uning aybi bilan shoʻba jamiyatga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga
egalar.
Ishlab chiqarish kooperativi (arteli)
- fuqarolarning o‘zlarning shaxsiy mahnatlari
va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va boshqa xo‘jalik
faoliyati (sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish,
ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish) uchun a’zolik
va uning a’zolari(ishtirokchilari)ning mulkiy payli badallarini birlash- tirish asosidagi
ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis
hujjatlari
tomonidan uning faoliyatida yuridik shaxslarni ham ishtiroq etishi ko‘zda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativi tijorat tashkiloti bo‘ladi.
Kooperativning firma nomi uning nomi va “ishlab chiqarish kooperativi” yoki
“arteli” so‘ziga ega bo‘lishi kerak.
Kooperativning ta’sis hujjati uning a’zolari umumiy majlisi tomonidan tasdiqlangan
nizomidan iborat bo‘ladi.
Kooperativ a’zolarining soni beshtadan kam bo‘lmasligi kerak.
Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning a’zolarining umumiy majlisidan
iborat bo‘ladi.
Ellik nafardan ortiq a’zosiga ega kooperativda
i
kuzatuv
kengashi tashkil qilinishi
mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Boshqaruv va(yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari bo‘ladilar. Ular
kooperativ faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv kengashi va
kooperativ a’zolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar.
Faqat kooperativ a’zolari kooperativning kuzatuv kengashi va boshqaruvining
a’zolari, hamda kooperativ raisi bo‘lishlari mumkin. Kooperativ a’zosi
bir vaqtda kuzatuv
kengashi a’zosi va boshqaruv a’zosi yoki kooperativ raisi bo‘lishi mumkin emas.
Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan qarorlarni
qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab beriladi.
Kooperativ a’zolari umumiy majlisining mutloq huquq doirasiga qo‘yidagilar kiradi:
nizomni o‘zgartirish;
kuzatuv kengashini tashkil qilish va uning a’zolari vakolatlarini tugatish,
hamda
agar bu huquq nizom bo‘yicha uning kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo‘lsa,
kooperativ ijroiya idoralarini tashkil qilish va vakolatini tugatish;
kooperativ a’zoligiga qabul qilish va undan chiqarish;
kooperativning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash
va uning
foyda va zararlarini taqsimlash;
kooperativni qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qarorni qabul qilish.
Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi qonun va kooperativ nizomi tomonidan
umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa
masalalarni hal qilish ham
kiritilishi mumkin.
Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq doirasiga
kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal qilish uchun
topshirilishi mumkin emas.
Kooperativ a’zosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta ovozga ega
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: