Ish hujjatlari va ularga qo’yiladigon asosiy talablar



Yüklə 21,1 Kb.
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü21,1 Kb.
#180121
1   2   3   4
Ish hujjatlari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar

Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko’rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo’ladi. Ularda tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog’liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko’rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to’rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o’rinli. Ish yuritish tili va uslubiga rioya qilish
Tashkilotda ish yuritish odam (xodim) orqali amalga oshiriladi. Uning davlat tilini mukammal bilishi, ish yuritish uslublariga rioya qilishi hujjatchilikni takomillashtirish va shakllantirish samarali ta’sir ko’rsatadi. hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o’zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Har bir menejer, menejment, rahbar tashkilotlarning xodimlari, umuman, faoliyati ish yuritish (munshoot, munshiylik) bilan bog’liq har bir kishi o’zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo’lishi kerak. Bu siz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo’nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo’lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, rahbar vaqtini 50-90%ini axborotlarga va hujjatlashtirishga sarflaydi. Axborotni uzatish va hujjatlashtirish ko’p hollarda menejmentning qobiliyatiga ham bog’liq. Ma’lumot kimga tegishli bo’lsa, uzatilgan axborot qabul qiluvchi tomondan aynan bil xil idrok qilishga erishish lozim. Ko’pgina menejerlar bu muammoning ahamiyatini tushunadilar va bunga katta e’tibor beradilar.


Yüklə 21,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin