Ish o’rnini tashkil etish reja: Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari


Mehnatni tashkil etishda mehnatni normalashning ahamiyati



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#199751
1   2   3   4   5
Ish o’rnini tashkil etish reja-fayllar.org

Mehnatni tashkil etishda mehnatni normalashning ahamiyati
Mehnatni tashkil etishda uni normalash katta rol o‘ynaydi. Mehnatni normalarsiz, ya’ni (miqdori va sifatini) biror hajmdagi ish yoki operatsiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnatni belgilamay turib, uni tashkil etib bo‘lmaydi.
Mehnatni normalash eng samarali mehnat usuli va metodlarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining eng yaxshi shakllarini ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatishning ratsional tizimini belgilashda qo‘llaniladi. Mehnatni normalash — bu ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi iqgisodiy faoliyatning muhim turi bo‘lib, uning yordamida zarur mehnat xarajatlari belgilanadi, uning natijalari aniqlanadi, turli toifadagi xodimlar mehnatining kooperatsiyasi amalga oshirshidi, ular ish o‘rinlariga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil ztish ehtiyojlaridan kelib chikib, mehnat normalari turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.

Mehnat normalarining barcha turlari ichida asosiysi — vaqt normasi bo‘lib, u bir birlik mahsulot, operatsiyani bajarishga sarflangan bir ishchi yoki ishchilarning sarflagan vaqti bilan o‘lchanadi. Vaqt normasi (tn) kishi-soat, yoki kishi-minutda o‘rnatiladi. Uning tarkibiga vaqt xarajatlarining asosiy vaqt (tas), yordamchi vaqt (tyor), ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti (tx.k.), tayyorlov va yakunlov vaqti (tt.ya.), dam olish va shaxsiy ehtiyojlar vaqti (td.o.e.) hamda ishlab chiqarishda to‘g‘rilab bo‘lmaydigan tanafus vaqtlari (ti/ch.t)ni o‘z ichiga oladi.

tn= tas+ tyor + tx.k.+ tt.ya. + tdo.e+ ti/ch.t

Mahsulot ishlab chiqarish normasi Tn (ish davri davomiyligini vaqt normasiga bo‘lish bilan aniqlanadi);

Tn= Fs+Chrb/ tn ;

Bu erda: Fs - ( soat, smena, dekada, oy) ishlab chiqarish normasini qo‘llashni ko‘zda tutgan ish vaqtining davomiyligi;

Chrb – bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar soni.

tn – bir birlik mahsulotga sarflanadigan vaqt normasi ( kishi-soat, kishi-minut).


Korxona miqyosida mehnat normalarining qamrab olish darajasi qo‘yidagi formalu bilan aniqlash mumkin:

Kon= Chrn/ Chro

Bu erda: Chrn – korxona bo‘yicha ishlovchilarning mehnati normalar asosida qamrab olinganligi.

Chro – ushbu toifadagi ishlovchilarning umumiy miqdori.


Korxona miqyosida ilmiy asoslangan normalar salmog‘ini aniqlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Dno= Chno/ Chro

Bu erda - Chno ilmiy asoslangan normalar asosida ishlovchilar soni;

Chro- mehnati normalashtiriladigan ishlovchilarning umumiy soni.

Dno= Kno/ Kon

Bu erda - Kno ilmiy asoslangan normalarning umumiy miqdori;

Kro- normalarning umumiy soni.

Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish normasining bajarilish (Uv) holatini tahlil qilish ham korxona bo‘yicha mehnat unumdorligi darajasini aniqlashga yordam beradi.

Uv =Vf/ Vn

Bu erda – Vf, Vn vaqt birligi ichida ishchilar tomonidan haqiqatda va ishlab chiqarish normasi bo‘yicha ishlab chiqargan mahsulot miqdori.

Ayniqsa, vaqt normasining bajarilish (Ut) holatini tahlil qilish vaqt sarfini yoritishga yordam beradi.

Ut = (Tn/ Tf) x 100%



Bu erda – Tn, Tf mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt normasining haqiqatda sarflangan vaqtga nisbatini foizdagi ifodasi.
Bundan tashqari xizmat ko‘rsatish normasi (xizmat ko‘rsatiladigan ishchilar soni bilan ifodalanadi); xizmat ko‘rsatish soni normasi (biron-bir stanok, agregat yoki potok liniyasita xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni bilan ifodalanadi); boshqaruvchanlik normasi (ishlab chiqarishning muayyan rahbariga bo‘ysinuvchi xodimlar soni bilan ifodalanadi).
Mehnatni tashkil etishga doir vazifalarni hal etishda ish vaqti sarfini hisobga olib turib har xil tashkiliy variantlarga baho beriladi.
Mehnatni tashkil etishning u yoki bu shaklidan foydalanish samaradorligi ayrim operatsiya va butun ish vaqti fondining strukturasini o‘rganish yordamida tekshiriladi. Qilinayotgan tahlil ishchining ish kuni davomida naqadar ish bilan band bo‘lishi, uskunalar ishini passiv kuzatish ulushining katta-kichikligi, uskunalarga xizmat ko‘rsatishda qanday metodlar qo‘llanilishi va hokazolar to‘g‘risida hukm yuritishga imkon beradi.
Operatsiya elementlari bo‘yicha haqiqiy sarflarni normativdagi, ya’ni hisob-kitobning ilmiy metodlari bilan asoslangan xarajatlar bilan taqqoslash operatsiya tizimini maqbullashtirishga, ishni bajarish vaqtidan foydalanishni yaxshilashga imkon tug‘diradi. Bu hollarda normalash vaqt rezervini aniqlashgagana emas, balki ko‘p stanokda ishlash va ko‘p apparaturaga xizmat ko‘rsatishni hamda kasb va funktsiyalar o‘rindoshligini joriy qilishga, yordamchi usullarni qisqartirish, ularning bajarish funktsiyalarini uskunalarga yuklash imkoniyatini tekshirishga imkon tug‘diradi.
Ish kunidan to‘liq foydalanish, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmatni yaxshilash, xodimlarni ilg‘or mehnat usullari va metodlariga o‘rgatish ishi mehnatning tegishli kasbiy normalarini belgilash bilan albatta qo‘shib olib borilishi shart. Va, aksincha, ilmiy jihatdan asoslangan normalar mehnatni ratsional tashkil etishni talab egadi.
Mehnat normalari xodimlarning ish bilan band bo‘lish darajasini belgilaydi, ish vaqtidan samarali foydalanish darajasiga, mehnat intizomi holatiga ta’sir ko‘rsatadi, ishning ratsional sur’ati va ritmini belgilashga yordam beradi. Mehnat normalari, personal sonini, ularning mehnatiga to‘lanadigan ish haqi miqdorini belgilashga asos bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganlarning hammasi mehnatni tashkil etishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘riladigan tadbirlarni ishlab chiqish va joriy qilishda mehnatni normalashning etakchi roli borligini ko‘rsatadi. Bu ishni faqat normalarni ishlab chiqish metodlarini yaxshilashdan, ularning asoslilik darajasini oshirishdan, normalashtiriladigan ish sohalarning kengaytirishdangina iborat qilib qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi. Mehnatni normalashni takomillashtirish sanoat korxonalari xodimlarining mehnatini tashkil etishni yaxshilash vositasi bo‘lmog‘i lozim. Mehnat normalari mehnatni tashkil etishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uni takomillashtirishning ikki muhim vazifasini belgilab berdi. Bu vazifaning birinchisi normalashni tatbiq qilish sohasini barcha choralar bilan kengaytirib, unga barcha ishchi, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar mehnatiga kiritish kerak. Bu vazifaning ikkinchisi esa, normalashning ilmiy va amaliy darajasini yuksaltirishni ko‘zda tutadiki, normalar mehnatni tashkil etishni keng joriy qilish ishiga katta yordam ko‘rsatsin.
Bu vazifalarni hal etish mehnatni normalashni ishlab chiqish metodlarini takomillashtirishga, normativ ishlarining yanada rivojlantirilishiga bog‘liqdir.
Mehnatni normalash uslublarini takomillashtirish va uni qo‘llanish sohasini kengaytirish ishi mehnatni tashkil etishninng muhim qoidalariga asoslangan va uni keng joriy etilishiga yordam berishi lozim.
Mehnatni normalashni takomillashtirish, uning ilmiy-amaliy darajasini yuksaltirish va uni tatbiq qilish sohasini kengaytirish g‘oyat katta ahamiyagga egadir, chunki hali ayrim korxonalarda tajriba-statistik normalar salmog‘i katta bo‘lib, bu normalar chuqur tahlil asosida ishlab chiqilgan emas. Holbuki ishlovchilar soni va tizimini to‘g‘ri belgilash, ularni to‘g‘ri joy-joyiga qo‘yish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning eng muvofiq formalarini tanlash ilmiy jihatdan asoslangan normalashga bog‘liqdir.
Mehnat sarfinint har jihatdan asoslangan normalaridan foydalanish korxonada ish kuchlarini to‘g‘ri joy-joyiga qo‘yish bilan bog‘liq bir qancha masalani hal etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunday masalalar jumlasiga, masalan, quyidagalar kiradi:

  1. Ish hajmini e’tiborga olib xodimlarni individual tartibda ish joylariga qo‘yish va ish uchastkalarini belgilash. Bunda har bir ishchi butun ish kunida ish bilan ta’min etiladi;


  2. kasblar o‘rindoshligi masalasi. Buni hal etish uchun dastlab o‘rindosh qilinadigan ishlar mehnat sarfining asosli normalaridan foydalanish, ish kunining har xil paytlarida xodimlarning asosiy ish bilan band bo‘lish darajasini o‘rganish asosida belgilab chiqish talab etiladi;


  3. ko‘p stanoqda ishlash masalasi. Buni hal etish uchun mehnat operatsiyalarini bajarishda qo‘l va mashina bilan qilinaditan ishlarga sarf bo‘ladigan vaqt nisbatlarini ham, ish kuni davomida ishchining ish bilan band bo‘lish, uskunalarshshg esa ishlab turish darajasini ham xronometrik va ish kunini boshdan-oyoq tinmay quzatib borish yo‘li bilan sinchiklab o‘rganish talab qilinadi;


4) ishlab chiqarish brigadalarini tuzish masalasi. Buning uchun dastlab brigadaga yuklanadigan ishning miqdor va sifat tizimi o‘rganiladi, kasb va malaka jihatidan qancha ishchi talab qilinishi belgilanadi, so‘ngra brigada a’zolariga ishning to‘g‘ri taqsim qilinganligi, ish kuni davomida uskunalardan to‘la va to‘g‘ri foydalashshsh tekshiriladi. Bu masalalarnint xammasi mehnat sarfining asosli normalari hamda ish kunini boshdan-oyoq kuzatib borish va xronometraj metodi yordamida muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.


Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib, mehnatni normalash mehnatni tashkil etishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosa chiqarish mumkin.


Xulosa
Mehnatni tashkil etishning zarurligi ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan va doimiy ravishda rivojlanib boruvchi kategoriyalar: mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan bog‘liqdir. Mehnat taqsimotining chegaralari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning buzilishi odatda mehnat unumdorligining, mahsulot tan-narxi va shu kabilarnint o‘zgarishiga olib keladi.

Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining har qanday shakllarida xodimning samarali ishlashining zarur sharti ish o‘rinlarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Shuni hisobga olish zarur, kishilarning hech qanday birgalikdagi mehnati ularning qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lidagi mehnat amallari va sa’y-harakatlarini birlashtirmasdan turib uni amalga oshirish mumkin emas.

Keyingi vaqtlarda mehnatni tashkil etish sohasidagi tadbirlarning ahvoli birmuncha yomonlashdi va bir qadar orqaga ketish sodir bo‘ldi. Bu narsa mehnat unumdorligining pasayishida, mahsulot sifatining, tovarlar, xizmatlar sifatining yomonlashuvida, ish vaqti bekor isrof bo‘lishining ortishida xodimlar, kasb tayyorgarligining pasayib ketishida va shu kabilarda namoyon bo‘ldi. Shu sababli ham mehnatni tashkil etish sohasidagi bilimlarning muntazamligi ayniqsa muhimdir. Mehnatni tashkil etish bilan uni normalash chambarchas bog‘liqdir. U mehnat va ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi faoliyatidan iboratdir.

Korxonalarda vaqt, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruvchanlik kabi mehnat normalarini to‘g‘ri qo‘llash va uni takomillashtirish mehnatni tashkil etish samaradorligini oshirishga olib keladi.


Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin