I KIRISH. II ASOSIY QISM. 1.Bolaning har tomonlama rivojlanishida irsiyatning ta’siri.
2.Bola ijtimoiylashuvida muhit va uni tashkil etuvchi omillarning ahamiyati.
3.Hikmatlar va ulug’ allomalarning qarashlarida barkamol avlodni tarbiyalash to’g’risida fikrlar.
4.Turli millat va elatlarda bolaning rivojlanishi.
III XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH Hayotda inson tushunchasi paydo bo’libdiki, xar bir shaxs bilimini, o’zi bilgan ko’nikma, maxorat, odat va boshqa shunga o’xshash o’zi o’zlashtirib olgan jamiyatdan ma’naviy boyliklarini boshqaga berish ya’ni boshqalarga shuni o’rgatib keladi. Odatda ta’lim beruvchi va tarbiyachilik bir shaxs faoliyatida nomoyon bo’ladida , ko’pincha bu xol ta’lim-tarbiya bilan qo’shib yuritiladi. Vaxolanki bilim berish, ayniqsa xar bir soxada tarbiyadan umuman uzilgan bo’lishi mumkin. Bu borada mustaqil bilimolish, bugungi kun imkoniyatlaridan yuzaga chiqqan uzoqdan turib bilim olishlar, fikrimizni aloxida takidlaydi. Aytaylik, xozirgi zamonaviykompyuter orqali uzoqdan turib o’qitish . tarbiya esa shaxsning xususiy sifatlarini zamon va jaxon talabalariga moslashtirish bo’lganligidanjuda kam xollardagina bevosita olib borilishi mumkin. Tarbiya ibtidosi. Xar bir shaxs oilada tug’ulib ijtimoiy xayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib borar ekan, demak shaxs tarbiyasining ibtidosi, deb uning ona ko’ksidalik payti, yani xomila paytiyu va u tug’ulganidan atrof muhitini qamrab olgan, uni mana shu xayotga olib kelgan oilasi va ota-onasining ilk tarbiyaviy ta’sirlarini aytib o’tamiz. Bo’lg’usi bolaning ota onasi o’z o’rnida o’z ota-onasidan qanday tarbiya olgan bo’lsa, qisman, ba’zan to’liq yoshligida ko’rgan kechirganlarini o’z bolasiga xayotiy tajriba sifatida olib o’tadi. Bu jarayon uzluksiz davom etib odam xayotiy tajribasida brogan sari sayqallanib, mukammallashib,xar birimizni umr tajribamizda yangilanib boraveradi. Xar qaysi oilada xar xil tarbiya mezoni yashiringanbo’ladi, ya’ni xar bir inson bir maqsadga bola turlicha yondoshadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki muxabbat bor joyda go’zal farzandlar tug’ilib komil insonlar voyaga yetadi, ya’ni shaxs shakllanishining tamal toshi va asl poydevori ota-ona va ularning o’zaro munosabati bo’ladi. Muxabbat va rozilik bilan qurilgan oilada bo’lg’usi farzand uchun u xali onaning qornida ekanligidayoq aloxida ruxiy qulay xolat vujudga keladi.Medisina tarixi to’plagan ruxshunoslarning oxirgi davrlarda erishilgan yutuqlari shuni ko’rsatmoqsatmoqdaki onadan xomiladorlik jarayoni qanchalik osoyishda kechib, xam moddiy, xam ma’naviy talablar ta’minlangan bo’lsa, bo’lg’usi farzand shunchalik ruxan va jisman sog’lom tug’iladi. Demak shaxs shakllanishi ona qonidanoq izchillik bilan davom etadi. Shaxs tarbiyasi ota-onaning iliq muomalasi, ular orasidagi muxabbat rishtalaridan boshlanib xomila ayon bo’lganidan amaliy jarayonga kiradi. Shakllanib kelayotgan shaxs uchun tarbiyaning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich mukammallanib boradi.