2.3. Boshlang`ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatishda didaktik o‘yinlardan foydalanish Ta'lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar ham o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish vositasi sanaladi. Didaktik o‘yinlarga dam olish yoki vaqt o‘tkazish vositasi emas, balki ta'lim bеruvchi faoliyat dеb qarash lozimdir.
Ta'limiy o‘yinlarning turli xil tasnifi mavjudligi xususida ishning birinchi bobida to‘xtalib o‘tgan edik. O‘yinlar mazmuni va amalga oshirish shakliga ko‘ra sinflarga ajratilgan edi. Quyida boshlang`ich sinf ona tili darslarida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar va ularning ijodiy fikrlash bilan bog`liq o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.
«Jonli hikoya». O‘qituvchi so‘zlar yozilgan qog`ozlarni o‘quvchilarga
tarqatib, hikoya o‘qib bеradi (Qog`ozlarda yozilgan so‘zlar birgalikda shu
hikoyani hosil qiladi). O‘qituvchi hikoyani ikkinchi marta o‘qib bеrganda
o‘quvchilar qo‘llaridagi qog`ozlarni shunday kеtma-kеtlikda joylashtirishlari kеrakki, qog`ozlardagi yozilgan so‘zlar bir butun gapni, gaplar esa hikoyani hosil qilsin. Bu o‘yinni o‘tkazishda darslikdagi hikoyalar yoki darslikdan tashqari hikoya va ertaklardan foydalanish mumkin
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish mavzusini gapirishdan oldin ’’ijod ‘’, ’’ijodkorlik’’ kabi atamalariga to’xtalib o’tamiz. Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda, darsliklarda ‘’ijod’’, ‘’ijodkorlik’’ kabi atamalarni uchratib turamiz. Bu atamalarning adabiyot sahifalarida paydo bo’lganligi bejiz emas. ,,Ijod’’ –so’zining lug’aviy ma’nosi: ,,yaratish’’, ,,yangilikni kashf qilish’’ kabi so’zlarini bildirib keladi. ,,Ijodkorlik ‘’-faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish, ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan, namoyon bo’lish jarayonini o’z ichiga oladi. Ijodkorlik sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayonidir. Ijodkorlik o’zida insonning mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma –xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan ,yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijodi bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtiyorchi, tashkilotchi, ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog’liq.
Ta’lim –tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste’dodlarini yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o’z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish ,ulardagi ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish–kelajakda yuksak salohiyatli,ijtimoiy faol, o’tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan, raqobatdosh, keng fikrlovchi, kadrlarni voyaga yetkazish muhim masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog’liq. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarining ijodiy faoliyatining shakllantirish, shart –sharoitlari deganda, avvolo, ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanish jarayoni tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat :
1. O’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari;
2. Ijodiy faoliyatini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi ;
3. Ijodiy faoliyatini shakllantirishga doir mashg’ulotlar, evristika, muammoli vaziyatlar yaratish ;
4. O’quvchilarning ijodiy faoliaytini shakllantirishga texnologik yondashuvlar;
Bu shar-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi: -dastur mateillarini qay darajada o’zlashtirganligi; -mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o’zlashtirganligi; -tanlagan mavzu bo’yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi; -o’rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi; -topshiriqlarni bajarishda o’quv ashyolari va texnika vositalari ,axborot texnologiyasidan foydalana olishi; -mavzu bo’yicha o’z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo’ya olishi; -o’z variantini tavsiya eta olishi va hakozalar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy faollikka undash davomida o’qituvchi :
1. O’quvchilarni obrazli fikrlashga undashi;
2. Aniq muammolarni burro ifodalashi;
3. Fikrning doimo tugallangan jumla bilan ,hamda muhim joylariga urg’u berib ajratgan holda ifoda etilishi;
4. Xushmuammalali va ziyrak bo’lishi ;
5. Quyidagi so’z birikmalaridan foydalanishi : ,,faraz qiling ‘’, ,,tasavvur qiling’’ , ,,ijodiy parvoz eting’’ va shu kabilar .
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar va o’yinlardan foydalanish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga interfaol metodlar va o’yinlar nimaga kerak? Bu metod va o’yinlarning dars jarayoniga qanday bog’liqligi hamda samaradorligi mavjud? Yuqorida aytilayotgan mulohazalarga birma-bir misollar orqali aniqlik kiritamiz .Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirishda evristik va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yo’naltirilgan ,ilmiy asoslangan interfaol metodlar va o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Shu yerda «evristik» va «muammoli ta’limga» qisqacha to’xtalib o’tamiz .
Ta’lim – bu bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi. Evristika –yunoncha «heuriska»–,,qidiraman’’ , ,,topaman’’ ,,ochaman‘’- degan ma’nolarini anglatadi. Evristika o’qitishning mazmuni va maqsadi o’quvchilar tamonidan o’zining mustaqil fikrini loyihalash (konstruksiyalash) maqsad qilib olinadigan, ta’limning maqsadi va mazmuni hamda uni tashkil qilish jarayoni, tashxis qo’yish va tushunib yetish evristik ta’lim va o’qish hisoblanadi. Evristik o’qitishdagi vaziyat o’qitishning kalit elementi hisoblanadi. Bunday vaziyat o’quvchining bilmasligidan faollashtiradi, uning maqsadi o’quvchi tomonidan shaxsiy g’oyaning tug’ilishini, gipotezalar, sxemalar tuzishga yo’llaydi. Evristik o’qitishda ta’lim natijasini aytib bo’lmaydi. Har bir o’quvchidan turli javoblarni olish mumkin. Evristik o’qitishda o’quvchi oldingi olgan bilimini o’zlashtiradi, keyin uni ijodiy o’zlashtirish orqali o’zining loyihasida qo’llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni o’rganish orqali kelajakka intilish shiori amal qiladi.
«Muammo» – so’zi arabcha so’z bo’lib ,,yechilishi qiyin bo’lgan masala ‘, ,,jumboq’’, ,,boshqotirma ‘’ kabi ma’nolarni anglatadi. Muammoli ta’lim –bu ta’lim o’quvchilarning fikrlash jarayonini ishga solib, ularning mavhum tafakkuri, analitiksintetik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, bu texnologiya o’quvchidan muammo asosida bayon etilgan o’quv materialining yechimini topishini taqoza qiladi. O’quvchilar materiallarni tayyor holda emas, balki o’zlari uchun yangi faktlar va hodisalarni ularga ilgari ma’lum bo’lgan bilimlarga tayanib taqqoslash yo’li bilan tushuntirib borishlari kerak bo’ladi. O’quv jarayoni o’quvchilar tafakkurining yuksak faolligiga erishib, ularning mustaqilligini asta-sekin o’stirib borish yo’li bilan o’tadi.
Ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalari, darsga oid bo’lgan o’yinlarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan –kunga ortib, yanada takomillashib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib, mustaqil tarzda izlab topishi, mustaqil fikrlashi va o’rganishi, tahlil qilishi hatto yakuniy xulosalarini ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik, o’rgatuvchilik vazifasini bajaradi .
Bugungi kunda ta’limda ,,Aqliy hujum ‘’, ‘’Fikrlar hujumi ‘’, ‘’Tarmoqlar metodi’’ ,’’Sinkveyn’’, ‘’BBB’’ ,’’Beshinchisi ortiqcha ‘’, ’’6*6*6’’, ‘’Bahs munozara’’, ’’Rolli o’yin’’, ‘’FSMU’’, ’’Kichik guruhlarda ishlash‘’, ‘’Yumaloqlangan qor‘’, ‘’Zigzag’’, ‘’Oxirgi so’zni men aytay‘’ kabi zamonaviy texnologiyalar qo’llanmoqda.
Boshlang’ich ta’limda o’yin ijodiy faoliyatining bir shaklidir. Bunda o’quvchi ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional –xissiy, intellectual – axloqiy qobiliyatlari rivojlanadi. O’yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o’rni haqida psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqoq ishlari olib borilgan.
XIX asrning oxirida nemis olimi K.Gross o’yinlarni tizimli o’rganishga harakat qilgan bo’lsa, nemis psixologi K.Byuller o’yinlarda ,,qoniqish hosil qiluvchi ‘’ faoliyat sifatida tadqiq etadi. L.S.Vigotskiy, A. N.Leontyevlar fikricha, o’yinlarni nazariy jihatdan ijtimoiy tabiatga ko’ra ma’lum faoliyatiga yo’naltirilganligi bilan bog’lab,uni tadqiq etgan bo’lsalar, D.E.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib, uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin o’yinlarni yagona eng muhim asosiy xususiyati uning ta’limdagi ahamiyatliligidir.
O’yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. Intellektaul ijodiy o’yinlar ham ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yinda shaxsning kommunikativ sifatlashni rivojlantirish, intellektual savodxonligi, ziyrakligi, qarorlar qabul qilishda ta’lim zukkolikini rivojlantirish, xalq ijodkorligiga oid bilimlarga ega bo’lishi sifatidagi salohiyatli o’quvchilarni aniqlash va ularni rag’batlantirishga oid maqsad va vazifalar qo’yiladi. Teleo’yinlarda namoyish etiladigan ,,O’yla, izla, top!’’, ‘’Oltin toj’’ kabilar shular jumlasidandir. Kichik yoshdagi o’quvchilarning intellektual darajasini rivojlantirish uchun sinfda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda shunday o’yinlarni tashkil qilish mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish jarayonida, o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganadilar. O’qish darsliklarida, asosan, hikoya, ertak, she’r, masal, maqol, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. 1-sinfda maqollarni to’g’ri o’qish va yod olishga e’tibor ko’proq qaratiladi, 2-sinfda esa o’quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin. 3-4 sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o’rganish jarayonida ham muntazam o’rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o’rganishdan ko’zlangan maqsad o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to’g’ri va ongli o’qish malakalarini takomillashtish, maqoldagi har bir so’zning va yaxlit maqolning ma’nosini to’liq idrok etishga erishishdir. O’quvchilar o’qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so’zlarni o’zi mustaqil topa olish ko’nikmasini egallashi, ular yordamida o’qilgan asarlar yuzasidan to’g’ri hukm chiqarishga o’rganishlari zarur. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea ,hayotning muhim tomonlari umumlashtirilib tasvirlanadi
.Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi .Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea –hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga olib boriladi. O’quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’u tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo’la boshlaydilar. Ularda go’zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o’rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o’qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo’lishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. She’rni o’qish darslarida asosiy ish turi ifodali o’qish hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda lirik she’rlarni ifodali o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. She’riy ohangni his qilmaslik, matndagi so’zlarning ma’nosini to’la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg’ulotga aylantiradi. 4-sinfda Q.Hikmatning ,, Qish to’zg’itar momiq par‘’ she’rini o’rganishda albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. She’rni o’qishdan oldin unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa qilib aytib beradi. Ushbu she’rni boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatishda she’r nima haqida ketayotganligi, unda tasvirlangan yil fasllari, ya’ni qishning o’ziga xos belgilari, qishda o’ylanadigan o’yinlar, qish manzarasi yuzasidan savol – javob, maqollar aytishadi, ayrim qushlarning o’lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to’ldiriladi. Xullas, ushbu she’r haqida to’la tasavvur hosil qilingandan keyin, o’qituvchi ushbu she’rni ifodali qilib bir marta o’zi o’qib beradi,o’quvchilar bilan bir marta o’qib chiqishadi. O’qituvchi she’rni shunday o’qishi kerakki, o’qiganda ushbu she’r haqida o’quvchilar uning asosiy mazmunini anglashlari, ularga jonli so’z kuchliroq ta’sir etsin. Shunday qilib boshlang’ich sinf o’quvchilariga hikoya, ertak, she’r, topishmoq, maqol, masal, rivoyat va hokazo asarlarni o’qishga o’rgatishda, ularning ijodiy faoliyatini shakllantirishda, boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan pedagogik mahoratni talab qiladi.
Buyuk chex olimi, pedagog Ya.A.Komenskiy har bir bola tarbiya-ta’lim olishi lozimligini o‘z asarlarida keltirib o‘tgan. Komenskiy fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat bo‘lib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. Komenskiy bolalarning o‘qish yoshini ona maktabi (tug‘ilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6— 12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga bo‘ladi. Komenskiy jahon ta’limi tarixida birinchi bo‘lib ta’limning sinf-dars tizimini ishlab chikdi, ta’lim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladigan o‘quvchilar sonini, yoshini belgiladi. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, ta’lim beriladigan vaqtni o‘quv yili, choraqlar hamda o‘qish kunlariga ajratish yo‘llarini ko‘rsatdi. Ta’tillar va ularning davomiyligi, kundalik va yillik o‘quv soatlari mikdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bu tarixiy axborotlarni keltirishdan maksad buyuk allomalarning ta’lim va tarbiyani o‘z vaqtida olib borish taqoza etishini isbotlab berganidir.