Ish vaqti va dam olish vaqti


Ijtimoiy ta`tillar va ularni berish asoslari



Yüklə 81 Kb.
səhifə3/3
tarix13.06.2022
ölçüsü81 Kb.
#61353
1   2   3
Ish vaqti va dam olish vaqti

Ijtimoiy ta`tillar va ularni berish asoslari

Ijtimoiy ta`til deganda xodimga oilaviy va boshqa maqsadli sabablarga ko`ra beriladigan ta`tillar tushuniladi.


Mehnat Kodeksining 149-moddasida ijtimoiy ta`tillarning quyidagi turlari nazarda tutiladi:
homiladorlik va tug`ish ta`tillari;
bolalarni parvarishlash ta`tillari;
o`qish bilan bog`liq ta`tillar;
ijodiy ta`tillar.
Mehnat Kodeksining 223-moddasiga ko`ra ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va bola tug`ilgach 56 kalendar kun (egizaklar tug`ilsa yoki qiyin kechgan tug`ishda – 70 kun) miqdorida ta`til beriladi. Bu ta`tillarning berilish shartlari va tartibi «Davlat ijtimoiy sug`urta bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida»gi Nizomda belgilangan. Ijtimoiy ta`tilning bu turi tegishli tibbiy muassasalar tomonidan berilgan vaqtincha mehnatga yaroqsizlik varaqasi asosida beriladi va bu davrda xodimga o`rtacha oylik ish haqi miqdorida nafaqa to`lanadi.
Yangi tug`ilgan bolalarni bevosita tug`uruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab bola tug`ilgan kundan e`tiboran ellik olti kalendar kun (ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan (vasiylik belgilangan) taqdirda esa yetmish kalendar kun) o`tgunga qadar bo`lgan davrda davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqa to`lash sharti bilan ta`til beriladi va ularning xohishiga ko`ra bola uch yoshga to`lgunga qadar uni parvarishlash uchun qo`shimcha ta`tillar beriladi.
Homiladorlik va tug`ish ta`tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko`ra unga bolasi ikki yoshga to`lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta`til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to`lanadi.
Ayolga, uning xohishiga muvofiq, bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo`shimcha ta`til ham beriladi. Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta`tildan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to`liq yoki uni qismlarga bo`lib foydalanishlari mumkin. Ayol yoki boshqa shaxslar o`z xohishlariga ko`ra, bolani parvarishlash ta`tili davrida to`liq bo`lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari saqlanib qoladi (ushbu moddaning birinchi qismi).
Bolani parvarishlash ta`tili davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bolani parvarishlash ta`tili mehnat stajiga, shu jumladan mutaxassisligi bo`yicha ish stajiga qo`shiladi. Bolani parvarishlash ta`tillarining vaqti, basharti jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida o`zgacha hol nazarda tutilmagan bo`lsa, keyingi haq to`lanadigan yillik ta`til olish huquqini beradigan ish stajiga qo`shilmaydi.
Bolani parvarishlash davri uchun ta`til bolaning onasi yoki bola parvarishi bilan amalda band bo`lgan shaxs tomonidan (bolaning onasi ishlayotganligi yoki o`qiyotganligini taqiqlovchi hujjat bilan birga) berilgan arizaga ko`ra ish beruvchining buyrug`iga ko`ra beriladi. Bola parvarishi bilan mashg`ul bo`lgan shaxs o`zi istagan paytda bunday ta`tilni to`xtatishi va ishga tushishi mumkin. Bunday holda uning o`rnida ishlayotgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati tugashi sababli bekor qilinadi. Bola parvarishi ta`tilidan qaytgan xodimning ish boshlagan kuni uning o`rniga ishga olingan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kun bo`lib hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining ishni ta`lim bilan birga qo`shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlarga oid qismida ularga qo`shimcha o`quv ta`tillari berilishi nazarda tutilgan.
Jumladan:
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumta`lim maktablarida o`qiyotgan xodimlarga asosiy ish joylarida o`rtacha ish haqi saqlangan holda XI (XII) sinfda bitiruv imtihonlari topshirish davrida yigirma ish kunidan kam bo`lmagan, IX sinfda esa sakkiz ish kunidan kam bo`lmagan ta`til beriladi.
Mazkur maktablarining V, VI, VII, VIII, X va XI sinflarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta`lim olayotgan o`quvchilar uchun qonun hujjatlarida sinfdan sinfga o`tish imtihonlarini topshirish vaqtida ushbu Kodeksning 251-moddasiga muvofiq beriladigan kunlarning umumiy miqdorini qisqartirish (sakkiz-o`n ikki kunga) hisobiga ularning asosiy ish joyida o`rtacha ish haqi saqlab qolingan holda to`rt kundan olti kungacha ishdan ozod qilish belgilab qo`yilishi mumkin.
Hunar-texnika bilim yurtlarida ta`lim olishning kechki shaklida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta`lim olayotgan xodimlar èìòèhîíëàðãà tayyorlanish va ularni topshirish uchun asosiy ish joyidan o`rtacha ish haqi saqlangan holda yil mobaynida kamida o`ttiz ish kuniga ishdan ozod qilinadilar.
Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o`quv yurtlariga kirish uchun 15 kalendar kun, o`rta maxsus o`quv yurtlariga kirish uchun esa, kamida o`n kalendar kun davomida ish haqi saqlanmagan holda ta`til beriladi, o`quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.
Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta`lim olayotgan xodimlar diplom ishi loyihasini bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi o`n o`quv oyi davomida mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko`rish uchun olti kunlik ish haftasi bo`lganda haftada bir kun o`rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo`lsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasiing muddatiga qarab o`zgaradi, ishdan ozod etilgan soatlar esa saqlanib qoladi.
Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi kursda ta`limning kechki shaklida oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, o`rta maxsus o`quv yurtlarida ta`lim olayotganlarga har yili kamida o`n kalendar kun, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida sirtdan ta`lim olayotganlarga esa, har yili kamida o`ttiz kalendar kun; uchinchi va undan keyingi kursda ta`limning kechki shaklida oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotganlarga har yili kamida o`ttiz kalendar kun, o`rta maxsus o`quv yurtlarida ta`lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida sirtdan ta`lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun; oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o`ttiz kalendar kun; diplom ishi loyihasini tayyorlash va yoqlash davrida oliy o`quv yurti talabalariga to`rt oy, o`rta maxsus o`quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo`shimcha ta`tillar beriladi.
Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining oxirgi kurslarida o`qiyotgan xodimlarga diplom ishi loyihasiga materiallar to`plash uchun o`ttiz kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta`til beriladi. Mazkur ta`til davrida talabalar va o`quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.
Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan muvaffaqiyatli ravishda birga qo`shib olib borayotgan shaxslarga nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarini yakunlash, shuningdek darsliklar va o`quv-uslubiy qo`llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o`rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta`tillar beriladi.
Ijodiy ta`tillarni berish tartibi va ularning muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Mehnat Kodeksining 150-moddasiga ko`ra:
xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta`til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvga ko`ra belgilanadi.
quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko`ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta`til beriladi:
1941-1945 yilgi urush ishtirokchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o`n to`rt kalendar kunga qadar;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – har yili o`n to`rt kalendar kunga qadar;
ikki yoshdan uch yoshgacha bo`lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga (234-modda);
o`n ikki yoshga to`lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga – har yili o`n to`rt kalendar kunga qadar (232-modda);
mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ish haqi to`lanmagan holdagi ta`til berishning qo`shimcha asoslari va bu sohadagi qo`shimcha imtiyozlar (mehnat ta`tili olish huquqini beradigan ish staji tarkibiga kirish va boshqalar) korxonaning lokal normativ hujjatlarida belgilab qo`yilishi mumkin.
Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin