Rivojlantiruvchi mashqlar Gaplarni o‘qing, ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni toping va
izohlang.
1.
Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. –
2.
Otam yetimlarning boshini siladi. –
3.
Mungli kuy yurakni tirnar edi. –
4.
Soraxon qo‘l siltab, onamning o‘zlari ham urishqoqlar, dedi. –
5.
Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. –
Natija: Ushbu usul, birinchidan, qiziq, miriqib ishlaydi, ijod qiladi;
ikkinchidan fikrlashga chaqiradi.
Topshiriq. Quyida berilgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida ot
yasang va qaysi turkumdan yasalganini yozing.
Qo‘shimcha
Yasama ot
Qaysi turkumdan
yasalgan
-a
-kor
-do‘z
-go‘y
-sil
-uq
Topshiriq. Berilgan matnni o‘zbek alifbosi asosida ko‘chiring. Matn
tarkibidagi qo‘shimchalarni tagiga chizing va turini aniqlang.
Navoiy ham o‘z eshitganlarini gapirib, so‘radi:
–
Ne qarorga keldingiz?
–
Aslimushkulotshuqarorda…Buxususniyaxshimulohazaqilmoqdarkor.
–
Boyqaro bir zum to‘xtab, davom etdi.
– Agar biz bu mavjud lashkarimiz bilan dorilxalofat ustiga yursak va hech
kutilmagan onda barq surati bilan Yodgorbekni bossak, sizningcha,
maqsudga etgaymizmi?
– Shoir javob berishga oshiqmadi. Ko‘zlarini ma’nodor suzdi, ingichka
hislarini ifodalagan bir tabassum birdan uning yuziga yoyildi. So‘ng
g‘oyat jiddiy ohang bilan dedi:
–
Bu andishani menga aytmasangiz, yaxshiroq bo‘lur edi!
Topshiriq. Berilgan rasmdan foydalanib “Mening orzum” mavzusida
matn tuzing. Oruyingiz yo‘lida nimalar qilyapsiz?