Ишчи дафтар O‘zbekiston respublikasi oliy va


-MAVZU. TARKIBIDA TURLI BIOLOGIK FAOL MODDALAR BO‟LGAN DORIVOR O`SIMLIKLAR MAHSULOTLARINI TAHLILI BO‟YICHA OLINGAN AMALIY KO‟NIKMALARNING NAZORATI



Yüklə 9,24 Mb.
səhifə41/42
tarix07.09.2023
ölçüsü9,24 Mb.
#141958
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
ИШЧИ ДАФТАР 5

36-MAVZU. TARKIBIDA TURLI BIOLOGIK FAOL MODDALAR BO‟LGAN DORIVOR O`SIMLIKLAR MAHSULOTLARINI TAHLILI BO‟YICHA OLINGAN AMALIY KO‟NIKMALARNING NAZORATI
Mazkur laboratoriya mashg‘ulotida talabalar V va VI semestrda o‘zlashtirilgan mavzulardagi gyerbariylar bo‘yicha dorivor o‘simlik va mahsulotlarni mustaqil aniqlaydilar va quyidagilarni inobatga olgan holda ta‘svirlaydilar:
dorivor mahsulot, uni olinadigan o‘simlik va oilasini lotincha, o‘zbekcha va ruscha nomlari;
 shu o‘simlikka yoki oilaga xos diagnostik belgilarni chuqurroq ko‘rsatilgan holda dorivor mahsulot olinadigan o‘simliklarni morfologik (tashqi) ko‘rinishi;
 geografik tarqalishi (areal), o‘sish joyi, fitotsenoz va zahirasi;
 mahsulotni tayyorlash va quritish usullari;
 mahsulotni tashqi ko‘rinishi va mikroskopik tuzilishi (diagnostik belgilarini ko‘rsatgan holda);
 o‘simlikni kimyoviy tarkibi: asosiy ta‘sir qiluvchi, birga uchraydigan va ballast (ortiqcha, kyeraksiz) moddalar, ularni tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari; ta‘sir etuvchi moddalarning chinligi va miqdorini aniqlash usullari;
 xalq tabobati va tibbiyotda, shuningdek xalq xo‘jaligini turli tarmoqlarida ishlatilishi;
 dori turlari va qo‘llash usullari
Ushbu mashg‘ulotda quyidagi dorivor o‗simliklar va ularning mahsulotlari aniqlanadi va o‘rganiladi
 gulxayri turlari,
 zubturum turlari,
 na‘matak turlari,
 gazanda, jag‗-jag‗,
qalampir yalpiz
 dorixona ukropi
 oddiy bo‘ymadaron
 achchiq shuvoq
dorivor valyeriana
 dorivor qoqio‘t
 oddiy belladonna
 qora mingdevona
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Vaziyatli masala
O’simlik nomini toping

Ko‘p yillik, bo‘yi 50-180 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi yog‘ochlangan, yo‘g‘on, shoxlangan bo‘lib, yer ostida gorinzontal joylashgan. Poyasi bir nechta, shoxlanmagan, mayda chiziqli bo‘ladi. Bargi oddiy, umumiy ko‘rinishi ellipssimon yoki cho‘ziq - tuxumsimon, 5-8 ta chuqur patsimon bo‘lakka ajralgan. Ildizoldi barglari bandli, poyadagi barglari bandsiz bo‘lib, ketma-ket joylashgan. Gullari yirik sharsimon savatchaga to‘plangan. Savatning o‘rama barglari ko‘p qatorli, sariq rangli, lantsetsimon. Gullari uchmali, qizg‘ish-binafsha rangli naychasimon bo‘lib, besh bo‘lakli gultojisidan iborat. Otaligi 5 ta, onalik tuguni pastda o‘rnashgan.


Mevasi - pista. Iyul-avgust oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Tog‘li yerlarda (1700-2000 m balandlikda), o‘tloqlarda, tog‘ tepasidagi o‘rmonlarning ochiq yerlarida, vodiylarda o‘sadi. Sibir, Sharqiy Qozog‘istonning tog‘li yerlarida (Sayan, oltoy, Jungar Olatog‘ida) uchraydi.
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Yüklə 9,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin