Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning



Yüklə 126,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü126,11 Kb.
#195201
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning ragbatlantiruvchanlik

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI
 
 

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH
” FANIDAN
 
REFERAT 
 
MAVZU

IQTISODIYOTNI TARTIBGA 
SOLISHDA SOLIQLARNING 
RAG’BATLANTIRUVCHANLIK AHAMIYATINI 
OSHRISH 
 

Bajardi:
KBI-60 guruh talabasi Saidov F. 
Ilmiy rahbar:
dots. Shirinov S. 
 
 
 
 
TOSHKENT-2017 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
Reja: 
Kirish 
1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga 
oshirish va diversifikatsiya qilish 
2. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi 
3. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik rolini 
oshirish 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
 
Iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo’lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida 
o’z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi 
vazifasini o’z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy 
siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga 
oshirish kabi tamoyillar asosida iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini 
modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni 
egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini 
ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish masalalari hal 
qilinmoqda. 
Yuqorida belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida Hukumatimiz 
tomonidan respublikamizda xususiy va kichik biznesni rivojlantirish, 
elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish 
va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish, ichki bozorda talabni 
rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash, import 
o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, asossiz import 
hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishlarni har tomonlama 
qullab – quvvatlash choralari ishlab chiqilmoqda. Shunday chora-tadbirlardan biri
soliqlarning rag’batlantiriuvchanlik rolini oshirishdir. 
Bugungi kundagi soliq tizimi ishlab chiqarishni rivojlantirishni, moddiy 
xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan 
mol-mulkdan 
samarali 
foydalanishni 
rag’batlandiradi. 
Makroiqtisodiy 
barqarorlikka rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish 
orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va 
investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish 
funktsiyasi orqali davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi. 
Ishlab chiqarishni soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali rag’batlantirib, 
davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi. 



Ammo, soliqlarning rag’batlantiruvchanlik funktsiyasini doimi o’rganib 
borish zrurati mavjud. Chunki, amaldagi soliq qonunchiligida ayrim berilgan soliq 
imtiyozlari ko’zlangan natija bermasligi, ayrim sohalarni rivojlantirish zarurligi 
mavjud. 

Yüklə 126,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin