strategiyani tanlash
amalga oshiriladi.
Bunda maxsus usullar
yordamida tashkilot qanday qilib o‘z maqsadlariga erishishi va o‘z missiyasini amalga
oshirishi belgilanadi, ya’ni
uning faoliyatining soha, vositalar va shakl kabi tomonlarini
rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.
Strategiyani tanlanishi tashkilot tomonidan kelajakda uni faoliyat yuritishiga nisbatan
qanday qaror qabul qilinishiga bog‘liqdir: belgilanggan biznesni to‘xtatish
yoki davom
ettirish, yoki biznesning boshqa turi bilan shug‘ullanish.
Bunda korxona asosiy yo‘nalishlarni belgilaydi:
-
xarajatlarni kamaytirishda yetakchilik;
-
mahsulotni ishlab chiqarish (sotishda)da ixtisoslashish;
-
bozorning ma’lum segmentini qayd etish.
Shuni ta’kidlash kerakki, yirik va o‘rta ko‘p tarmoqli kompaniyalarda ko‘pincha
biznesning strategik birligi - ( BSB )
deb ataluvchi ajratiladi. Bu bozorning bir yoki bir
necha segmentlardagi strategiyani ishlab chiqish va ba’zida esa amalga oshirish uchun
javob beruvchi firma ichidagi tashkiliy birliklardir. Ushbu
ish kompaniya mahsulotlari
portfelini tahlil qilish, keyin bozorni segmentlarga bo‘lish, tovarlarni pozisiyalarga
joylashtirishdan boshlanadi. BSB ba’zan ishlab chiqarish birliklaridan farqlanadilar, ular
ham bir va ham o‘xshash ehtiyojlarini qonoatlantiruvchi bir necha mahsulotlarni qamrab
olishlari mumkin. Kompaniyalar ko‘pincha xo‘jalik bo‘linmalari ko‘rinishidagi BSBni
tashkiliy rasmiylashtirish- lari mumkin.
Keyin quyidagi masalalarni hal qilishga qaratiladigan strategiya bajarilishi kerak:
nisbiy mazmun tashkilot amalga oshiradigan strategiyaga mos kelishi uchun ma’muriy
vazifalar orasidagi
ustivorlikni belgilash;
korxona faoliyatini strategiyani bajarishga qaratish uchun tanlangan strategiya va
tashkilot ichidagi jarayonlar orasidagi moslikni belgilash;
etakchilik uslubi va tashkilotni boshqarishga yondoshuvni
tanlash va uni amalga
oshirilayotgan strategiya bilan moslikka keltirish.
Bu vazifalar strategik deb ataluvchi o‘zgarishlar vositasida hal qilinadilar.
O‘zgarishning zarurligi va darajasini belgilab beruvchi asosiy omillar holatiga (soha,
tashkilot, mahsulot, bozorning holatiga) ko‘ra o‘zgarishlarning to‘rtta turini ajratish
mumkin:
-
tashilotni qayta qurish- tashkilotning missiyasi va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi
asosli o‘zgarishlarni ko‘zda tutadi. Tashkilot o‘zining sohasi va shunga ko‘ra mahsuloti va
bozordagi o‘rni o‘zgartirilganda vuju- ga keladi. Bunda
yangi tashkiliy madaniyat
yaratiladi, texnoligik soha va ishchi kuchlari bozorida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
-
tashkilotni keskin o‘zgartirilishi- agar tashkilot sohasini o‘zgartirmasayu, amma unda
keskin o‘zgarishlar (madaniyatlarni birlashishi, yangi mahsulotlar va bozorlarni
o‘zlashtirish) sodir bo‘lsa, u strategiyani bajarish bosqichida o‘tkaziladi
va tashkilot
ichidagi o‘zgarishlarni talab qiladi;
-
o‘rtacha o‘zgarish tashkilot yangi mahsulot bilan bozorga chiqqan va unga xaridorlarni
jalb qilgan vaqtida amalga oshiriladi. Bunda o‘zgarishlar ishlab chiqarish jarayoni va
marketingga tegishli bo‘ladi;
-
odatdagi o‘zgarishlar- tashkilot mahsulotiga shoʻbaiqishni qo‘llab quvvatlash
maqsadida marketing sohasida o‘zgarishlar o‘tkazish bilan bog‘liq.
Tashkilotni o‘zgarmasdan faoliyat yuritishi u bittagina stategiyani o‘zgartirmasdan amalga
oshiralayotgan vaqtda sodir bo‘ladi.
Resurslarni jalb qilish jarayoni resurslarni samarali taqsimlash
bilan bir qatorda
sarmoyalarni kelib tushish manbalarini baholash va ularni saqlab qolishni ham ko‘zda
tutadi.
Strategik boshqaruvda asosiy rol tashkilotning rahbariyatiga, hammadan avval uning
yuqori darajasiga tegishli bo‘ladi, u nafaqat uning strategiyasini belgilashi, balki tashkilot
resurslarini safarbar
qilgan holda, kerakli o‘zgarishlarni o‘tkazishi kerak.