Mavzu: Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni. Mundarija



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə1/9
tarix12.01.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#79020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu- Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni. Mundarija-fayllar.org


Mavzu: Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni. Mundarija

Mavzu: Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni.

Mundarija
Kirish………………………………………………………………………...3

  1. Strategik boshqarish tushunchasi, mazmuni va bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati…………………………………………………………………….6


  2. Boshqaruv jarayonida strategik rejalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari………………………………………………………………..12


  3. Samarali faoliyat olib borishda strategiyani amalga oshirish bo’yicha asosiy vazifalar…………………………………………………………………….22


  4. Samarali strategik boshqaruv tizimini ishlab chiqish va tashkil etish istiqbollari…………………………………………………………………..27


Xulosa………………………………………………………………………35



Kirish.

Mavzuning dolzarbligi: Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning, ayniqsa strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lishi muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo`lmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o`tish bilan tavsiflanadi. Bu o`z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o`z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona muhitida tashkilotni maqsad sari yo’naltirish, menejerlarning strategik rejalarini va vazifalarini amalga oshirish, tanlangan strategiyani hayotga tadbiq etish kabi faoliyatlarni bajarishga to’g’ri keladi. Strategik boshqaruv - bu korxona mavqeini mustahkamlashga, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga va muayyan natijalarga erishishga qaratilgan boshqaruv rejasidir. Korxonalarda boshqarish tizimini barpo qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning turiga to`la mos keluvchi boshqaruv yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir bo`g`inining ishlab chiqarish texnika, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha hamma funktsiyalarning bajarilishi zaruratidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv funksiyalarini samarali taqsimlash boshqaruv maqsadini aniq belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va tashkilotlarda, xususan loyihalar tashkilotlarida hamon boshqaruv tuzilmasida ortiqcha bo`g`inlar mavjud bo`lib, bular o`z navbatida yuqorida ta`kidlaganimizdek, strategik boshqaruvda mehnat unumdorligining pasayishiga va pirovard natijada korxonaning yakuniy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablariga moslashtirish, ya`ni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanganligi ham mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi.


Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin