NTM huquqiy statusi nizom tomonidan belgilanadi, ular mustaqil tashkilotlar
bo‘ladilar.
NTM ham bozor va nobozor ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanishlari mumkin:
a) bozor NTM –o‘z xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydilar.
Ular bozor
xizmatlarini ishlab chiqaradilar. bunday NTM ga quyidagilar kiradilar:
-
pulli universitetlar, kollejlar, kasalxonalar;
-
korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, ilmiy-ta’qiqot
muassasalari,
reklama byurosi, tadbirkorlar assosiasiyalari va boshqalar)
b) nobozor NTM – moliyalashtirishning boshqa manbalariga mo‘ljalan-tirilganlar
(badallar, hayriyalar, byudjetdan moliyalashtirish). Bunday NTM ga quyidagilar kiradi:
-
istemolchilar assosiasiyalari, uyushmalar,
siyosiy partiyalar, rasio- nalizatorlik va
kashfiyotchilik jamiyatlari, ilmiy va diniy jamiyatlarning shaxsiy a’zolariga
xizmat
kursatuvchi NTM. Resurslari badallar hisobidan shakllantiriladi ;
-
hayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi NTM. Ularning resurslari badallar,
hayriya
mablag‘lari, hukumatning yordam pullari hisobiga shakllantiriladi;
-
hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan NTM - bu muassasalar
atrof-muhitini muhofaza qilish, buxgalteriya hisobi va statistika, sog‘liqni saqlash va ta’lim
sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar. Ular davlat boshqaruvi
idoralariga kiradilar.
Dostları ilə paylaş: