Ish vaqti sarfini kuzatish uslublari


Ish vaqti shaxsiy fotografiyasining kuzatuv varaqasi



Yüklə 51,69 Kb.
səhifə4/5
tarix30.04.2023
ölçüsü51,69 Kb.
#105248
1   2   3   4   5
ISH VAQTI SARFINI KUZATISH USLUBLARI

Ish vaqti shaxsiy fotografiyasining kuzatuv varaqasi
(ustki tomoni)

Kuzatilgan sana: 24.02.2001 yil.


Kuzatuv boshlanishi:8.s.00 min.
Kuzatuv tugallanishi:17s.00 min.
Ish: 2101 markali «Jiguli» mashinaning ta’mirlangan oldingi eshiklarini bo‘yash.
Ishlash sharoiti: qoniqarli.
Xodim: Sattorov S.
YOshi: 25
Ish staji: 6 yil.
YUqorida ko‘rsatilgan ish bo‘yicha
ish staji 4 yil.
Mehnatga munosabati:-vijdonan yondashadi.
Xodimning razryadi: VIII
Ishning razryadi: VIII
Kuzatuvchi: +utlimurodov F.

Odatda, ish vaqti sarfini kuzatish ish kuni boshlanishi bilan to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidan qat’i nazar, xodim ishga yoki xizmat ko‘rsatishga kirishganidan boshlanadi va ish kuni (smena) oxirida yoki ish tugaganda kuzatish to‘xtatiladi. Agar xodim vazifani bajarishni ish kuni (smena) boshlanishdan oldinroq boshlasa, unda ish vaqti sarfini kuzatish shu zahotiyoq, ya’ni ishni boshlashdan boshlanadi. Xodim ishni yoki xizmat ko‘rsatishni kechikib boshlagan bo‘lsa, unda tegishli belgilar qo‘yiladi, chunki bunday ish vaqti sarflari xodim tomonidan mehnat intizomini buzganligi natijasida yuzaga keladi va ular tanaffus vaqtlari tarkibiga kiradi. Xodim tushlik paytida ham ishlayotgan yoki ish kuni (smena) tugagandan keyin ham ishni davom ettirayotgan bo‘lsa, ish vaqti sarfini kuzatish to‘xtatilmaydi. SHuning uchun ham ish kuni fotografiyasi o‘tkaziladigan kunda kuzatuvchi F.+utlimurodov kuzatiluvchi S.Sattorovning ishlash joyiga ish boshlanishidan 15-20 minut oldinroq kelib, soatini ish boshlanishi haqida xabar beradigan soatga to‘g‘rilashi, kuzatish uchun joy tanlashi kerak. Tanlangan joy shunday bo‘lishi kerakki, unda kuzatiluvchi xodimning hamma harakatlari ya=qol ko‘rinib tursin.


(1-shaklning davomi)
Ish kuni sarfi shaxsiy fotografiyasining kuzatuv varaqasi
(ichki tomoni)



Tartib raqami



Bajarilgan ishlarning nomlari

Joriy
Vaqt



Davomiylik

Simvol

Bo‘yalgan eshiklar soni

Kuzatvchining izohi

soat

min


Kuzatuv boshlanishi

8

00













1

Ustadan topshiriqni va asbob-uskunalarni oldi

8

10

10

T/YA







2

Bo‘yoqlarni omborxonadan olib keldi

8

20

10

T/YA







3

Ta’mirlangan eshiklarni omborxonadan olib keldi

8

30

10

T/YA







4

Ta’mirlangan eshiklarni bo‘yash bilan shug‘ullandi

11

30

180

OP

6




5

Ish joylarini supurdi, bo‘yoqda ishlatilgan asboblarni yuvdi, tozaladi

11

40

10

IX







6

Ta’mirlangan eshiklarni bo‘yash bilan shug‘ullandi.

12

00

20

OP

1




7

Tushlik

13

00

60

Tushlik




Ovqatga tanaffus
12.00dan 13.00gacha

8

Ta’mirlangan eshiklarni bo‘yash bilan shug‘ullandi

14

20

80

OP

3




9

SHaxsiy ehtiyojni qondirgani ketdi

14

30

10

SHE=







10

Ta’mirlangan eshiklarni bo‘yash bilan shug‘ullandi

15

30

60

OP

2




11

Dam oldi va hordiq chiqardi

15

40

10

DO







12

Buyoqlarni omborxonadan olib keldi

15

50

10

T/YA







13

Ish joylarini supirdi, bo‘yoqda ishlatilgan asboblarni yuvdi, tozaladi

16

00

10

IX







14

Ta’mirlangan eshiklarni bo‘yash bilan shug‘ullandi

16

50

50

OP

2




15

+o‘shnisi bilan gaplashib o‘tirdi va ishni tugatdi

17

00

10

IA




Ishdagi tanaffus




JAMI







480




14




uning uchun ish vaqti sarfini kuzatuvchi mutaxasis tanlangan joy bilan kuzatilishi zarur bo‘lgan ob’ekt (xodim yoki jihoz) orasidagi masofa 2 metrdan kam bo‘lmasligi, eng yaxshisi, 3 metr bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Undan tashqari, xodimning kundalik faoliyatiga xalaqit bermaslik, asosiy ishidan chalg‘itmaslik uchun, iloji boricha kuzatuvchi uning ish vaqti sarfini o‘zi tanlagan ob’ektga ko‘rinmaydigan joyda kuzatgani ma’qul.


Ish vaqti sarfini kuzatuvchi tadqiqot o‘tkazilayotgan texnologik, ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarini yaxshi bilmog‘i va etarli darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi shart. Olingan ma’lumotlarga to‘g‘ri va qisqa vaqt ichida ishlov berishni hamda ularni tahlil qilishni bilishi, ammo u xodimning ishni yoki xizmatni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bundan tashqari, xodimga har xil ko‘rsatmalar berishi, uni asosiy ishi yoki xizmatidan chalg‘itishi, kuzatish jarayonida u bilan suhbatlashishi, mehnat jarayonlarini va ish joyini tashkil etishga qandaydir o‘zgartirishlar kiritishi, rahbariyat faoliyatini va ko‘rsatmalarini tanqid qilishi va h.k.lar mutlaqo mumkin emas.
Ish vaqti sarfini fotografiya qilish quyidagi tartibda joriy vaqt bo‘yicha o‘tkaziladi: ish joyida bajarilgan ishlar, xizmatlar, yuz bergan hamma o‘zgarishlar «Bajarilgan ishlarning nomlari» degan ustunga to‘liq va aniq yozilib boradi; ish joyida biror o‘zgarish yuz bergan zohati kuzatuvchi uni yana o‘sha ustunga yozib qo‘yadi hamda soatga qarab, bu o‘zgarish qancha vaqt davom etgan bo‘lsa, uni “joriy vaqt” ustuniga shu o‘zgarishdan oldingi holat ko‘rsatilgan yozuv to‘g‘risiga yozib qo‘yadi. Bir kuzatuvning oxiri undan keyingi kuzatuvning boshlanishi bilan ulanib ketadi.
Kuzatuv varaqasidagi yozuvlar tushunarli, qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Masalan, umumiy gap, ya’ni «Omborxonaga ketdi» deb yozish o‘rniga aniq qilib: «Bo‘yoqlarni omborxonadan olib keldi», «Ustadan topshiriqni va asbob-uskunalarni oldi» va h.k. deb yozish kerak. «Bo‘yoqni olib kelib, ishladi» degan taxlitdagi yozuvlarga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Ish vaqtining shaxsiy fotografiyasini o‘tkazish (yozib olish, qayd qilish) vaqtida kuzatuvchi boshqa ishlarga chalg‘imasligi kerak. Kuzatish jarayonida bo‘sh vaqt bo‘lib qolsa, undan tushuntiruv yozuvlarini qayd etish uchun foydalanish lozim. Bu, olib borilgan kuzatuv natijalarini keyinchalik tahlil qilishni engillashtiradi.
Kuzatuv jarayonida kuzatuvchi har bir operativ ishni bajarganda tayyorlangan mahsulot miqdorini hisoblashi va kuzatuv varaqasiga yozib borishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish normasi qay darajada bajarilganligi ish kuni (smena) davomida mehnat qilish yoki xizmat ko‘rsatish sur’ati bir tekisligi – har bir vaqt birligi ichida ishlab chiqarish normasining taqsimlanganligi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Xodimning harakatini yozish, soatga qarash va vaqtni kuzatuv varaqasining tegishli ustuniga belgilab qo‘yishlar, odatda, 15-20 sekund vaqt talab qiladi. SHuning uchun shaxsiy fotografiyani o‘tkazish davomida vaqtni kuzatganda yarim minutgacha (30 sekundgacha) aniqlikda yozib boriladi.
Ish vaqtining individual fotografiyasi tahlilini joriy vaqtdagi har bir ko‘rsatgichdan unga yondosh bo‘lgan oldingi ko‘rsatkichni chegirib tashlash yo‘li bilan ish vaqti sarfi ayrim ish turlari uchun qancha davom etganligini hisoblashdan boshlash kerak. Hisoblash natijasida bajarilgan ishga sarflangan vaqt qancha davom etganligi aniqlanadi, vaqt 1-shaklda ko‘rsatilgandek, «Davomiylik» ustuniga yozib qo‘yiladi.
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni keyinchalik tahlil qilish uchun ish vaqti sarflarining har biri qaysi turdagi sarflarga taalluqli ekanligini aniqlash kerak. Buning uchun qabul qilingan har xil turdagi ish vaqti sarfi turkumlanishi (klassifikatsiyasi)dan foydalaniladi1. Muayyan turga kiradigan mazkur ish vaqti sarfini qisqartirilgan shartli belgi bilan «simvol» grafasiga yoziladi.
Bajarilgan barcha ishlar (xizmatlar) ish vaqti sarflari bo‘yicha simvollar ustuni to‘ldirilib chiqilgandan keyin haqiqiy va normalashtirilgan (normativ) ish vaqti balanslarini tuzishga kirishiladi. Bunda sakkiz soatlik ish kuni davomida mazkur kategoriyadagi xodimlar hamma 480 minut ish vaqtini qanday sarflaganliklari ko‘rsatiladi.
Ish kuni vaqtining haqiqiy balansi quyidagi tartibda tuziladi: Avval, kuzatish varaqasida bir xil simvolga ega bo‘lgan hamma sarflarning qancha davom etishi jamlanadi. CHiqqan miqdor ish vaqti balansining tegishli ustuniga yoziladi. Simvolda ko‘rsatilgan ayrim turdagi ishlar bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan ish vaqtining batafsil ro‘yxatini kuzatuv varaqasida oldindan tayyorlab qo‘yish mumkin.
Tashkil etilgan shaxsiy fotografiyaga binoan ish vaqtining haqiqiy va normalashtirilgan balanslari 5-jadvalda berilgan.
Ish vaqtining haqiqiy balansi ish kunidan qanday foydalanganlik, zoe ketgan ish vaqti miqdori va ayrim sabablar tufayli yuzaga kelgan tanaffuslar haqida kengroq xulosa chiqarishga va bir qancha ko‘rsatkichlarni aniqlashga imkon beradi.
1.Bir ish kuni (smena) davomida ish vaqtidan foydalanishning haqiqiy foiz ko‘rsatkichi kuzatish natijasida aniqlangan Ttya, Top, Tix, Tdo va Tshe ish vaqti miqdorlarining yig‘indisini shu ish kuni soatiga bo‘lib, chiqqan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
5-jadval

Yüklə 51,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin