar mazmunini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir.
O’quv-uslubiy majmua 5230100 - Iqtisodiyot (ijtimoiy soha iqtisodiyoti) ta’lim yo’nalishlarida jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda “Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi” fanining roli beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |