Irisqulov patologik piziologiy a oliy vao'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy о‘quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan


OG'RIQ MLAMMOSINLNG BA’ZI PATOFIZIOLOGIK MASALALARI



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#45366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OLIY VA O RTA MAXSUS ТА

OG'RIQ MLAMMOSINLNG BA’ZI PATOFIZIOLOGIK MASALALARI

Og'riq - psixoemotsional (ruhiy-asab) doiraga taalluqli og'riqqa sezuvchan maxsus tizim va miyaning oliy bo'limlari tomonidan amalga oshuvchi nohush tuyg'u. U to'qima shikastlanishini chaqirishi mumkin bo'lgan ta’sirlardan yoki ekzogen omillar ta’siri tufayli mavjud bo'lgan shikastlanishlardan yoki patologik jarayonlarning rivojlanishidan xabar signal beradi. Og'riq signalini qabul qiluvchi va o'tkazuvchi tizim notsitseptiv tizim deb ham ataydilar. Og'riq sezgisi adaptiv natijalami, ya’ni notsitseptiv ta’sirlami, yoki og'riq kuchli bo'lsa, uning o'zini yo'qotishga qaratilgan reaksiyalarni chaqiradi. Shunga ko'ra normal sharoitlarda og'riq niqoyatda muhim, himoyaviy mexanizm rolim o'ynaydi. Asab tizimining tug'ma yoki orttirilgan patologiyasi tufayli, sezishdan mahrum bo'lgan odamlar shikastlanishlarni sezmaydilar, bu esa nihoyatda og'ir ahvollarga olib kelishi mumkin.

Fiziologik og'riqdan tashqari patologik og'riq ham bo'lib, uning farq qildiruvchi eng asosiy biologik ko'rsatkichi - og'riqning organizm uchun dizadaptivligi va patogen mohiyatga egaligidir. Patologik og'riq yurak-tomir tizimida, ichki organlarda, mikrotsirkulyatsiya tizimida struktura-funksional o'zgarishlarning rivojlanishini, to'qimalar distrofiyasini, vegetativ reaksiyalar buzilishini, asab, endokrin tizim, immun va boshqa tizimlar faoliyatining o'zgarishlarini keltirib chiqaradi.

Og'riqning to'la-to'kis ifodalangan, ko'pchilik tomonidan tan olingan nazariyasi yo'q. Shu vaqtgacha yaratilgan bir necha nazariyalaming har biri bu masalani tushuntirishda u yoki bu tomoniga urg'u beradi. Misol tariqasida ulardan keng tarqalgan ba’zilarini ko'rib chiqish o'rinlidir. Melzak va Uollning «darvoza nazorati»nomli nazariyasiga binoan, afferent kirish tizimining orqa miyada notsitseptiv impulsatsiyaning o'tishini nazorat qilib turuvchi tizim ishlaydi. Bu nazorat yelimshak substantsiyaning tormozlovchi neyronlar va chetdan yo'g'on tolalar orqali tushuvchi

469

impulsatsiyadan faollashuvchi qistirma neyronlar, orqa miyadan eng yuqori boiimlar, jumladan, bosh miya po‘stlog‘idan pastga tushuvchi ta’sirlar tomonidan shuningdek, haddan tashqari notsitseptiv rag‘batlanish vaqtida yuzaga keluvchi ta’sir tomonidan amalga oshiriladi. Bunday nazorat og‘riqni sezuvchi tizimning oliy bo'limlariga qarab, og'riq yo'llari orqali yuqorilashadigan, T-hujayralar ishlab chiqaradigan impulsatsiya oqimini va ularning faolligini tartibga tushiruvchi, ramziy til bilan aytganda, «darvozadan» iboratdir. Ushbu nazariyaga ko'ra patologik og'riq darvoza nazoratining tormozlovchi mexanizmlarini T-hujayralar chetdan va boshqa manbalardan chiquvchi turli stimullar ta’sirida faollashadi va notsitssetiv tizimning yuqorida joylashgan bo'limlariga shiddatli impulsatsiyani yo'naltiradilar. Turli manbalardan qitiqlashlaming tormozlovchi nazorati buzilgan T-hujayralarga doimiy tushib turishi, patologik og'riq paydo bo'lishining sharti hisoblanadi. Ammo «darvoza nazorati» nazariyasi asosida markaziy chiqib kelishga ega bo'lgan og'riq sindromini tushuntirish amrimaholdir.

Og'riqning generator va tizimli mexanizmlari nazariyasiga binoan (G.N. Krijanovskiy, 1980) patologik og'riqning paydo bo'lishida notsitseptiv tizimda patologik kuchaygan qo'zg'alish generatorlarining hosil bo'lishi eng asosiy rol o'ynaydi.

Generator chetdan yoki boshqa manbalardan qo'shimcha stimulyatsiyasiz faolligini o'zi quvvatlab turishni rivojlantira olishi mumkin bo'lgan giperfaol neyronlar agregatidir. Generator faqat orqa miyaning afferent kirish tizimida (dorsal shoxlarda) emas, balki notsitseptiv tizimning boshqa bo'limlarida ham paydo bo'lishi mumkin, bu esa og'riq sindromining kelib chiqishini belgilaydi. Notsitseptiv tizimning qandaydir bo'limida (orqa miyaning dorsal shoxlarida) paydo bo'lgan birlamchi generator ta’sirida patologik jarayonga og'riq sezuvchi tizimning boshqa tuzilmalari ham jalb etiladi, ularning jami va o'zaro munosabatlari faolligi normal bo'lgan xarakterdagi va patologik og'riqni shartlovchi yangi patodinamik tuzilmadir. Bunday tuzilma patologik algik tizim (PAS) bo'lib, og'riq sindromining patofiziologik asosini tashkil etadi. Og'riq sindromining mazmuni PASga og'riq sezuvchanlik tizimining qaysi tuzilmalari kirishi bilan belgilanadi.

Generator va PAS faoliyatining xarakteri patologik og'riqning ko'p xususiyatlarini, chunonchi uning xurujlari va kechishi xarakterini, davomli saqlanishini va yakka qitiqlovchi bilan qo'zg'atilgach, og'riq sur’atining kuchayishini afferent stimulyatsiyasiz spontan (o'z-o'zidan) og'riq xurujlarini defferentatsion, fantom og'riqlar sindromini va shu kabilami tushunishga imkoniyat beradi.

470

Bu nuqtai nazardan giperalgeziya (engil notsitseptiv qitiqlanishda shiddatli og'riq), giperpatiya (qo‘zg‘atuvchi qitiqlash ta’siri tugagandan keyin ham shiddatli og'riqning saqlanishi), allodeniya (og‘riq xurujlarini proyektsion zonaga notsitseptiv bo'lmagan, masalan, taktil ta’sirlar bilan qo'zg'atish) og'riq xurujinin distant (masofada turib) qitiqlovchilar (to'satdan kuchli tovush va h.k.) bilan qo'zg'atilishini va patologik og'riqning tizimli patologik jarayon sifatidagi boshqa xususiyatlarini qoniqarli ravishda tushuntirish imkoniyatini beradi.

PATOLOGIK OG'RIQ MANBALARI VA SHAKLLANISH MEXANIZMLARI

Yuqorida qayd qilinganidek, patologik og'riqning manbalari sifatida to'qima retseptorlari (notsitseptorlar)ning kuchli, doimiy (surunkali yallig'lanishlarda, arteritlarda, o'smalarda, to'qima parchalanish mahsulotlari ta’sir etganda) qitiqlanishlari, surunkali shikastlanuvchi (chandiq, o'sib ketgan suyak to'qimasi kabilar bilan siqilish tufayli), regeneratsiya bo'layotgan sezuvchi asablar va dimiyelinizatsiyaga uchragan tolalar bo'lishi mumkin. Shikastlangan asablar turli, hatto normal sharoitda reaksiya bermaydigan (adrenalin, K+va b.) gumoral omillarga nisbatan sezuvchan bo'ladi va shunga ko'ra notsitseptiv stimulyatsiyaning ektopik (odatdagi joyda bo'lmagan) o'chog'iga aylanadi. Nevroma bunday manba sifatida muhim rol o'ynaydi, shunga ko'ra nevromalar va asablar shikastlanishida og'riqlar xuruji (kauzalgiya) turli omillar, hatto organizm holatining o'zgarishlari (ruhiy stress) bilan qo'zg'atilishi mumkin.

Patologik og'riqning markaziy patofiziologik mexanizmi notsitseptiv tizimning va patologik algik tizimning (PAS) u yoki bu bo'limida og'riq sezuvchi tizimning turli qismlarini qamrab oluvchi, patologik kuchaygan qo'zg'alish generatorining hosil bo'lishi va uning faoliyatidir. Uning hosil bo'lish shartlari va mexanizmlari generatorning MNS boshqa bo'limlaridan farq qilmaydi. Orqa miyaning dorsal va uchlamchi asab yadrolarida generatorning hosil bo'lishi periferiyadan kuchli va davomli stimulyatsiyaning (shikastlangan asabdan) kelishi asosida yuz beradi. Bunday hollarda birlamchi periferik chiqib kelishga ega bo'lgan og'riq markaziy tus olib, markaziy og'riq sindromi kabi xarakterga ega bo'lishi mumkin. Chunonchi tajribada uchlamchi asabning kaudal yadrodagi infraorbital shoxchalari qisilganda, generator hosil boiishidan dalolat beruvchi elektrik faollikning patologik kuchayishini hosil bo'lishi ko'rsatilgan.

471

Og'riq sezish tizimining istalgan sohasida generatorning hosil bo'lishi va faoliyatining zaruriy shartlaridan biri neyronlar tormozlanishining yetishmovchiligidir. Generator hosil bo'lishining sababi neyronning deafferentatsiyasi, kesilishi bo'lishi mumkin. Umuman generator turli sabablarga ko'ra turli boiimlarda hosil bo'lishi mumkin. Tormozlovchi mediatorlar (glitsin, GAMK in’ektsiyasi orqali) yordamida generatorni bosib qo'yish (uchlamchi asabning kaudal yadrosi yoki kaudal shoxchalari darajasida) uning va shu tufayli unga bog'liq og'riq sindromining yo'qolib ketishiga olib keladi.

Patologik algik tizim (PAS) og'riqni sezish tizimining birlamchi va ikkilamchi o'zgargan tuzilmalaridan shakllanadi. Uning birlamchi determinanti birlamchi generator hosil bo'lgan (birlamchi generator yuzaga kelgan dorsal shox tuzilmasi) og'riq sezish tizimining giperfaol tuzilmasi bo'lishi mumkin.

Notsitseptiv tizim o'ziga xos fiziologik funksional qarshi (antipod) tizimga ega, u notsitseptiv tizimlar darajasi va faoliyatini nazorat qilib turadi.

Antinotsitseptiv tizim, MNSning orqa miyaga afferent kirishidan to bosh miya po'stlog'igacha bo'lgan tashkilotning turli bo'lim va darajalariga oid asab tuzilmalaridan iborat. Antinotsitseptiv tizimning idora etish faoliyati turli ixtisoslashgan neyrofiziologik va neyrokimyoviy mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Bu tizim patologik og'riqlar oldini olish va ularni bartaraf etishda muhim rol o'ynaydi. Haddan ortiq notsitseptiv qitiqlanish reaksiyalariga qo'shilib, u notsitseptiv stimullar oqimini va og'riq sezgilarini kuchsizlantiradi, shunga ko'ra og'riq nazoratda bo'ladi va patologik tus olmaydi. Antinotsitseptiv tizim faoliyatining buzilishida esa, hatto kuchsiz sur’atdagi qitiqlovchi ham kuchli og'riq hissiyotini chaqiradi. Bunday hollarda uning qo'shimcha va maxsus faollashishi zarur bo'ladi. Miyaning antinotseptiv tuzilmalarining elektr stimulyadiyasi hatto og'ir patologik og'riqni ham bosib qo'yishi mumkin. Ko'pchilik opioid analgetik vositalar ta’sirini notsitseptiv neyronlarga yoki sinaptik o'tkazuvchilarni qamal qiluvchi bevosita ta’siri orqali emas, balki antinotsitseptiv tizimni faollashtirishi tufayli ham ta’sir ko'rsatadi. Boshqa omillar, masalan, akupunktura ham, elektrostimullar ham shunday mexanizm orqali ta’sir ko'rsatadi.

Og'riqni his qilish tizimi faoliyatining mexanizmlari notsitseptiv va antinotsitseptiv tizimlaming turli darajalarida neyrokimyoviy jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Periferik notsitseptorlar ko'pgina endogen biologik faol moddalar - gistamin P substantsiyasi, kininlar, prostaglandinlar va boshqalar ta’sirida faollashadi. Ayniqsa, birlamchi

472

notsitseptiv neyronlardan qo'zg'alishni o‘tkazishda P substantsiyasi muhim rol o'ynaydi va shunga ko‘ra unga og‘riq mediatori deb qaraydilar. Kuchli notsitseptiv stimullar va chetda dorsal shoxda ektopik o'choqlar qitiqlanganda xususan generator hosil bo'lishining mexanizmlaridan biri bo'lgan neyronlarning turg'un depo- lyarizatsiyasining paydo bo'lishini shartlovchi qo'zg'atuvchi moddalarning ko'plab yuzaga kelishi kuzatiladi.

Antinotsitseptiv tizim faoliyatining neyrokimyoviy mexanizmlari endogen neyropeptidlar va klassik neyromediatorlar orqali amalga oshiriladi. Ular qatoriga opioid neyropeptidlar (enkefalinlar, B-endorfik, dinorfik) kiradi va ular asosan o'tkazuvchi notsitseptiv neyronlarga bosib qo'yuvchi va notsitseptiv stimullarni qabul etuvchi hamda og'riq hissiyotini shakllanishida qatnashuvchi, miya oliy bo'limlarining faolligini o'zgartiruvchi ta’sir ko'rsatadi. Ularning effektorlari serotonin, noradrenalin va boshqa neyromediatorlar orqali ham amalga oshiriladi. Analgeziya mexanizmida boshqa neyropeptidlar ham (neyrotenzin, xoletsistokinin, bombezin, angiotenzin, vazopressin va b.) qatnashadi. P substantsiyasi ham analgetik ta’sir (antinotsitseptiv tuzilmalarga, masalan dorsal chok yadrosiga) etib patologik og'riqni bosib qo'yishi mumkin.

Klassik hisoblanuvchi neyromediatorlar - serotonin, noradrenalin, dopamin, GAMK ham analgetik ta’sir ko'rsatishda muhim ahamiyatga ega. Ammo ma’lumki, ularni ta’sir etish mexanizmi hamda manbalari o'ziga xos xarakterga ega.

Patologik og'riqlami davolashning asosiy printsipi notsitseptiv neyronlar giperfaolligini va ular hosil qiladigan generatorlarni bosish hamda tegishli og'riq sindromining asosida yotuvchi patologik algik tizimni bartaraf etishdan iboratdir. Bunga antikonvulsantlar (antiepileptik) vositalami (karbamazepin preparatlari - tegretol, fmlepsil) notsitseptiv neyronlarga Ca++ kirish yo'llarini to'sib qo'yuvchilar (Ca antagonistlari)ni va boshqalami kompleks qo'llash, ijobiy natija beradi.

473

MUNDARIJA

PATOLOGIK PIZIOLOGIY A 1

Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 1

MUQADDEMA 2

I QISM. UMUMIY PATOFIZIOLOGIYA 5

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA UNING P ATOLOGIY ADAGIROLI 31

II QISM. SHIKASTLANISHNING TIPIK SHAKLLARI 34

ASOSIY ELEKTROLITLAR ALMASHINUVINING TIPIK BUZILISHLARI 61

254 81


Ill QISM. XUSUSIY PATOFIZIOLOGIYA 87

QON TIZIMINING PATOFIZIOLOGIYASI 87

ь.у, 118

375 122


474

PATOLOGIK PIZIOLOGIY A 1

Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 1

MUQADDEMA 2

I QISM. UMUMIY PATOFIZIOLOGIYA 5

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA UNING P ATOLOGIY ADAGIROLI 31

II QISM. SHIKASTLANISHNING TIPIK SHAKLLARI 34

ASOSIY ELEKTROLITLAR ALMASHINUVINING TIPIK BUZILISHLARI 61

254 81


Ill QISM. XUSUSIY PATOFIZIOLOGIYA 87

QON TIZIMINING PATOFIZIOLOGIYASI 87

ь.у, 118

375 122


475

PATOLOGIK PIZIOLOGIY A 1

Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 1

MUQADDEMA 2

I QISM. UMUMIY PATOFIZIOLOGIYA 5

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA UNING P ATOLOGIY ADAGIROLI 31

II QISM. SHIKASTLANISHNING TIPIK SHAKLLARI 34

ASOSIY ELEKTROLITLAR ALMASHINUVINING TIPIK BUZILISHLARI 61

254 81


Ill QISM. XUSUSIY PATOFIZIOLOGIYA 87

QON TIZIMINING PATOFIZIOLOGIYASI 87

ь.у, 118

375 122


476

PATOLOGIK PIZIOLOGIY A 1

Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 1

MUQADDEMA 2

I QISM. UMUMIY PATOFIZIOLOGIYA 5

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA UNING P ATOLOGIY ADAGIROLI 31

II QISM. SHIKASTLANISHNING TIPIK SHAKLLARI 34

ASOSIY ELEKTROLITLAR ALMASHINUVINING TIPIK BUZILISHLARI 61

254 81


Ill QISM. XUSUSIY PATOFIZIOLOGIYA 87

QON TIZIMINING PATOFIZIOLOGIYASI 87

ь.у, 118

375 122


477

PATOLOGIK PIZIOLOGIY A 1

Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 1

MUQADDEMA 2

I QISM. UMUMIY PATOFIZIOLOGIYA 5

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA UNING P ATOLOGIY ADAGIROLI 31

II QISM. SHIKASTLANISHNING TIPIK SHAKLLARI 34

ASOSIY ELEKTROLITLAR ALMASHINUVINING TIPIK BUZILISHLARI 61

254 81


Ill QISM. XUSUSIY PATOFIZIOLOGIYA 87

QON TIZIMINING PATOFIZIOLOGIYASI 87

ь.у, 118

375 122


478

PATOLOGIK PIZIOLOGIY A 1

Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008 1

MUQADDEMA 2

I QISM. UMUMIY PATOFIZIOLOGIYA 5

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA UNING P ATOLOGIY ADAGIROLI 31

II QISM. SHIKASTLANISHNING TIPIK SHAKLLARI 34

ASOSIY ELEKTROLITLAR ALMASHINUVINING TIPIK BUZILISHLARI 61

254 81


Ill QISM. XUSUSIY PATOFIZIOLOGIYA 87

QON TIZIMINING PATOFIZIOLOGIYASI 87

ь.у, 118

375 122


479


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin