Axborotli ma’ruza
O’quv mavzu bo‘yicha tasavvurni shakllantirish
|
Bu an’anaviy ma’ruza turi: ma’ruza rejasiga muvofiq o‘quv materialini monologik tarzda izchillikda bayon etish.
|
Muammoli ma’ruza
|
Muammoni belgilash va uni yechimini topishni tashkillashtirish/an’anaviy va zamonaviy nuqtai nazarlarni jamlash va tahlil qilish va v.h. orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
|
Yangi bilimlar savol/vazifa/vaziyatlarning muammoligi orqali kiritiladi. Bu jarayonda talabalarning bilishi o‘qituvchi bilan hamkorligiga va dialogiga asoslanadi, hamda izlanuvchilik faoliyatiga yaqinlashadi.
|
Ko‘rgazma ma’ruza
|
O’TVdan keng foydalanish orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
|
Bunday ma’ruzani o‘qish, ko‘rib chiqilayotgan ko‘rgazmali materiallarni ochib berishga va qisqacha sharhlashga olib keladi.
|
Binar ma’ruza
|
Talabalarga munozara madaniyatini, muammoni hamkorlikda yechishni namoyish etish orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
|
Bunday ma’ruzani o‘qish ikki o‘qituvchi/2-maktabning ilmiy vakillari/olim va amaliyotchi/o‘qituvchi va talabalarning dialogini o‘zida namoyon etadi.
|
Anjuman-ma’ruza
|
O’quv axborotni izlash, tanlash va bayon etish jarayonida talabalarning faol ishtiroklarida yoritib berish orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
|
Oldindan belgilangan muammo va uni har tomonlama yoritib berish nazarda tutilgan ma’ruzalar tizimi (5-10 daq. davomiyligida) bilan, ilmiy-amaliy mashg‘ulot ko‘rinishida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi mustaqil ish va so‘zga chiqishlarga yakun yasaydi, axborotni to‘ldiradi/aniqlik kiritadi, asosiy xulosalarni ifodalaydi.
|
|