Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta’minlovchi manba bo‘ladi. Bunda tashkilot
ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyatining
natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda
o‘zaro almashish holatida bo‘ladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi.
Tashkilotning tashki muhit bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati,
tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujud- ga kelgan chetga
chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko‘rsatilayotgan xunik ta’sirlardan keyin ham
quyilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta’sir
ko‘rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operasiyalariga
nisbatan ko‘proq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish
mumkin.
Birinchisi
tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, ular
jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita tashkilot bilan
bog‘lik emaslar.
Ikkinchi guruhga
tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi, ular
bevosita bog‘langanlar va ular bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar. Bular iste’molchilar,
yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish bo‘yicha sheriklar va h.k.
Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta’riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari
tashqi muhitni ta’riflash uchun “murakkab” va “dinamik” tushunchalaridan foydalanadilar.
Tashqi muhitning murakkabligini ta’riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks
ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish
zarur.Tashqi muhitning dinamikligini uning ta’riflarining o‘zgaruvchanligi bilan aks
ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning o‘zgaruvchanligini baholash mumkin
bo‘lgan asosiy ta’ -riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va
muntazamligidir.
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari g‘oyatda
murakkab, bir ma’noli bo‘lmagan va o‘zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko‘rsatib o‘tilgan
omillar yaqindan o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘ladilar, ulardan birlaridagi o‘zgarish
boshqalaridagi o‘zga- rishlarga olib keladi.
Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval
quyidagilar bilan ta’riflanadi:
-
katta noaniqlik;
-
dinamiklik;
-
oldindan aytib bo‘lmaslik;
-
murakkablik;
-
ba’zi bir tashabbuskorlik bilan.