OLIY VA O RTA MAXSUS ТА 'LIM VAZIRL1GI
N.H. ABDULLAYEV H.YO. KARIMOV B.0‘. IRISQULOV
PATOLOGIK PIZIOLOGIY A
Oliy vao'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy о‘quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008
Tibbiyotning turli muammolarini anglash, savollarga davming o‘ziga xos fan-texnika yutuqlari asosida javob berish kabi vazifalarni o‘z ichiga olgan patofiziologiya - nihoyatda murakkab fandir, tibbiyotning turli sohalariga oid ma’lumotlarni topish va bilish, ularni dialektik nuqtai nazardan tahlileta olish, uning asosida eksperimental sharoitda davolash choralarini topib, asoslab berish va boshqa masalalami hal etish - shu fanning zimmasidadir.
Ushbu darslik bu sohada mavjud bo‘lganlaridan faqat birinchi bor o‘zbek tilida lotin alifbosida yozilganligi bilangina emas, balki afzalligi va mukammalligi bilan ham tubdan farq qiladi.
ISBN 978-9994-08-289-2
© N.H. Abdullayev, H.Yo. Karimov, B.O‘. Irisqulov, “Patologik fiziologiya” “Yangi asr avlodi” NMM, 2008 y.
MUQADDEMA
Patofiziologiya - oliy tibbiy ta’lim tizimida o'zining tarixiy va amaliy kelib chiqish ildizlariga ko‘ra, tibbiyot fani va amaliyotining mustasnosiz barcha jabhalarining bevosita asosi sifatida fundamental - zaminiy fanlar qatoriga kiradi. Ramziy ravishda uni «Tibbiyotning falsafasi» deb atalishida ham asos bor, chunki u amaliy tibbiyotning o‘zagi bo'lgan muammolar qonuniyatlari haqidagi tushunchalaming shakllanishiga va ularni yechishga qaratilgandir. Bu fanning asoschilari sifatida Gippokrat, Demokrit, Galen, Ibn Sino va boshqalarni ko'rsatish, keyingi davrlarda ilmiy negizlarini ishlab chiqqanlar qatorida Majandi, Klod Bernar, Virxov, Kongeym, Pavlov, Podvisotskiylarni eslatib o‘tish o‘rinlidir.
Tibbiyotning turli muammolarini anglash, savollariga davming o‘ziga xos fan-texnika yutuqlari asosida javob berish kabi vazifalarni o‘z ichiga olgan patofiziologiya fani haqiqatan nihoyatda murakkabdir. Chunki tibbiyotning turli sohalariga oid ma’lumotlarni topish va bilish, ularni dialektik nuqtai nazaridan tahlil eta olish, uning asosida eksperimental sharoitda davolash choralarini topib, asoslab berish va boshqa masalalami hal etish - shu fanning zimmasidadir.
Taqdim etilayotgan darslik bu sohada mavjud bo'lganlaridan faqat birinchi bor o'zbek tilida lotin alifbosida yozilganligi bilangina emas, balki O'zbekiston Respublikasida joriy etilgan oliy ta’limning yangi kontseptsiyasi, mutaxassislami bosqichma-bosqich tayyorlash yangi dasturiga amal qilinib tuzilganligi bilan ham farq qiladi. Darslikni yozishda mualliflar ba’zi xorijiy mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Polsha, Bolgariya, Turkiya, Pokiston, hindiston va h.k.) joriy etilgan dasturlar, II Xalqaro patofiziologlar Kongressining (1994 y., sentyabr, Kioto, Yaponiya) ushbu fanga doir tavsiyalarini ham nazarda tutganlar.
Ayrim umumiy va xususiy masalalami yoritishda haqli ravishda tarixan buyuk bobokalon olimlarimizning, birinchi o‘rinda Abu Ali ibn Sinoning ilmiy mulohazalari va meroslariga alohida o‘rin berishga harakat qilindi.
Patofiziologiya oliy tibbiyot ta’limi tizimida nazariy va amaliy tibbiyot sohalariga bevosita aloqadorligi, ayniqsa tibbiy-biologik fanlar bilan klinik amaliyot o‘rtasida birlashtiruvchi, go‘yoki «ko'prik» vazifasini o‘tovchi, o‘ziga xos fandir. Tibbiyot va farmatsevtika nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, bilim doirasi zamonaviy talablarga javob bera oladigan mutaxassislami yetishtirishda darslikning ahamiyati kattadir.
Kasalliklarning asosida yotuvchi umumiy va xususiy hamda o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan funksiional o‘zgarishlar va holatlarning kelib chiqish sababi va sharoitlari - «Etiologiya», rivojlanish mexanizmlari, kechishi - «Patogenez», sog‘ayish-tiklanish mexanizmlari - «Sanogenez»ga oid murakkab hodisalarning qonuniyatlari, ularning evolyutsion ildizlari, zamonaviy ijtimoiy-ekologik manbalarini mukammal bilish, albatta, har jabhadagi mutaxassis, ayniqsa shifokorlar va farmatsevtlar uchun nihoyatda zarur.
Mualliflar mazkur darslik faqat talabalar uchungina emas, balki tibbiyotning deyarli barcha sohasidagi mutaxassislar uchun foydali bilim manbai bo‘la oladi, deb umid qiladilar.
Patofiziologiya bo‘yicha birinchi darslikni tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo'lishi mumkin, chunki mazkur qo‘llanma bu sohada o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki urinishdir.
Kitobxonlarga taqdim qilinayotgan ushbu darslik MDHda va xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilib kelinayotgan darsliklar va boshqa zamonaviy adabiyot manbalaridan foydalanib tuzildi.