II BOB. ONA TILI TA'LIMI JARAYONIDA BOSHLANG`ICH
SINF O‘QUVCHILARINI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISH USULLARI 2.1. Ijodiy ish mеtodi - boshlang`ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga o‘rgatish usuli Ona tili darslarida muammoli ta'lim o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini, savodxonlik darajasini oshirishda va ijodiy fikrlashga o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi.
Psixologik-pеdagogik tadqiqotlar tahlili va ilg`or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish boshlang`ich sinflarda ona tili ta'limiga muammoli yondashuvning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini bеlgilashga imkon bеradi: boshlang`ich sinflarda yuzaga kеlgan o‘quv muammolari o‘zida qandaydir hayotiy vaziyatni namoyon etmoi lozim. Dars jarayonida o‘quvchilar e'tiborini jalb etish uchun hеch bo‘lmaganda bitta muammoli savolni o‘rtaga tashlash lozim. Yuzaga kеlgan muammoli vaziyatning xaraktеrli bеlgisi - bir vaziyatdan tabiiy ravishda ikkinchisiga o‘tish, ayrim hollarda yangi vaziyatlarning paydo bo‘lishidir;
ona tilining o‘quv prеdmеti sifatidagi ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati, hayot bilan yaqin aloqasiga ko‘ra boshqa fanlardan kеskin farqlanishidir;
faqat boshlang`ich sinflarning ona tili darslari uchun xaraktеrli bo‘lgan mеtodik usullarda ish ko‘rilishida;
o‘quvchilarga o‘quv matеrialining hissiy ta'sir etishida;
faqat ona tili darslarida yuzaga kеluvchi muammoli vaziyatlar
tipologiyasida;
boshlanich sinflar ona tili ta'limida nafaqat muammoli ta'lim, balki unga tayyorgarlik haqida ham gap boradi (hatto bilimlarni o‘qituvchi muammoli bayon etgan sharoitda ham), chunki o‘quvchilar bunday bayonni qabul qilishga oldindan psixologik, mantiqiy tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim;
boshlang`ich sinflardagi muammoli ta'limda mashg`ullik elеmеnti muhim rol o‘ynashi bilan bog`liq. Mashg`ullikni muammoli vaziyat holatiga qadar olib borish kеrak.
Barcha o‘quv prеdmеtlarida bo‘lgani kabi boshlang`ich sinf ona tili darslarida ham o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishda ijodiy ishlar muhim o‘rin tutadi. Ular quyidagi xususiyatlariga ko‘ra xaraktеrlanadi:
ijodiy ishlarda bajarish so‘ralgan shartlar o‘quvchilardan izlanuvchanlikni talab qilishi;
o‘quvchilarni ijodiy holda hukm, xulosa va umumlashmalar chiqarishga yo‘naltirishi;
ijodiy ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarda yangi
bilimlarni egallashga ehtiyoj tuilishi.
Tadqiqotning birinchi bobida boshlang`ich sinflarning ona tili darslarida qo‘llaniladigan ijodiy ishlarni guruxlarga ajratgan edik. Quyida mazkur guruhlarning ayrim turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Rеproduktiv ijodiy ishlar. Rеproduktiv ijodiy ishlar o‘quvchilarning avval olgan bilimlarini amalda qo‘llashni nazarda tutadi. Bunday ijodiy ishlarga namuna asosidagi ijodiy ishlar, Sharhlab yozish, grammatik topshiriqli diktantlar kiradi. Bu xildagi mashqlar o‘quvchilarning ijodiy fikr yuritish jarayoniga qisman ta'sir ko‘rsatadi va u ko‘pincha darslik mashqlari asosida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarda ijodiy mustaqil fikrlashni shakllantirishda darslarda ko‘proq suhbat, muloqot qilish, “Voqeaga sizning fikringiz qanday?”, “Siz shunday vaziyatda qanday yo‘l tutar edingiz?”, “Siz qahramonning tutgan ishini qanday baholaysiz?”, “Bu paytda nima bo‘lgan bo‘lishi mumkin?”, “Nega qahramon shunday yo‘l tutdi deb o‘ylaysiz?” kabi shunga o‘xshash savollar bilan o‘quvchilarni baxs-munozaraga jalb etish juda muhim.
Bitta dars misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak; navbatchi axborot topshirishi shu kundagi voqea-hodisalar, vaziyatni to‘liq ochib berishi bilan belgilanadi. Agar o‘qituvchi juftlikda yoki guruhda bajariladigan topshiriqlar bersa, o‘quvchi o‘zining to‘g‘ri deb bilgan fikrini o‘z sherigiga yoki guruhidagi boshqa o‘quvchilarga yetkaza bilishi ham muloqot orqali namoyon bo‘ladi. Agarda guruhlar taqdim etgan taqdimotlar ichidan eng ma’qulini tanlash kerak bo‘lsa, har bir guruh o‘z qarashlarini boshqa guruhlarga ta’riflab berish orqali bir – birlari bilan muloqot qiladilar. Tortishib, o‘zlarining tayyorlagan ishlarini ma’qullaydilar yoki boshqa guruhlarning ishlariga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Agar o‘qish darsi bo‘lsa, matnni rollarga bo‘lib o‘qish orqali o‘quvchilarga qahramonlarga o‘z munosabatlarini bildirish ko‘nikmalarini shakllanadi. Voqealar ketma-ketligini izchil bayon qiladilar. Har bir o‘quvchining fikrini to‘la eshitish, fikrlarning eng ma’qulini namuna qilib ko‘rsatish o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Bu orqali o‘quvchilar voqeani adekvat baholay olishni o‘rganadilar, o‘z fikrlarini erkin bildira olish ko‘nikmalari shakllanadi. Erkin bildirilgan fikr qanday bo‘lmasin o‘qituvchi uni oxirigacha eshitishi va boshqa o‘quvchilarni ham bu fikrni eshitishlari va o‘z munosabatlarini bildirishlariga jalb qilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki boshqalar fikrini tinglashga o‘rgatish o‘qituvchidan e’tibor va mas’uliyat talab etadi.
Bu bilan to‘g‘ri va noto‘g‘ri fikrlarni barini qabul qilish degani emas. Noto‘g‘ri fikr bildirgan o‘quvchining fikrini to‘g‘ri emasligini tushuntira bilish, uni to‘g‘ri fikrlashga yo‘naltirish eng muhimidir.
Masalan: 2-sinf o‘qish darsligidagi “Kulol va shogird” hikoyasini olaylik. Hikoyada shogird ustozining “yana biror yil kulolchilik sirlaridan o‘rgangin” deyishiga qaramay qo‘yarda – qo‘ymay o‘zi alohida faoliyat olib borishga ko‘ndirib chiqib ketadi. Avvalida ishi yurishgan bo‘lsada, oxir oqibat uning yasagan idishlarining sirlari tezda ko‘chib ketishi tufayli hech kim sotib olmay qo‘yadi. Ishi yurishmagan shogird yana ustozi oldiga qaytib boradi. Hikoya yuzasidan o‘tkazilgan suhbat natijasida aksariyat o‘quvchilar shogirdning ishini ma’qullamadilar. Lekin o‘quvchilar ichida kulolning ayrim ishini ma’qullamagan o‘quvchilar ham bo‘ldi. “Ustozi doim o‘t yoqtirguncha, suv tashitgunchan kulolchilikning eng nozik sirlarini o‘rgatsa bo‘lmasmidi?”, “Yasalgan buyumlarga sir berishdan oldin qurigan idishlarni puflab, so‘ng sirlash kerakligini ustozi avvalroq shogirdini yoniga chaqirib o‘rgatganda, shogird shuncha qiynalmagan bo‘lar edi” degan fikrlarni bildirgan o‘quvchilar ham bo‘ldi. O‘quvchilar o‘z fikrlari yuzasidan bir-birlari bilan baxsga kirishib ketdilar. Men hech bir fikrni noto‘g‘ri demasdan o‘quvchilarni voqeahidisaga teranroq nazar bilan qarashga yo‘naltirdim. Har narsani o‘rgatish va o‘rganishning o‘z vaqti borligi, shogird hech qachon ustozining so‘zini ikki qilmasligi kerakligi haqida o‘quvchilarga tushunchalar berdim.
Guruhlarda islash uchun topshiriqlar berilganida o‘quvchilar o‘z fikrlarini o‘rtoqlariga yetkazishga harakat qiladilar. Hamkorlikda ishlash jarayonida birbirlarining fikrlarini eshitadilar va to‘ldiradilar, eng maqbulini ajratishga erishadilar. Fikrni bayon qilish natijasida nutq malakalari shakllanadi, ko‘pchilik oldida fikr bildirishga, o‘z munosabatlarini bildirishga o‘rganadilar. Voqeani turli usullarda erkin va mustaqil bayon qilish imkoni tug‘iladi. So‘z boyliklari sayqallashadi.
Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha erkin bo‘lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‘ladi. Shakllanib kelayotgan yosh avlodning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, bolada o‘z xatti-harakati uchun javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. U o‘z fikri, qarashiga ega bo‘ladi. Fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning keng miqiyosda mulohaza yuritish va mustaqil fikrlash, qarorlar qabul qilish ko’nikmalari to’liq shakllanmagan bo’ladi. Shu bois, birinchi sinf ona tili darslarida o’quvchilarda asosan mashq ustida ishlash ko’nikmasi shakllantiriladi. Bunda ko’proq o’qituvchi tomonidan bolalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlarni tayyor holda beradi, o’zi savollar qo’yadi, savol va topshiriqlarning yechimini topish yo’llarini ham o’qituvchining o’zi ko’rsatadi. Bu bilan o’quvchilarga ta’lim berishda yuqori samaradorlikka yerishib bo’lmaydi. Chunki, hozirgi kunning talabi o’quvchilarni faol harakatga keltirishdan iboratdir. Shunday yekan, ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarni faol harakatga keltiradigan, ularni mustaqil fikrlashga undaydigan, mulohaza yuritishga chorlaydigan topshiriq va mashqlarni tavsiya yetish maqsadga muvofiqdir.
Ona tili darslarida ijodiy topshiriqlar o’quvchilarning tafakkur doirasini, og’zaki va yozma nutqini va mustavil fikrlashga o’rgatishda muhim o’rin tutadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar tahlili va ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida ijodiy topshiriqlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni belgilashga imkon beradi:
- boshlang’ich sinflarda yuzaga kelgan o’quv muammolari o’zida qandaydir hayotiy vaziyatni namoyon yetmog’i lozim. Dars jarayonida o’quvchilar ye’tiborini jalb yetish uchun ijodiy topshiriqlarni berish lozim.
- Ona tilining o’quv predmeti sifatidagi ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, hayot bilan aloqasiga ko’ra boshqa fanlardan keskin farqlanishidir.
- Faqat boshlang’ich sinflarning ona tili darslari uchun xarakterili metodik usullarda ish ko’rishda
- O’quvchilarga o’quv materialining hissiy ta’sir yetishida.
- Faqat ona tili darslarida ijodiy topshiriqlardan foydalanish jarayonida.
- Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limida ijodiy topshiriqlardan foydalanish, balki unga tayyorgarlik haqida ham gap boradi, chunki o’quvchilar bunday topshiriqni qabul qilishga oldindan psixologik, mantiqiy tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlari kerak;
- Boshlang’ich sinflardagi ijodiy topshiriqlar o’quvchilarning doimiy ravishda mashg’ul bo’lishi bilan bog’liq. Mashg’ul bo’lish ijodiy topshiriqlarni bajarish holatiga olib keladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida olib borgan mashg’ulotlarimiz natijasida ijodiy topshiriqlarni yaratishning quyidagi metodik usullarini ishlab chiqdik;
1.O’quvchilarni bayon qilinayotgan mavzudagi umumiylik va xususiylikni aniqlash maqsadida berilgan mashqlarni tahlil qilish va qiyoslash. Masalan, 3-sinfda “O’zak va o’zakdosh so’zlar” mavzusini o’tayotganda gul, gulla, gulzor, guldon so’laridan gap tuzish bo’yicha o’quvchilarga topshiriq beriladi. O’quvchilar ushbu so’zlarning ma’no xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishga kirishadi.
2. Tanish topshiriqni hal yetishda o’quvchilar oldiga yangicha yondashuvni talab yetadigan amaliy topshiriqlarni qo’yish. Masalan, 1-sinf o’quvchilari hali unli va undosh tovushlar [419] bilan tanishmay turib, so’z necha bo’g’indan iboratligini faqat talaffuz orqali topish topshirig’i beriladi. Unli va undosh tovushlar bilan tanishgach yesa, unli tovushlar bo’g’in hosil qilishini bilib oladilar va shunga qarab so’zlarning nechta bo’g’indan iborat yekanligini aniqlaydilar.
3. O’quvchilarning amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishda yuzaga keluvchi hayotiy vaziyatlardan foydalanish, ularni bajarish va tahlil qilish. Masalan, 1-sinfda bo’g’in ko’chirish qoidalari bilan tanishtirishda, bo’g’in ko’chirishning zarurligi misol tarzida keltiriladi. Ya’ni sarkarda so’zining keyingi ikki bo’g’ini qatorga sig’may qoldi. Nima qilish kerak? Tarzida savol bilan murojaat qilinadi.
4. Ortiqcha ma’lumot berilgan va ma’lumotlar yetarli bo’lmagan mashqlar bajarish yuzasidan ham topshiriqlar berish. Ortiqcha ma’lumotni yoki yetishmayotgan ma’lumotni topshiriqni bajarish uchun o’quvchilar yangi ma’lumotlarni bilishlari lozim bo’ladi. Masalan, 3-sinf ona tili darslarida o’quvchilar gapning bosh bo’laklari bilan tanishadilar. Gapda yega va kesimdan tashqari yana ham to’liq bo’lishi uchun boshqa so’zlar ham yeshtirok yetadi. Bu so’larni topish topshirig’i beriladi. O’quvchilar bu topshiriqlarni bajarishlari uchun ikkinchi darajali bo’laklar bilan ham tanish bo’lishlari kerak.
5. Dars maqsadini amalga oshirishda tegishli savollar yordamida ijodiy topshiriqlarni bajarish vazifasi topshiriladi. Bunday savollar nima uchun shunday yozilgan?, To’g’rimi?, Kim haq? Kabi shakllarda bo’lishi mumkin. Masalan, 3-sinf ona tili darsligida “Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar” mavzusini o’tishda o’quvchilarga “keldi-kelmadi” so’zlari misolida shunday savol beriladi. Nima uchun kelmadi? So’zi bo’lishsiz fe’l deyiladi. O’quvchilar bu topshiriqni bajarish uchun avvalo bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar haqida tushunchaga yega bo’lishlari kerak.
Boshlang’ich sinflarning ona tili darslarida o’quv topshiriqlarni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi:
- o’quvchilar yechishi mumkin bo’lgan va qiziqarli topshiriqlarni o’rtaga qo’yish;
- dars jarayonida mashg’ulot yuzasida ijodiy topshiriqlarni yuzaga keltirish;
- dars mavzusi mazmuniga ko’ra ijodiy topshiriqlarni muayyan maqsadga yo’naltirish;
- muammolarni hal yetish;
- alohida topshiriqlarning jamoa usulida bajarilgan natijalarni tekshirish va xatolarni to’g’rilash.
Ijodiy topshiriqli darsni tashkil yetishning mazkur sxematik rejasi u yoki bu o’quv jarayoniga qarab to’liq yoki qisman bajariladi. Ularda ba’zilari o’z yechimlari uchun avvalo xulosalarni, qonun va nazariyani tahlil qilishni talab yetadi, boshqalari faktlarni umumlashtirishni talab qiladi, uchinchilari hodisalarni, tushunchalarni taqqoslashga ko’proq tayanadi.
Ijodiy topshiriqlarni bajarishda quyidagilarga amal qilishi kerak:
- o’quvchilar ma’lum bilimlar doirasidan o’zlariga yetishmayotganlarini aniq chegaralab olishlari, ya’ni noma’lum topshiriqlarni bilishlari taqozo yetiladi. Ona tili darslarida ijodiy topshiriqlar o’quvchilarning tafakkur doirasini, og’zaki va yozma nutqini va mustaqil fikrlashga o’rgatishda muhim o’rin tutadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar tahlili va ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish booshlang’ich sinflarda ona tili darslarida ijodiy topshiriqlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni belgilashga imkon beradi:
- boshlang’ich sinflarda yuzaga kelgan o’quv muammolari o’zida qandaydir hayotiy vaziyatni namoyon yetmog’i lozim. Dars jarayonida o’quvchilar ye’tiborini jalb yetish uchun ijodiy topshiriqlarni berish lozim.
- Ona tilining o’quv predmeti sifatidagi ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, hayot bilan aloqasiga ko’ra boshqa fanlardan keskin farqlanishidir.
- Faqat boshlang’ich sinflarning ona tili darslari uchun xarakterli metodik usullarda ish ko’rishda.
- O’quvchilarga o’quv materialining hissiy ta’sir yetishida.
- Faqat ona tili darslarida ijodiy topshiriqlardan foydalanish jarayonida.
- Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limida ijodiy topshiriqlardan foydalanish, balki unga tayyorgarlik haqida ham gap boradi, chunki o’quvchilar bunday topshiriqni qabul qilishga oldindan psixologik, mantiqiy tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlari kerak;
- Boshlang’ich sinflardagi ijodiy topshiriqlar o’quvchilarning doimiy ravishda mashg’ul bo’lishi bilan bog’liq. Mashg’ul bo’lish ijodiy topshiriqlarni bajarish holatiga olib keladi.
Boshlang’ich sinflarning ona tili darslarida o’quv topshiriqlarni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi:
- o’quvchilar yechishi mumkin bo’lgan va qiziqarli topshiriqlarni o’rtaga qo’yish;
- dars jarayonida mashg’ulot yuzasida ijodiy topshiriqlarni yuzaga keltirish;
- dars mavzusi mazmuniga ko’ra ijodiy topshiriqlarni muayyan maqsadga yo’naltirish;
- muammolarni hal yetish;
- alohida topshiriqlarning jamoa usulida bajarilgan natijalarni tekshirish va xatolarni to’g’rilash.
Ijodiy topshiriqli darsni tashkil yetishning mazkur sxematik rejasi u yoki bu o’quv jarayoniga qarab to’liq yoki qisman bajariladi. Ularda ba’zilari o’z yechimolari uchun avvalo xulosalarni, qonun va nazariyani tahlil qilishni talavb yetadi, boshqalari faktlarni umumlashtirishni talab qiladi, uchinchilari hodisalarni, tushunchalarni taqqoslashga ko’proq tayanadi.
Ijodiy topshiriqlarni bajarishda quyidagilarga amal qilishi kerak:
- o’quvchilar ma’lum bilimlar doirasidan o’zlariga yetishmayotganlarini aniq chegaralab olishlari, ya’ni noma’lum topshiriqlarni bilishlari taqozo yetiladi;
- o’qituvchi yangi bilimga yehtiyoj o’yg’otuvchi ijodiy topshiriqni darsdan oldin loyihalashtirish;
- har bir o’quvchining va butun bir sinfning individual psixologik imkoniyatlarini qat’iy hisobga olish;
- ijodiy topshiriq berishda darsning istalgan bosqichida amalga oshirilishi tashkil qilish;
- ijodiy topshiriq berish uchun vosita sifatida o’qituvchi so’zi, darslik materiali, o’quvchilarning kuzatishlari natijalari, ta’limning texnik vositalari namoyish yetish talab yetiladi.
Tabiiyki, ijodiy topshiriqlar savollar, tajribalar va amaliy mashqlar bajarish asosida yaratilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi bilish vazifalariga “Faktlarni taqqoslang”, “Faktlarni umumlashtiring” tipidagi talablarni qo’yadi.
Ijodiy topshiriqlarning bu turlari shartdli ravishda ajratilgan bulib, amalda o’quvchilar bir tushunchaning o’zini o’rganishda faktlarni tahlil qilish va sintez qilishni taqqoslash va umumlashtirish bilan qo’shib olib boradi. Lekin aytib o’tilgan tafakkur usullaridan biri – tushuncha yetakchi o’rinda turadi. Ijodiy topshiriqlar berib bo’lingach, o’qituvchi o’quvchilarni yana fikr yuritishga, ammo yendi faraz qilish, muhokama yetish va xulosalar chiqarishga qaratadi. Bilish muammolarini ilgari surish va hal qilish jarayonlari uzluksiz zanjirga o’xshab qo’shilib ketadi. Chunki ijodiy topshiriqlarni o’quvchilarga berar yekanmiz, bir vaqtning o’zida uni bajarishga kirishamiz. Bu yesa, o’z navbatida, yangi topshiriqni keltirib chiqaradi.
Umuman olganda didaktik tushunchani faol bilishning bir-biriga zid va uzluksiz jarayoni amalga oshiriladi.
Ona tili ta’limi jarayonidagi ijodiy topshiriqlar tizimi muommali suhbatlar, fikr yuritish, isbotlash, umumlashtirish, tahlil kabi tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar hisoblanadi.
Ijodiy topshiriq mashqlari o’quvchilar topshiriqni bajara oladigan bo’lgandagina qo’llaniladi. Bunday mashqlar, ayniqsa, yuqori sinf darsliklarida ko’p berilgan. Unda berilgan topshiriqni bajarish jarayonida o’quvchilar yangi bilimlar bilan qurollantiriladi. Ijodiy topshiriqlardan yangi mavzuni o’zlashtirish bilan birgalikda bilimlarni kengaytirish va mustahkamlashda ham qo’llash mumkin. Masalan, ona tili darslarida 1-sinfdan boshlaboq so’z turkumlari haqida ma’lumot beriladi. Aytaylik, ot so’z turkumi haqida yangi ma’lumotlar berishdan avval yegallangan bilimlar asosida ijadiy topshiriqlar bajarilsa, nafaqat aaval olingan bilimlar yodga tushiriladi, balki o’quvchilar mustaqil fikrlash orqali ot so’z turkumi haqida yangi ma’lumot olishga ham muvaffaq bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan ijodiy topshiriqlarni ta’limga tatbiq yetishning hozirgi ahvolini o’rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, aksariyat boshlang’ich sinf o’qituvchilari ijodiy ishlar mohiyatini yetarlicha tushunmasligi, amaliyotda yesa ijodiy topshiriqlardan kam foydalanayotganligini ko’rsatdi. Ijodiy topshiriqlar o’quvchilarni topqirlikka, ijod qilishga, aqliy tafakkurining shakllanishida muhim vosita ekanligini e’tirof etish zarurdir