5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 254,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix07.01.2024
ölçüsü254,33 Kb.
#204315
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



5-MAVZU. TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH 
Reja: 
5.1.Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi 
5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
5.3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari 
5.4. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar 
5.5.Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
5.6.Tashkilotni strategik boshqarish 
Tayanch iboralar: 
tashkilot, ichki va tashqi muhit, strategiya, tashkiliy tuzilma, 
samaradorlik, gurux, moddiy va moliyaviy resurslar
 
 
 
 
5.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi 
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik 
kishilar o‘zlarining butun ongli hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan 
aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langandirlar. 
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob 
berishi kerak: 

juda bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni 
mavjud bo‘lishi; 

juda bo‘lmaganda guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul 
qilingan bitta maqsadni mavjud bo‘lishi; 

maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini 
mavjud bo‘lishi. 
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim 
sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga 
yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga 
oshiradi: 
-tashqi muhitdan resurslarni olish
-mahsulotni ishlab chiqarish; 
-uni tashqi muhitga topshirish. 
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning 
muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. 
Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir. 
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan 

Yüklə 254,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin