Virtual korporasiya- eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo‘lib, vaqtinchalik
asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan o‘zaro
foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida
birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar(etkazib beruvchilar, buyurtmachilar va hattoki sobiq
raqiblar)ning tarmog‘idan iborat bo‘ladi. Virtual korporasiyaning texnologik poydevorini
axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular “elektron” aloqalarda birlashish va epchil
shakllikni amalga oshirishga yordam beradi.
Xo‘jalik tashkilotlari bo‘lmagan yuridik shaxslar xo‘jalik faoliyati bilan faqat
o‘zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta’minlash uchungina shug‘ulanishlari mumkin.
Ular xo‘jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot kooperativlari, hayriya
yoki qonunchilikda ko‘zga tutilgan boshqa jamg‘armalar shaklida mavjud bo‘ladilar.
Bunday yuridik shaxs bo‘lgan institusional birliklarga hammadan avval
korporasiyalar va kvazikorporasiyalar kiradilar. Korporasiyalarning asosiy alomatlari
quyidagilar:
-
qonunga muvofiq boshqa institusional birliklardan mustaqil bo‘lgan korxonalar
yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;
-
mustaqil yuridik shaxs bo‘ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat
registri (YADR) da ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
-
faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;
-
aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo‘ladi;
-
xo‘jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli bo‘ladi
va ular tomonidan xarid qilingan qog‘ozlar qiymatiga mutonosib ravishda taqsimlanadi;
-
tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar to‘lagandan keyin qolgan ulushini
olish huquqiga egalar;
-
rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
-
aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;
-
oraliq emas, balki yakuniy iste’molchi sifatida bo‘ladi;
-
shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to‘lash uchun
qonun oldida javobgarlikka ega bo‘ladi;
-
korporasiya tomonidan xalq iste’moli tovarlarini xarid qilinishi natura shaklidagi
ish haqi sifatida bo‘ladi.
Korporasiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat korporasiyalar
tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko‘pgina institusional birliklardan iborat bo‘ladilar.
Konglomerat-korporasiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga egalik
qiluvchi yoki bosh siyosatga ta’sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona korporasiyalar
ajralib turadilar.