Strategik boshqaruv- bu strategiyani, ya’ni tashkilotni rivojlanishining ma’lum
bosh yunalishini sifatli ishlab chiqish va uni resurslarni shakllantirish va ulardan samarali
foydalanish, istiqboldagi raqobot afzalliklarini ta’minlash va maqsadlarga erishish uchun
tashqi muhit o‘zgarishlariga adekvat javob qaytarish asosida amalga oshirish bo‘yicha
faoliyatdir.
Yana boshqa, O.N.Juchkevich tomonidan berilgan g‘oyatda muvaffaqiyatli ta’rifni
ham keltirish mumkin: strategik resurslarni muvofiqlashtirish va taqsimlash, hisobga olish
va uzoq muddatli istiqbolda raqobot afzalliklariga erishish maqsadida tashqi muhit omillari
o‘zgarishiga adekvat javob qaytarish asosidagi korxona (firma)ni rivojlanishining sifatan
belgilangan yo‘nalishidan iborat bo‘ladi.
Strategik boshqaruvni dinamik tizim, beshta o‘zaro bog‘langan boshqaruv
jarayonlarining majmuasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Bu jarayonlar mantiqan bir
birlaridan kelib chiqadilar (yoki keyin keladilar), bunda barqaror teskari aloqa va har bir
jarayonni qolganlariga va ularning majmuasiga ta’siri mavjud bo‘ladi.
Strategik boshqaruvning dastlabki jarayoni tashkilot muhitini tahlil qilishdir. U
quyidagilarni o‘rganishni ko‘zda tutadi:
makroatrofni (iqtisodiyot va siyosatning holati, huquqiy kenglik, tabiiy muhit va
resurslar, jamiyatni ilmiy-texnik, ijtimoiy-madaniy rivojlanganligi darajasi va h k.);
bevosita ishga doir muhitni ( xaridorlar, raqiblar, yetkazib beruvchilar va h.k.);
ichki muhitni (xodimlar,
boshqaruvni tashkil qilinishi, ishlab chiqarish, moliya,
marketing, tashkiliy madaniyat va h.k.).
Shundan keyin tashkilotning missiyasi (vazifalari) belgilaniladi, uning ostida
tashkilotni mavjud bo‘lishining ma’nosi va uning boshqa tashkilotlardan farqini, ya’ni u
nima uchun tashkil qilinganligini ochib beruvchi shakllantirilgan tasdiqni tushunish kerak.
Aniq bir tashkilotning missiyasi odamlarning o‘zlarining faoliyati bog‘liq bo‘lgan har
xil guruhlarining maqsadlari va mafaatlarini aks ettiradi. Tashkilotga uning missiyasini
belgilashda manfaatlarini hisobga olish kerak bo‘lgan quyidagi asosiy sub’ektlar ta’sir
ko‘rsatadilar: tashkilotning mulk egalari, uning xodimlari,
ishlab chiqarilayotgan
(sotilayotgan) mahsulotning xaridorlari, tashkilotning ish bo‘yicha sheriklari. mahalliy
hamjamiyat, hamda umuman, birinchi navbatda, davlat idoralari shaxsidagi jamoa. Bunda
Muhitning tahlili
Missiyalar (vazifalar) va
maqsadlarni belgilash
Strategiyani tanlash
Strategiyani bajarish
Bajarilishini
baholash va nazorat
qilish
tashkilot missiyasiga eng kuchli ta’sirni mulk egalari, xodimlar va xaridorlar
(iste’molchilar) ko‘rsatadi.
F.Kotlerni hisoblashicha, tashkilot missiyasini belgilashda quyidagi beshta omillarni
hisobga olish kerak:
tashkilotning tarixi, uning jarayonida tashkilotning falsafasi ishlab chiqilgan,
faoliyatning qiyofasi va uslubi, bozordagi o‘rni va h.k.
shakllantirilgan;
mulk egalari va boshqaruv xodimlari hulkinig uslubi va harakatlari usuli;
tashqi muhitning holati;
tashkilot o‘z maqsadlariga erishishi uchun foydalaniladigan resurslar;
tashkilot ega bo‘lgan ajralib turuvchi xususiyatlar.
Bundan tashkari tashkilotning maqsadiy muljallari, faoliyat sohasi, falsafasi(qadriyatlari
va ishonchlari) faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari va usullari kabi ta’riflarini ham
hisobga olish zarur.
Shunday qilib, missiya tashqi muhit sub’ektlariga tashkilot nimadan iborat ekanligi
haqida umumiy tasavvur yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, u tashkilotni faolroq
boshqarish uchun korporotiv ruhni va sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Tashkilot
faoliyatining umumiy yo‘nalishlari unga ko‘ra belgilanadilar.
Keyinchalik
Dostları ilə paylaş: