O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi
5
Mehnatga haq to’lash
razryadlari
Tarif koeffitsientlari
1
1,000
2
1,053
3
1,106
4
1,158
5
1,269
6
1,384
7
1,505
8
1,630
9
1,755
10
1,883
11
2,014
12
2,148
13
2,284
14
2,421
15
2,561
16
2,704
17
2,847
18
2,993
19
3,141
20
3,292
21
3,444
22
3,597
13
ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan
talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan
razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif
koeffistientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi
razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi
razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi). Yuqorida 1-jadvalda
O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi
keltirilgan.
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga
to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga
qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq
(razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) ‘rofessional mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va
mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun
muhim ahamiyatga ega bo’lgan etakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb
etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo’lishini
ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko’zlanadi.
Res’ublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar
va ish turlari uchun ish haqi to’lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar
o’sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular
o’rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Masalan oxirgi o’zgarish, 2005
yil 1 maydan boshlab Res’ublikamizda ish haqining minimal darajasi 7835 so’m
qilib belgilanib, boshqa razryadlarga to’g’ri keladigan ish haqi summasi ham shunga
mos ravishda oshiriladi.
Ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta
guruhga bo’lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida
tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda
mehnatga haq to’lashning ishbay shakli tushuniladi. Agar bunday o’lchov sifatida
ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi tushuniladi
14
(2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |