IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bogʻliqligi IS-LM modelining asosiy tenglamalari IS - egri chizigʻi va uning tenglamasi LM - egri chizigʻi va uning tenglamasi IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949- yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan soʻng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat oʻrnatilishi mexanizmini xarakterlaydi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining oqibatlarini oʻrganish uchun asosiy model boʻlib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab – yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan boʻlib, uning xususiy holi hisoblanadi
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini koʻp hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi.
Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
C = a+b (Y-T) — iste’mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY;
I = e-dR — investitsiya funksiyasi
M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.
Xn = d- m`Y - nR — sof investitsiya funksiyasi;
Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:
R oʻzgarmagan holda IS egri chizigʻining oʻngga yoki chapga siljishi quyidagi omillar ta’sirida roʻy beradi:
iste’mol xarajatlari darajasi;
davlat xaridi darajasi;
sof soliqlar (soliqlar - subsidiyalar - transfertlar);
investitsiyalar hajmining (R ning mavjud stavkasida) oʻzgarishi.
LM egri chizigʻi tenglamasi pulga talab funksiyasini R va Y ga nisbatan yechib topiladi. R ga nisbatan LM egri chizigʻi tenglamasi quyidagicha:
R=(k/h)Y - (1/h) (M/P).
Y ga nisbatan LM egri chizigʻi tenglamasi quyidagicha:
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R.
k/h koeffitsiyenti LM egri chizigʻining Y oʻqiga nisbatan ogʻish burchagini xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligini baholaydi.
IS va LM egri chiziqlarining oʻzaro kesishishi pul taklifi investitsiyalar va jamgʻarmalarni oʻzaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi shakllanishi uchun yetarli ekanligini anglatadi.
IS egri chizigʻi rejalashtirilgan xarajatlarga bogʻliq boʻlganligi uchun uning oʻzgarishi fiskal siyosatidagi oʻzgarishlarni xarakterlaydi. LM pul taklifiga bogʻliq boʻlganligi uchun undagi oʻzgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini koʻrsatadi.