A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
“ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHNING DOLZARB
MASALALARI”
o‘quv kursining
“ONA TILI DARSLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI VA XOTIRA
MASHQLARIDAN FOYDALANISH”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Shomurodova Sitora Xoshim qizi
Toshkent 2022
6-Mavzu: Ona tili darslarida rivojlantiruvchi va xotira mashqlaridan
foydalanish
Reja:
1.
Ona tili darslarida rivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish
2.
Ona tili darslarida xotirani mustahkamlovchi mashqlardan
foydalanish
Ona
tili
darslarida
rivojlantiruvchi
mashqlardan
foydalanish
o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikmalarning shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, rivojlantiruvchi mashqlar o‘quvchilarda
xotira va diqqatning
rivojlanishiga, kreativ fikrlash qobiliyatining shakllanishiga ham yordam beradi.
Rivojlantiruvchi
mashqlardan, asosan, mavzuni
mustahamlash qismida
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘tilgan
mavzu
yuzasidan egallagan bilimlarini
turli interaktiv mashqlar, o‘yinlar
yordamida
mustahkamlash ularning mavzuni to‘liq tushunishlariga yordam beradi.