15
Oʻquv yili yakunida yoʻllanma va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobi quyidagicha tahlil qilinadi va yopiladi.
20yil 31-avgustda jami yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar soni;
Yil davomida_ nafar bola yoʻllanma yoki TPPK xulosasi asosida MTTga qabul qilindi, _ta shartnoma tuzildi.
nafar bola MTTdan chiqarildi, ulardannafar bola maktab taʼlimiga ketdi va koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlarinafarbola sogʻlomlashtirildi.
02-03. Korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalish (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun) — bu aniq bir bola uchun moʻljallangan koʻp yoʻnalishli taʼlimiy yakka tartibdagi yoʻnalishini tavsiflovchi, shu jumladan oila bilan hamkorlikda olib boriladigan hujjatdir.
KTIDMTTva QTMTTning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi bola qabul qilinganda uning oʻziga xos va yosh xususiyatlarini, sogʻligʻi holati va rivojlanish darajasini hisobga olib, korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalish ishlab chiqadi, uni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat boʻlsa, unga oʻzgartishlar kiritadi. Mazkur hujjatni yuritilishi uchun defektolog masʼul hisoblanadi.
Korrekson-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishi monitoringi olib boriladi va yakuniy xulosa chiqariladi.
Tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi xulosasiga binoan KTIDMTT va QTMTTga qabul qilingan bola mutaxassislar tomonidan 2 hafta davomida kuzatiladi. Oʻtkazilgan kuzatuvlar natijasiga koʻra “Bolaning rivojlanish xaritasi” toʻldiriladi.
Korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalishni tuzish bosqichlari:
Bola haqida maʼlumotlarni toʻplash (kuchli tomonlari va muammolari).
Maqsad va vazifalarni aniqlash.
Taʼlim usullarini tanlash.
Amalga oshirish.
Baholash (maqsadga qanday erishildi?).
Tekshirish va korreksiyalash.
Maqsadlarni belgilashda uning aniqligini hisobga olish va bola unga xaqiqatdan ham erishishga imkon beradigan rivojlanish darajasida ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Maqsadni shunday belgilash kerakki, olingan natijalarni oʻlchash yoki baholashning imkoni boʻlsin. Har bir MTT tarbiyalanuvchilarining
kontingentiga qarab oʻziga xos korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalishini tuzish huquqiga ega.