5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


Yuridik shaxslar birlashmalari



Yüklə 254,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/26
tarix07.01.2024
ölçüsü254,33 Kb.
#204315
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja

Yuridik shaxslar birlashmalari
(assosiyasiyalar, uyushmalar). Tijorat tashkilotlari 
o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, hamda umumiy mulkiy 
manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida o‘zaro shartnoma bo‘yicha notijorat 
tashkilotlari bo‘lgan assosiyasiyalar yoki uyushmalar ko‘rinishidagi birlashmalarni tashkil 
qilishlari mumkin. Bunda qandaydir vazifalarni birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni 
muvofiqlashuvi va muvofiq o‘zaro harakati va tashkilotlar faoliyatini taqsimlanishi 
ta’minlanishi kerak. 
Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, ixtiyoriy ravishda 
bu tashkilotlarning notijorat assosiasiyalari (uyushmalari)ga birlashishlari mumkin. 
Assosiasiya (uyushma) a’zolari o‘zlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs 
huquqlarini saqlab qoladilar Assosiasiya a’zolari uning majburiyat- lari bo‘yicha 
assosiyasiyaning ta’sis hujjatlarida ko‘zga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali 
javobgarlikka egalar. 
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ta’siri 
ostida tashkilotlarni integrasiyalashuvining yangi shakllari paydo bo‘ladilar, ular 
tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan chiqishiga 
ko‘maklashadilar. Bunday tashkilotlar –birlashmalar maqsadlari, ishtirokchilar o‘rtasidagi 
xo‘jalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi tashkilotlarning mustaqiligi 
darajasiga ko‘ra farqlanadilar. Ularga kartellar, sindikatlar, pullar, trestlar, konsernlar
kontsorsiumlar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruhlar kiradilar. 
Kartel 
- bu, qoidaga ko‘ra, bitta soha firmalarini birlashishi , ular ko‘proq 
birgalikdagi tijorat faoliyati- sotishni tartibga solishga tegishli bo‘lgan bitimga kiradilar. 
Amalda kartel odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish hajmlarini belgilagan 
holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartel uchun ishtirokchilarning o‘z 
tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib qolishi va shuning bilan ta’minlanadigan 
xo‘jalik va yuridik mustaqillik, mahsulotlarni sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat xosdir, 
keyingisi ularning ishlab chiqarishlariga ham cheklangan darajada tarqalishi mumkin.
Kartelning ichidagi raqobatni cheklanishi yirik ishtirokchilarga kichik firmalarga o‘z 
shartlarini o‘tkazishga va shuning bilan bir vaqtda keyingilarni tashqaridan bo‘ladigan 
raqobatdan himoyalashga imkon beradi. Ammo kartelda o‘rnatilgan muvozanat, qoidaga 
ko‘ra, uzoq muddatli va mustahkam bo‘lmaydi. Raqobatning ta’siri ostida kartellar biroz 
vaqtdan keyin yangitdan, ko‘pincha kengroq xalqaro asosda vujudga kelish uchun tarqalib 
ketadilar. Kartel bitimining mazmuniga ko‘ra kartellar qo‘yidagilarga bo‘linadilar: 
-
kondision, tovarlarni sotish sifatlarini belgilab beruvchilar
-
ishlab chiqaruvchi, har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning hajmi (kvotasi )ni 
belgilovchilar; 
-
mintaqaviy, sotish xududlarini belgilovchilar; 
-
narxli, ishtirokchilar uchun tovarni sotish narxini belgilovchilar; 
-
patentli, qandaydir texnik kashfiyotdan birgalikda foydalanish yo‘nalishlari yoki 
foydalanmaslikni belgilab beruvchilar; 
-
foydani taqsimlash bo‘yicha kartellar. 

Yüklə 254,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin