soddahujjatlar (muayyan bir masalani o’z ichiga oladi);
murakkabhujjatlar (ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi).
Mazmuni bayonining shakli jihatidan xususiy (individual), namunali va qolipli (trafaretli) hujjatllar farqlanadi. Matnning o’ziga xosligi, byetakrorligi, hamisha ham bir andozada bo’lmasligi xususiyhujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo’lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo’ladi. Namunali hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqarishning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog’liq, bir-biriga o’xshash va ko’p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o’z ichiga oladi. Qoliplihujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o’zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o’zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki qo’lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko’pincha “yozmoq” emas, balki “to’ldirmoq” so’zi ishlatiladi. Shu o’rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo’llardan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda inson mehnatini anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalar va boshqa ko’plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko’ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko’ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo’lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k).Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko’ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko’chirma. Aksar hujjatlar dastlab