Tur, guruh va rezus to'g’ri kelmaydigan qonni quyish, ona va bolaning rezus mos kelmasligi; dori moddalar, viruslar. mikroorganizmlar ta’sirida eritrotsitlar antigen xususiyatining o'zgarishi va ularga qarshi autoan- titelolar ishlab chiqarishi; immunotsitlar somatik muta- tsiyasi (leykoz, tizimli qizil volchanka).
Qon tomirlariga va klapanlariga protez qo'yish. uzoq vaqt yurish, yugurish natijasida eritrotsitlarning mexanik shikastlanishi.
Viruslar. mikroorganizmlar, dori moddalar ta'siridagi somatik mutatsiyalar, eritrotsitlarning patologik populvatsiyalarining paydo bo'lishi va ularning membrana strukturasi o'zgarishi, komplementga nisbatan sezuv- chanligining oshishi (paroksizmal kechadigan gemoglo- binuriyada).
Tug'ma gemolitik anemiyaga misol qilib, chaqaloqlarning gemolitik kasalligini keltirish mumkin. Kasallik ona bilan bola qonida rezus omillar (ona qonida rezus-manfiy, bola qonida esa rezus-musbat) bo'la turib, turli sabablarga ko'ra (tug'ilish vaqtida) bolaning qoni ona qoniga o'tib ketsa, ona organizmida bolaning eritrotsitlariga qarshi antitanalar ishlanib chiqib, ular keyin bola qoniga o'tib eritrotsitlarini gemolizga uchratadi va anemiyaga olib keladi.
291
Gemolitik anemiyalar orasida irsiy turlari ham bo‘lib, ular turli sabablarga ko‘ra eritrotsitlarning har xil sharoitlarga chidamligining pasayganligi bilan bog'liqdir (3-jadval).
3-jadval
Har xil turdagi irsiy gemolitik anemiyalar patogenezi