Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitid hqaruv modellarining transformatsiyasi



Yüklə 24,34 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.12.2023
ölçüsü24,34 Kb.
#198140
1 musta



BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA IJTIMOIY 
MARKETINGKORXONA MUVAFFAQIYATINING MUHIM OMILI 
SIFATIDA. 
Qalandarov Shahzodbek Shodlik o’g’li 
Denov tadbirkorlik va pedogogika institutining Buxglateriya 
va hisob audit yo’nalish talabasi 
Annotatsiya: Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonani strategik 
rivojlantirish sharoitida marketing konseptsiyalaridan 
foydalanish muhim omil hisonlanadi. Ushbu maqolada 
bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy marketingdan 
foydalanish korxona samaradorligidagi o'rni real 
misollar asosida tahlil qilingan. 11miy tahlillarga 
asoslangan xulosa va takliflar keltirib o'tilgan. 
Kalit so'zlar: ijtimoiy marketing, zamonaviy bozor iqtisodiyoti, 
sevimli brend, do'stona brend, tabiiy monopoliya, QR-
kod. 
Annotation: 
Key words: 
In the conditions of market economy, the use of marketing 
concepts is an important factor in strategic development of 
the enterprise. In this article, the role of social marketing in 
the market economy is analyzed on the basis of real 
examples. Conclusions and suggestions based on scientific 
analysis are discussed. 
social marketing, modern market economy, favorite brand, 
friendly brand, natural monopoly, QR-code. 
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning 
samarali faoliyat olib borishida nafaqat yuqori qo'shilgan qiymatli 
mahsulot ishlab chiqarish, balki ishlab chiqarish jarayonida jamiyatdagi 
ma' lum ijtimoiy muammolariga yechim topish hamda aholi uchun yanada 
qulayroq yashash sharoitlarini yaratib berish muhim hisoblanadi. Bu 
orqali jamiyatda korxonaning brend-imidjini tanilish darajasini oshirish, 
realizatsiya qilinadigan tovar va ko'rsatilayotgan xizmatlar darajasini 
oshirish imkonini beradi. Zamonaviy boshqaruv jarayonida marketing 
unsurlaridan keng ko'lamli qo'llanilishi boshqaruv qarorlarining 
samaradorligini oshirib, korxonaning aholi orasida "sevimli brend" 


sifatida shakllanishiga yordam beradi. Hozirgi shiddat bilan o'zgarib 
boruvchi davrda faqatgina sifatli va hamyonbop mahsulot ishlab chiqarish 
hamda xizmat ko'rsatish bilan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Bugungi 
kun korxona va tashkilotlardan ma'lum ijtimoiy qiymat yaratish, 
jamiyatdagi ayrim ijtimoiy muammolarni hal qilishga o'z hissasini 
qo'shish orqali aholi uchun qulayroq yashash sharoitlarini yaratish, 
infrastrukturani yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni 
qo'llab-quvvatlashni talab qilmoqda. Misol sifatida, atrof-muhit va 
ekologiyani yaxshilash uchun shahardagi yashil hududlarni ko'paytirishda 
ishtirok etish, ishlab chiqarish jarayonida ekologik toza xomashyodan 
foydalanish, energiya tejamkor asbob-uskunalardan foydalanish, 
olinadigan foydaning bir qismini xayriya ishlariga sarflash kabi chora-
tadbirlani keltirish mumkin. Ijtimoiy marketing bu marketing 
instrumentlaridan biri bo'lib, aynan ijtimoiy qiymat yaratish orqali 
korxona rivojlanishini o'rganadi. 
Turli hil xorijiy adabiyotlarda ijtimoiy marketing tushunchasi va 
konseptsiyasiga ta'rif berib o'tilgan. Xususan, ijtimoiy-etnik marketing 
koseptsiyasi — korxona va tashkilotlar iste'molchilarning talab va 
istaklarini raqobatchilarga qaraganda to'liqroq, samaraliroq qondirishini 
hamda ushbu jarayonda nafaqat individual shaxsning balki butun jamiyat 
uchun yaxshiroq yashash sharoitlarini yaratishini nazarda tutadi. Ushbu 
marketing konseptsiyasi resurslar yetishmovchiligi, jahondagi notinch 
vaziyatlar hamda atrof muhit muammolarining ortishi sababli ko'plab 
mamlakatlarda rivojlanmoqda1
So'nggi yillardan Olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida 
Jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan poytaxtimizda kundan kunga qurilish 
ishlari ko'payib bormoqda. Bu esa o'z navbatida yashil va bolalar sporti 
maydonchalarining kamayib borishiga, shahar ob-havosining keskin 
tarzda yomonlashishiga Olib kelmoqda. Ushbu holat korxona va 
tashkilotlar marketologlari uchun bozorda o'z o'rnini egallash, yashil 
iqtisodiyotga o'tish hamda iste'molchilar ko'zida ishonchli va sevimli 
brend tushunchasini yaratish uchun qulay fursat hisoblanadi. Shunday 
tashkilotlardan biri "Hyunadi Motor Company Uzbekistan"dir. Hyundai 
O'zbekiston shahrimiz markazidagi aholi gavjum hududlardan birida 
o'zining "Hyundai sport maydonchasi" va "Hyundai bolalar 
maydoncha"larini ochdi

. Sport maydonchasi aktiv hayotni sevuvchi 
insonlar uchun ochiq osmon ostida sport bilan miriqib shug'ullanish va 
sog'lom turmush tarzini Olib borish imkonini beradi. Bolalar 
maydonchasida esa ota-onalar jajji farzandlari bilan sershovqin va og'ir 
ish kunidan keyin oila davrasida mazmunli vaqt o'tkazish imkonini beradi. 


Ijtimoiy marketingdan foydalangan holda Hyundai O'zbekiston 
kompaniyasi jamiyat hayotida bo'layotgan o'zgarishlar 
va noqulayliklarga befarq emasligini ko'rsatib iste'molchilarning do'stona 
brendi darajasiga ko'tarilish istagida. Bu orqali sotuvlar hajmini 13 % 
gacha oshirib, avtomobil bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirishni 
maqsad qilgan.Tabiiy monopoliya subyekti hisoblanuvchi "O'zbekiston 
temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati rivonlanish strategiyasini ishlab 
chiqishda marketing konseptsiyalarida foydalangan holda marketing 
usullarini qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, biletlar sotuv 
jarayonin to'liq elektron tarzga o'tkazish — bu bilan jamiyat yashil 
iqtisodiyot prinsiplariga ko'ra ish olib brogan holda ish jarayonida qog'oz 
sarfini keskin kamaytirish va natijada atrof muhit uchun zarur bo'lgan 
daraxtlar kesilishini oldini olishga hissa qo'shgan bo'ladi. Temir yo'l 
kassalarida an'anaviy tarzda bilet xarid qilganlarga ham maxsus, bilet 
o'rnini bosuvchi QR-kod smartfonlariga sur'atga tushirib olish uchun 
berilishi lozim. Sayohat vaqtida poyezd kuzatuvchilari ushbu QR-koddagi 
havola orqali bilet egasi haqidagi ma'lumotlarni onlayn olish imkoniyatiga 
ega bo'lib, qog'oz sarfi va qog'oz biletlarni ishlatish bilan bog'liq 
xarajatlarni kamaytirish imkoni tug'iladi. Shuningdek, uzoq muddatli 
mahalliy tashuvlarda raqobatchi hisonlanuvchi havo transporti bilan 
raqobat muhitida mijozlar sonini oshirish mumkin. Makro darajada esa 
kompaniyaning raqamlashtirish darajasini oshirish orqali Chet ellik va 
mahalliy investorlar uchun kompaniya jozibadorligini oshiradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati 
1. Fmua6ypAa B.E., COKOJIOBa 10.1/1. TpaHCITOPTHb1Ü 
MapKeTHHr: yqe6HHK. MOCKBa: OFBY AITO ueHTP 110 
06pa30BaHH}0 Ha TpaHcnopTe», 2020. - 472 c. 

Yüklə 24,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin