“O‘zini o‘zi boshqarish” atamasi o‘zini o‘zi boshqarishning mustaqilligi
va shaxsiy atamashunosligini aks ettiradi. Tashkilotlarning o‘zini o‘zi boshqarishi asosida
ularning iqtisodiy va boshqa manfaatlari yotadi.
Birinchi bosqich – tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy
vazifalar – bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko‘proq foyda olishdir.
Ikkinchi bosqich – tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi – qisqa
muddatli foyda va jadal o‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir qismini qamrab olish.
Uchinchi bosqich – tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar
bo‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bo‘ladi. Eng muhim vazifa - korxonaning
obro‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda o‘zgartirishlar kiritishni
talab qiladi.
To‘rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi
natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy
maqsadi mavjud o‘rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir.
5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma’lum bir muhitda(ichki va
tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo‘l
qo‘ygan holdagina bo‘lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati
va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta’siri
natijasidir.
Tashkilotning
ichki muhiti uning hayotiy kuchining man’basi bo‘ladi. U o‘z ichiga
tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma’lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va
yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha
faoliyat yuritishini ta’minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi
bo‘lishi mumkin.
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan
iborat bo‘ladi. -tashkiliy tuzilma;
-tashkilot ichidagi jarayonlar;
-texnologiya;
-xodimlar;
-tashkiliy madaniyat.