Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19
th
April, 2023
ISSN: 2835-3730 Website: econferenceseries.com
69 | P a g e
kasalliklari farqlanadi. Xromosoma kasalliklari, asosan, xromosoma tuzilishi va
sonining o‘zgarishi tufayli kelib chiqadi, bu yangi tug‘ilgan bolalarda 1% ni tashkil
etadi. Xromosomadagi jiddiy o‘zgarishlar ko‘pincha organizmning hayot faolligini
cheklab, rivojlanayotgan qomilaning nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu kasalliklar
autosomalar va jinsiy xromosomalarda ro‘y bergan o‘zgarishlar oqibatida kelib
chiqadi. Bularga Shereshevskiy-Terner (kariotipi — XO), Klaynfelter (XXY), Patau
(13 trisomiya), Daun, "mushuk chinqirig‘i" kabi sindrom va kasalliklar kiradi.
Umuman ko‘pgina xromosoma kasalliklarida odam skeleti tuzilishi va nerv
sistemasi o‘zgaradi, tashqi va ichki a’zolarning tug‘ma nuqsonlari, o‘sishdan orqada
qolish, nerv, endok-rin va b. sistemalarning buzilishi kuzatiladi, bemorlarning
generativ faolligi pasayadi.Gen kasalliklari nuqtali mutatsiyalar natijasida yuzaga
keladigan moddalar almashinuviga aloqador. Hozir ularning 30 dan ortiq xili
aniqlangan. Mas, yog‘ almashinuvining buzilishi markaziy nerv sistemasi
faoliyatining o‘zgarishi bilan kechadi. Bulardan eng og‘iri Tey-Saks amavrotik
idiotiyasidir, bunda ko‘rish krbiliyatining susayishi, esi pastlik va b. nevrologik
simptomlar kuzatiladi.Uglevod almashinuvining o‘zgarishiga aloqador Irsiy
kassaliklardan
galaktozemiya
uch-raydi.
Bunda
galaktozani
glyukozaga
aylantiruvchi fermentativ jarayon o‘zgaradi, galaktoza va uning mahsulotlari
qujayralarda to‘planib, markaziy nerv sistemasi va a’zolar faoli-yatiga zarar
yetkazadi. Qandli diabet ham uglevod almashinuvining buzilishiga aloqador Irsiy
kassaliklardandir.Bruton kasalligida immunoglobulin fraksiyalarining sintez
qilinishi buziladi, kasallik, asosan, o‘g‘il bolalarda uchraydi. Bunda bolalar deyarli
sog‘lom tug‘iladi, lekin 3-4 oyligidayoq yuqumli kasalliklarga beriluvchanligi
aniqlanadi.Qonga aloqador Irsiy kassaliklarga chaqaloklarning gemolitik kasalligi
kiradi. Bu, asosan, ona va bola qonidagi rezus-omil hamda er-xotin qon
guruxlarining mos kelmasligi oqibatida ro‘y beradi.
Oq qon tanachalari – leykotsitlar patologiyasi bilan bog‘liq Irsiy kassaliklarham
bo‘lishi mumkin. Mas, leykoz (oq qon kasalligi)ning vujudga kelishida gen
mutatsiyalarining ahamiyati borligi ma’lum. Gemofiliya ham kon sistema-sining
irsiy kasalligi bo‘lib, bunda, asosan, qonning ivish xususiyati pasayadi; kon ivishida
ishtirok etadigan ayrim oqsillar sintezi buziladi.Irsiy kassaliklarni aniqlash va oldini
olish bilan tibbiygenetika shug‘ullanadi. Uning asosiy vazifasi Irsiy
kassaliklarningtarqalishini, oilada irsiy kasal bola tug‘ilishi ehtimoli borligini
aniqlashdan iborat. Odam irsiy patologiyasini o‘rganishda boshqa usullar ichida
sitogenetik usul alohida o‘rin tutadi. Bu usul yordamida irsi-yat asoslarini, odam
kariotipining me’yor va patologiyasini, mutatsion va evolyusion jarayonlarning