Qirqilgan barg va yyer ustki qismlarni aniqlash uchun quritilgan mahsulotning tashqi ko`rinishini o`rganish oddiy ko`z bilan yoki 10 marta kattalashtirib ko`rsatadigan lupa ostida o`rganiladi.
Barglardan yuza mikroprepartlar tayyorlanadi, buning uchun natriy ishqorining 5 % li yeritmasida 1—2 minut qaynatib, suv bilan yuviladi, bargni har ikki tomonlama o`rganish uchun barg bo`lakchasini buyum oynasi ustida skalpel yordamida kesib olib ag`dariladi va hloralgidrat yeritmasida quriladi, qalin barglar skalpel bilan eziladi.
Sifat reaktsiyalari o`tkazish uchun 5 % suvli qaynatmalar (3—5 minut qaynatib) tayyorlanib probirkaga, soat oynachasi yoki chinni idishchaga solinadi va reaktsiyalar o`tkaziladi. Suvli qaynatmadan ularning mazasini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin. Qirqilgan yyer ustki qismlar qirqilgan barglar va ildiz bo‘lakchalaridan, butun yoki qirqilgan gullardan, turlicha etilgan mevalar va urug’`lardan iborat bo`ladi. Qirqilgan mahsulot tarkibida barg bo`lsa, u holda aniqlash «Barglarni aniqlovchi kalit A» bo`yicha olib boriladi. Agarda aniqlanayotgan yer ustki qism tarkibida gullar bo`lsa, aniqlash avval gullar uchun mo`ljallangan «Kalit B» bo`yicha, so`ngra barglar «Kalit A» bo`yicha tekshiriladi.
Agar qirqilgan mahsulot aralashmalardan, yani bir necha hil mahsulotlardan iborat bo`lsa va ana shu o`simlik qismlarini aralashmada aniqlash qiyin bo`lsa, u holda har bir organni aniqlash aniqlovchi kalitning mos bo`limlari: «A» — barglar
uchun: «B» — gullar uchun: «V» — meva va urug’`lar uchun aniqlanadi.
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
2 Topshiriq. Vaziyatli masala
Dorivor yig‘malar va choylarning taxlili nimadan iborat
________________________________________________________________________________________________________________________________
Tomoqni chayish ychyn yig‘matarkibiga kiruvchi dorivor o‘simlik maxsulotlarini ta‘sir etuvchi moddalarini ayting.
________________________________________________________________________________________________________________________________
Yig‘ma tarkibiga kiruvchi dorivor o‘simlikni gyerbariy va mahsulotlar bo‘yicha o‘simliklarni tasvirlashni bilish, ularga sifat reaktsiyalarni bajarishni bilish kyerak.