Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-chizma.Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə9/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

2-chizma.Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar

Iqtisodiy o‘sish omillaridan texnika taraqqiyotini ta’minlash hamda investitsiyalar hajmini oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishiga aylangan. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «…jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda»4.


Umuman olganda, hozirgi global inqiroz sharoitida ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga investitsiyalarni ko‘proq jalb etish zarurati quyidagilar orqali izohlanadi:
1) inqiroz vaqtida jahon bozorida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar arzonlashadi. Bunday imkoniyatdan foydalanib, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini yangilash hamda uning asosida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish qisqa davrda ushbu sarf-xarajatlarni qoplash imkonini beradi;
2) yuqori darajada qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksportga chiqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;
3) texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo bo‘ladi;
4) investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini rag‘batlantiradi;
5) ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiyalanadi.
SHunga ko‘ra, mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan muhim loyihalarni amalga oshirish yuzasidan choralar dasturi ishlab chiqildi. Unda umumiy qiymati 42,5 mlrd. AQSH doll. hajmida 852 ta loyiha, shu jumladan 2009 yilda umumiy qiymati 24,4 mlrd. doll. hajmidagi 590 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ulushini oshirish orqali iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish;
- resurslar tejamkorligini ta’minlovchi, samarali iqtisodiyotni shakllantirish;
- iqtisodiyotning ustuvor etakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- mahalliy xomashyo va materiallarni yanada chuqurroq qayta ishlash hamda butlovchi mahsulotlarni yaratishga asoslangan mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish;
- energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish;
- mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarning tashqi bozorlardagi mavqeini mustahkamlash5. Bundan ko‘rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda barqaror va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan omillardan foydalanishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin