1. Strategik rejalashtirishning obyektlari



Yüklə 77 Kb.
səhifə1/4
tarix22.06.2023
ölçüsü77 Kb.
#133856
  1   2   3   4
2-Mavzu Strategik rejalashtirishning obyektlari va subyektlari (5)


Strategik rejalashtirishning obyektlari va subyektlari
Reja:
1.Strategik rejalashtirishning obyektlari
Respublikada iqtisodiyot va statistika organlarining tashkiliy tuzilishini takomillashtirish
3. Strategiyali rejalashtirishning subyektlari
4. Strategik klassifikatsiya
1.Strategik rejalashtirishning obyektlari

Strategik rejalashtirish obektlari quyidagi iyerarxik boshqaruv darajalariga qarab ajratiladi: mintaqa firmalari, tarmoqlari, iqtisod sektorlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish) darajasi; butun bir xo‘jalik (xo‘jalik davri, pul muomalasi, narx-navo); keng miqyosda (ijtimoiy munosabatlar, ekologiya); milliy (chet el davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy munosabatlar, integratsiya jarayonlari).


Binobarin, strategik rejalashtirish obyektlari – tarmoqlar, mintaqalar hamda davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining vaziyati, hodisa va sharoitlarida muammolarning paydo bo‘lishi mumkinligidir. Iqtisodning hozirgi vaqtda va kelajakda normal ishlashi turishi hamda ijtimoiy barqarorligini saqlab turish uchun, bu muammolarni yo‘qota bilish juda zarur.
Strategiyali rejalashtirishning asosiy obyektlari:

  • iqtisodiy davr;

  • xo‘jalikning sektorlar, tarmoq va mintaqalar bo‘yicha tuzilishi;

  • kapitalning to‘planish sharti;

  • pul muomalasi;

  • to‘lov balansi;

  • narx-navo;

  • raqobatlashuv sharti;

  • ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, ish beruvchi va yollangan ishchilar orasidagi munosabatlar hamda ijtimoiy ta’minot;

  • mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • atrof-muhit;

  • tashqi-iqtisodiy aloqalar.

Shubhasiz, sanab o‘tilgan obyektlar mutlaqo turli xarakterga ega bo‘lib, ular makroiqtisodiy jarayonlar, xo‘jalik davri, davlat miqyosida kapital to‘planishi, alohida tarmoqlar, hududiy majmua va hatto kasaba uyushmasi va ishbilarmonlar uyushmasi bilan davlatning tartibga solish organlari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi.



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin