ISHCHILARNING MEHNAT UNUMDORLIGIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLARNI TAHLILI11111111111
Mehnat unumdorligini tahlil qilish usullari. Mehnat unumdorligi darajasi qilingan mehnatdan olingan samarani (mahsulot yoki xizmat) baholab borishi lozim. Shuning uchun bu ko’rsatkichni hisoblashda sarf qilingan mehnat–T, natijaviy ko’rsatkich – Q lar nisbati olinadi.
Mehnat unumdorligi-korxona faoliyati samaradorligini umumlashtirivchi ko`rsatkichdir. Mehnat unumdorligini tahlil qilishning asosiy maqsadi- uning o`sish imkoniyatlarini, ya`ni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Tahlil jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
Mehnat unumdorligining osish sur`atlari;
Mehnat unumdorligini o`sish bo`yicha ishlab chiqarish rejalarini bajarilish darajasini;
Turli omillarning mehnat unumdorligiga ta`sir darajasini;
Mehnat unumdorligini ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga ta`siri.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish ichki ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlashga yo`naltirilgan.Tahlilda qo’llaniladigan omillarning iqtisodiy mazmuni bo’yicha omili quyidagi jadvalda keltirilgan :9 Iqtisodiy tahlilning muhim metodologik jihati, korxonaning xo’jalik faolyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini kompleks, tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko’rsatkichlar tizimli tadqiq qilish uchun zarur sanaluvchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi.
Xojalik faoliyati va uning moliyaviy ko’rrsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar beqiyosdir. Ammo ularning barchasini hisoblash maqsadga muvofiq emas. Iqtisodiy tahlil jarayonida omillarning ayrim tomonlari, xususiyatlarini inobatga olib turkumlash va har birini alohida – alohida ta’riflash lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda omillar qator belgilar bo’yicha tasniflanadi.Ularga quyidagilar kiradi :