Ish o‘rinlarini tashkil etish, uni rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish.
“2010 yili ko‘rilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi, ularning 500 mingdan ortig‘i qishloq joylarda tashkil etildi. Kichik biznes sohasida 390 mingdag ziyod, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasida 270 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari ochildi.
Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, byudjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korsonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Keng ko‘lamli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida o‘tgan yili 840 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshiishni ta’minladi.
Neft-gaz uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil sanoati uchun butlovchi qismlar va boshqa 120 dan ortiq yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 2 mingga yaqin yangi sh o‘rni yaratildi”.
Ish o‘rni — ishlab chiqarish makonining bir qismi bo‘lib, unda barcha asosiy va yordamchi texnologik usqunalar, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalar joylashgan bo‘ladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ish o‘rni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch o‘lchovli makon bo‘lib, uning doirasida xodimning barcha asosiy mehnat harakatlari amalga oshiriladi. Bu zona ish o‘rninint eng faol qismi hisoblanadi va uni tashkil etishga alohida talablar qo‘yiladi: insonning antropometrik va biomexanik parametrlariga mos kelishi, fiziologik jihatdan oqilona ish vaziyatini, tana a’zolarinish mehnat ashyolariga, asbob yoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish organlarigacha bo‘lgan masofa, shuningdek mehnat harakatlarining xavfsizligini va mehnat sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish o‘rni va ish zonasini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni fanning maxsus tarmog‘i — ergonomika tomonidan ishlab chiqiladi. Bu fanning vazifasi — insoning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini o‘rganish va eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqishdir. Bu sharoitlar asbob-uskunalar, mehnat sharoitlari va texnologiyalarning tuzilishi inson organizmining psixo-fiziologik xususiyatlariga mos kelishishini ta’minlaydi.
Bugun ish o‘rinlari bir qator belgilarga ko‘ra tasniflashgiriladi. Ular mexanizatsiya darajasi bo‘yicha 5 guruhga bo‘linadi: qo‘l, mashina-qo‘l va mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan va apparaturali ish o‘rinlari.
Qo‘l ishida ish o‘rinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qo‘l bilan amalga oshiriladi, qo‘l asboblari qo‘llaniladi, mehnat ashyolarini o‘zlashtirishning asosiy energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi.
Mashina-qo‘lda ish bajariladigan ish o‘rinlarida mehnat buyumlariga mexanizmlar bilan ishlov berish (o‘zgartirish) va tashqi energiya (elektr, issiqlik, kinetik) hisobiga, lekin bevosita xodimning ishtiroki bilan ishlov berish kiradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlari qo‘l va mashina-qo‘dtsa ish bajariladigan ish o‘rinlaridan shu bilan farq qiladiki, asosiy texnologik jarayoilar to‘la-to‘kis mashinalar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf etiladi, mehnat buyumini o‘zgartirish esa uning zimmasiga kirmaydi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan stanokchilar, avtotransport haydovchilari, ekskavator yoki buldozer mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshqa ko‘pgina kasblar va ish turlarini bajaradigan xodimlarning ish o‘rinlari kiradi. Bu erda mashina avtomat tarzida emas, balki insonning doimiy boshqaruvida ishlaydi.
Avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarida butun texnologik jarayoni stanok, mashina yoki avtomat tarzida harakat qiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, xodim zimmasida faqat avtomatni ishga tushirish va to‘xtatish uning ishini nazorat qilish va zarur bo‘lganda sozlash va yarim sozlash ishlari qoladi. Xodimnint anchagina vaqti bo‘shab qoladi, bu vaqgdan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda va mehnat unumdorligini oshirishda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Apparaturali ish o‘rinlari turli apparatlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular yordamida issiqlik, elektr, kimyoviy va biologik energiya hisobiga mehnat buyumiga ta’sir ko‘rsatiladi. Avtomatlashgan jarayonlarda bo‘lgani kabi xodim faqat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat qiladi, zarurat tug‘ilganda ularni tartibga soladi.
Ixtisoslashuv belgisi bo‘yicha barcha ish o‘rinlari ixtisoslashgan va universal ish o‘rinlariga bo‘linadi. Mazqur vazifalarni bajarish uchun jihozlangan ixtisoslashgan ish o‘rinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi bo‘yicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumkin (qoliplovchi, termist, burg‘ulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish o‘rinlari). Universal ish o‘rinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish o‘rinlari odatda asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish tarzida tezda boshqasiga o‘tib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar bo‘ladi (masalan, ta’mirlash — texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va shu kabi sharoitlarda).
Mehnat taqsimoti belgisi bo‘yicha ish o‘rinlarining ikki turi — yakka tartibdagi ish o‘rinlari va jamoa ish o‘rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o‘rnida har doim bitta ijrochi xodim band bo‘ladi. Jamoa ish o‘rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat ko‘rsatganda). Bu o‘rinda kadrlarni tanlash ijrochilar o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va xar bir xodimning jamoa mehnatiga qo‘shgan mehnat hissasiga xolisona baho berish muhim ahamiyatga egadir.
Xizmat ko‘rsatiladigan asbob-uskunalar soniga karab ish o‘rinlari bir stanokli va ko‘p stanokli bo‘lishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq ish o‘rinlariga yarim avtomat yoki avtomat asbob-uskuna bilan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin bo‘lgan sonlarini to‘g‘ri aniqlash zarur. Bundan maqsad ularning bekor turib qolishiga barham berish va ijrochi ishchilarni unumli mehnat turi bilan band qilishdir. Bunday xizmat ko‘rsatishga ishlab chiqarish to‘liq yoki qisman avtomatlashgan taqdirda erishish mumkin, har bir stanokda mashina avtomat vaqgi mavjud bo‘lib, bu vaqt mobaynida ishchi yana bitga yoki boshqa ko‘pgina stanoklarga xizmat ko‘rsata oladi. Hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi.
NKK = T MA / Txiz+ T ut
Bu erda: NKK — ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish normasi;
T MA — bitga stanokda mashina-avtomat ishining vaqti;
Txiz— bitga stanokka xizmat ko‘rsatish vaqti;
T ut — bitta stanokdan boshqasiga o‘tish vaqti.
Nihoyat ish o‘rinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitga ish o‘rnida joylashgan va jihozlangan muhim ish o‘rinlariga (masalan, sganokchilar, yig‘uvchilar apparatchilarning ish o‘rinlari) makonda doimo joyini almashtirib turadigan ko‘chma ish o‘rinlari (quruvchilar, kon ishchilari, navbatchi yoki ta’mirlovchi xodimlarning ish o‘rinlari).
Ish o‘rinlarini tasniflashning boshqa belgilari ham joriy etilishi mumkin. Masalan, ochiq va er osti kon ishchilarida parmalovchilarning ish o‘rinlari ochiq va er osti ishchilari uchun, montajchilar uchun — balandlik va er usti yuzasidagi montaj bo‘yicha ishlar uchun ajratilishi mumkin va hokazo.
Lekin ish o‘rinlari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ular qanday turkum va guruhlarga bo‘linmasin, ish o‘rinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu elementlari juda muhim va e’tibor berishga molikdir.
Ish o‘rnini ta’minlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari:
asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy
jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza
qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Asosiy texnologik uskunalarga: stanoklar, ish manshnalari, agregatlar, avtomat liniyalar, texnologik apparaturalar va shu kabilar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar kiritiladn
Yordamchi asbob-uskunalar: transportyorlar, rolganglar va boshqa transport vositalarini yig‘ish, payvandlash va sinash stendlari, turli yuk ko‘tarish qurilmalari va hokazolar kiradi.
Texnologik uskuna tarkibiga qirquvchi va o‘lchovchi asboblar, turli moslamalar va texnik hujjatlar kiradi, tashkiliy jihozlar esa ishlab chiqarish mebeli, idishlar, signal berish vositalari, aloqa yoritish vositalari, to‘sib turuvchi va saqlovchi qurilmalar hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi vositalarini qamrab oladi. Sanoatning har bir tarmog‘ida asosiy va yordamchi ishchilarning, ayniqsa mashinasozlikning etakchi tarmoqlaridagi ishchilarning ish o‘rinlarini jihozlashga kiradigan batafsil buyumlar ro‘yxati ishlab chiqilgan bo‘ladi.
Asosiy va yordamchi texnologik asbob-uskunalarga hamda texnologik va tashkiliy jihozlash ashyolariga qattiq ergonomik talablar qo‘yiladi. Ergonomika insoniyatning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini o‘rganadi va ishchanlik qobiliyatini, yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sonini saklashni ta’minlaydigan qoidalarni ishlab chiqadi.
Ergonomika „Inson — mashina — muhit" tizimini o‘rganadigan, insonning tanasi antropometrik mezonlarini fiziologik va psixo-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiena talablarini belgilab beradi.
Mashinalar, asbob-usqunalar va jihozlarni loyihalashtirish va joylashtirish uchun ish o‘rni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana a’zolarining etishi mumkin bo‘lgan zonalarini aniqlash, ish harakatlari, traektoriyasi, mehnat jarayonida ish almashtirishlar va shu kabilar) muhim ahamiyatga egadir. Bu masaladagi eng muhim narsa inson harakatlari va energiyasini tejash tamoyili hisoblanadi. Ana shu vazifalarni hal etish uchun insonning antropometrik belgilarini, ya’ni inson tanasining asosiy o‘lchovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olish zarur. Asbob-uskunalar va ish o‘rinlarini loyihalashtirishga fiziologik jihatdan oqilona bo‘lgan ish holatini ta’minlaydigan jihatlar insonning antropometrik jihatdai mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi a’zolarining muvofiqligi) va ish o‘rinlarini hamda asbob-uskunalarini jihozlashning moddiy buyumlari mosligi asos qilib olinadi.
Ish o‘rnini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning o‘zaro bir-biri bilan funktsional jihatdan bog‘langan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning o‘zi uch o‘lchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi. Bunda mehnat vositalari va buyumlarning joylashuvi ikkiga asosiy talabga javob berishi lozim: bir tomondan ish joyida hamma narsaning bir erda to‘planib qolishiga, ikkinchi tomondan, ortiqcha harakatlarga mehnat buyumlari jihozlar va tayyor mahsulotlar orasida u yoqdan bu yoqqa yurishlarga barham berilishi kerak, Mehnat vositalari va buyumlarini joylashtirish qoidalarishshg buzilishi odatda ish vaqtining unumsiz sarf etilishiga va xodim kuch-g‘ayratining bekor ketishiga ertaroq charchab qolishi va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi. Ish o‘rnini oqilona rejalashgirishni ta’minlash uchun quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur:
ish makoni eng kichik bo‘lishi, lekin ish holatlarida antropometrik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda barcha mehnat harakatlarining erkin amalga oshirilishi uchun etarli bo‘lishi lozim;
asbob-uskunalarning joylashtirilishi asosiy ish zonasida amalga oshirilishi, ularning boshqarish organlari bo‘lsa xodimning qo‘li etadigan doirada bo‘lishi kerak;
xodim uchun qulay ish holatining yaratilishi u ortiqcha harakatlardan aylanish, burilish, egilish va qo‘shimcha charchashni keltirib chiqaradigan ortiqcha kuch-g‘ayrat sarflashdan holi bo‘lishi lozim;
barcha hollarda ish holati gavdaning, bosh va qo‘l-oyoqlarning qulay harakat qilishini ta’minlashi lozim;
ish zonasining yaxshi ko‘zga tashlanishini, mehnat qurollari, asbob, mexanizm va priborlarning yaxshi boshqarilganligiini ta’min etmog‘i darkor;
har bir ish o‘rnining texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liqligini, mehnat buyumlari orasidagi masofani va ularning joylashtirilishini mehnat vositalari va xodimlar mehnat harakati mazmunini o‘rganish lozim;
ish bajariladigan yuzaning balandligi va xodimning o‘tirish balandligi yoki oyoqlar ostidagi tagliklar balandligi (tik turib ishlaganda) muhim ahamiyagga egadir. Bu balandliklar tartibga solib turilishi kerak, bu esa bo‘yi turlicha bo‘lgan ishchilarning faoliyati uchun qulaylik tug‘diradi;
— ish o‘rnini, ish holatini va ishlab chiqarish mebelini shunday rejalashtirish kerakki, xodimning ko‘zi bilan mehnat buyumi o‘rtasidaga fiziologik jihatdan maqbul bo‘lgan masofa alohida aniq bajariladigan ishlarda — 25 sm, aniq ishlarda — 25-35 sm; ko‘rish idrokiga unchalik yuqori talablar qo‘yilmaydigan ishlar guruhida 35-50 sm, ish bajarishda ko‘rish fokusi ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar sohasida 50 sm dan ortiq bo‘lishi muhimdir.
Ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni tashkil etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish o‘rinlarini mehnat vositalari, buyumlari bilan ta’minlash va ishlab chikarish xususiyatiga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi.
Xizmat ko‘rsatish tizimi — bu asosiy ishchilarning ish o‘rinlarini uzoq vaqt mobaynida — bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatishning 10 ta funktsiyasi mavjuddir:
1. Ishlab chiqarish — tayyorlash funktsiyasn. Unga ishlarni ish
o‘rinlari bo‘yicha taqsimlash, xom ashyo va materiallarni butlash,
texnik va iqtisodiy hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-
toshpiriqlar va shu kabilar) bilan ta’minlash, shuningdek turli
yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. Asosiy ishlab
chiqarishning muvaffaqiyati ham ko‘p jihatdan yaxshi tayyorlashga bog‘liqdir.
Asboblar funktsiyasn. Uning vazifasi — asosiy ishlab chiqarishni asbob va moslamalar bilan ta’minlashdir.
Sozlash funktsiyasi. Ishlatiladigan asbob-uskunalar qanchalik murakkab bo‘lsa, sozlash funktsiyasining roli shunchalik ko‘proq seziladi. Dastlabki sozlash, yashi yoki tuzatilgan jihozni o‘rnatshn, moslash, to‘g‘rilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat.
4.Energetnk funktsiya. Tsexlar, uchastkalar va ish o‘rinlarini
energiya bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalalari bilan ta’minlashda xizmat ko‘rsatishdir.
Ta’mirlash funktsiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chikarish va profilaktik xizmat ko‘rsatishdan, shuningdek tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat.
Nazorat funktsiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borishni, shuningdek chetdan olinadigan xom ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab ko‘rish va tahlil etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish mahsulotning yaroqsizligi oldini olishdir.
Transport funktsiyasn. Uning asosiy vazifasi — xomashyo, material, yarim mahsulotlar va butlovchi buyumlarni ish o‘rinlariga etkazib berish, mehnat buyumlarini ish o‘rinlari, uchastkalar va tsexlar o‘rtasida tashish, tayyor mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga etkazish, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqari, transport funktsiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi.
Ta’mirlash-qurilish funktsiyasi. Uning vazifasiga binolar, inshootlarni ishchi holatida saklash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa o‘rtacha ta’mirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yo‘llar va kirish yo‘laklarini ta’mirlash kiradi.
Xo‘jalik-maishiy funktsiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni saklashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut, kaloriyali nonushta, sharbatlar) bilan, shuningdek ishlab chikarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari bilan ta’minlaydi.
10. Ombor funktsiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bo‘lsa,
murakkab va keng tarmokli ombor xo‘jaligi mavjud bo‘lsa, transport
funktsiyasidan ajralib chiqadi.
Xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, iqgisodiy jihatdan qulayroq bo‘lgan ko‘pgina korxonalarda ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatishning aralash usuli qo‘llanadi, bunda eng muhim va murakkabroq funktsiyalar markazlashgan holda (masalan, asbob-uskunalarni sozlash va profilakgika ishlari), boshqalari — markazlashmagan holda tsexlar va uchastkalarning o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi.
Ikkinchi tomondan, yordamchi ishchilar o‘zlari asosiy mahsulotni ishlab chiqarmasligini, lekin butun mahsulot barcha ishchilarga taqsimlanishini ham etiborga olish kerak. Asosiy va yordamchi ishchilar soni nisbatlariga doir biron bir standart yoki yagona normativlar yo‘q: bu nisbatlar miqdori muayyan ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘likdir. Faqat shunday umumiy qonuniyatnigina qayd etib o‘tish mumkin: xizmat ko‘rsatish funktsiyalari kanchalik murakkab va xilma-xil bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni asosiy ishchilarga nisbatai shunchalik ko‘p bo‘ladi va aksincha.
Dostları ilə paylaş: |