Maktabgacha taʼlim agentligining 2023 — yil
avgustdagi
-sonli buyrugʻiga 3-ilova
Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritish boʻyicha
QOʻLLANMA
KIRISH
Mazkur qoʻllanma davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda–MTT) pedagoglarining ish hujjatlarini (Keyingi oʻrinlarda– hujjatlarini) toʻgʻri rasmiylashtirish hamda unga ijodiy yondoshgan holda amal qilish tartibini belgilaydi.
Qoʻllanmani
tayyorlashdan maqsad, MTTda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari
asosida tashkil etish, shuningdek hujjatlar yuritilishida taʼlim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligini taʼminlashdan iborat.
Qoʻllanma oʻquv yili boshida MTT direktori tomonidan pedagog kadrlariga tanishtiriladi hamda har bir pedagog mazkur qoʻllanmaga amal qilishga va hujjatlarni yuritishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
MTTda faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglarda oʻquv dasturlar va metodik qoʻllanmalar boʻlishi lozim.
01 – Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruv hujjatlari 01-01. Kiruvchi meʼyoriy–huquqiy hujjatlar:
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan
yuborilgan hujjatlar (buyruq, xat b.q).
Turli tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlar.
Ushbu indeksda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi
tomonidan yuborilgan buyruq, xat va hujjatlar va turli tashkilot hamda
idoralardan kelgan hujjatlar,
shuningdek, ularni roʻyxatga olish daftarlari saqlanadi.
Namuna