Irsiyat,muhit va bola rivoji


II ASOSIY QISM. 1.Bolaning har tomonlama rivojlanishida irsiyatning ta’siri



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə2/11
tarix21.06.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#133375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Irsiyat,muhit va bola rivoji

II ASOSIY QISM.
1.Bolaning har tomonlama rivojlanishida irsiyatning ta’siri.

Odam bolasining rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Ma’lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan o’zgarib boradi. Lekin bolalaik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murrakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Odamning hayotiy yo’lini boshi, kamol topishining negizi aslida ollohning inoyati bilan bola dunyoga kelishiga asos solingan dastlabki onlardan boshlanadi.
Keyingi taraqqiyot bosqichlari qator ijtimoiy, biologik, ruhiy, jismoniy omillarga bog’liqdir. Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil
(irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldannaslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.
G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern yangi tug'ilgan bola hali inson emas, deb hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir. Yarim yoshdan oshgandan so'ng u maymunga tenglashadi. Ikki yoshida bola boshlang'ich insonlik holatiga etadi (yuradi, gapiradi). Besh yoshgacha bo'lgan
bolalarning ruhiy hususiyatlari ibtidoiy davr odamlari xususiyatlariga mos keladi. o'smirlik yillarida kishi o'zida o'rta asr ongini aks ettiradi va etuklik yoshidagina mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi, deydi. Ya'ni, inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning a'zosi bo'ladi deb hisoblaydi. Avstriyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.
Bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab o'zini o'rab olgan muhitning ta'siri ostida o'sadi, ulg'ayadi. Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun o'zgarmasdir. Irsiyat bor va biologic omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o'zgarmas deb ham tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning
ruyobga chiqishi va rivojlanish manbai - layoqat bilan tug'iladi. Layoqat o'z holicha emas, balki uning rivojlanishi uchun qulay muhit ta'sirida zarur. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi va ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir ko'rsatadi. Agar bola o'z tug'ma layoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa, layoqat erta ko'rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo'lmasa, yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Kishilarning o'zaro muloqotlari natijasida bolada nutq paydo bo'ladi, shakllanadi. Boladagi irsiy belgilarning o'sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Inson bolasi, agar
ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. Demak, inson biologik mavjudot sifatidagina emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham taraqqiy etadi. Odob, axloq, xulqiy sifatlar - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o'zaro ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo'la olmaydi.


Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin