Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aksiyalarning ma’lum
soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning
majburiyati bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar qiymati
doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘lik zarar ko‘rish xatariga egalar.
Aksiyalarga to‘liq haq to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining
majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalarning haq to‘lanmagan qismi
doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Jamiyatning firma nomi uning nizomi va jamiyat aksiyadorlik ekanligining
ko‘rsatilishiga ega bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilari o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning
roziligisiz tortib olishlari mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik
jamiyati deb ataladi. Bunday jamiyat o‘zi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq
obunani o‘tkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilangan
shartlarda erkin sotishi mumkin.
Aqsiyadorlik jamiyati boshqaruvning yuqori idorasi uning aksiyador- larining
umumiy majlisidan iboratdir.
Aksiyadorlar umumiy majlisining favqulotida huquq doiralariga quydagilar kiradilar:
jamiyat nizomini o‘zgartirish , shu jumladan uning nizom sarmoyasini o‘zgartirish
;
aksiyadorlarning ellikdan ortiqroq soniga ega jamiyatda direk-torlar kengashi
(kuzatuv kengashi) a’zolarini va jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi)ni saylash va
ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyat ijroiya idoralarini tashkil qilish va , agar jamiyat nizomi tomonidan bu
masalalarni yechish direktorlar kengashi ( kuzatuv kengashi) ning huquq doirasiga
kiritilmagan bo‘lsa, ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyatning yillik hisobotlari, buxgalteriya balanslari, foydalar va zararlar
hisobotini tasdiqlash, uning foydalari va zararlarini taqsimlash;
jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish.
Aksiyadorlik jamiyatlar haqidagi qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning
favqulotida huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham kiradi. Qonun
tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotlarda huquq doirasiga tegishli bo‘lgan
masalalar jamiyat ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas .